Narsa-buyumlarni tanib olish uchun ko‘rsatish. Narsa-
buyumlarni tanib olish uchun ko‘rsatishning protsessual tartibi JPK 128-
moddasida ko‘zda tutilgan. Tanib olish ob’ektlari bo‘lgan predmetlar
nihoyatda xilma-xildir. Ularga turli buyumlar, jumladan, o‘g‘irlangan
qurol, poraga berilgan buyumlar va boshqalar kiradi. Mazkur narsa-
buyumlar ko‘zdan kechirilishi paytida aniqlanib surishtiruv va tergov
organlari ixtiyoriga berilgan bo‘lishi mumkin. Tanilayotgan narsa-
buyum boshqa shu turdagi narsa-buyumlar orasiga qo‘yilib, xolislar
ishtirokida tanib oluvchiga ko‘rsatiladi. Tanilgan hollarda undan narsa-
buyumni qaysi umumiy va xususiy belgilariga ko‘ra tanilganligini
aniqlash lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |