b) tanib olish uchun zaruriy sharoitlar mavjudligini qo‘shimcha
ravishda tekshirish;
v) tanib olish uchun ko‘rsatiladigan ob’ektlarni joylashtirish,
sub’ektlarga esa o‘zi istagan joyni egallashni taklif qilish;
g) taklif qilinganlarga tergov harakatini qayd etish texnik-
kriminalistik vositalari qo‘llanilishini bildirish;
d) tanib oluvchini taklif qilish, unga huquqlari va majburiyatlarini
hamda uning tergov harakatidagi rolini tushuntirish, unga ko‘rsatilgan
ob’ektlarni diqqat bilan ko‘zdan kechirishni taklif qilish;
e) tergovchi quyidagi savolni qo‘yishi: “Ko‘rsatilgan shaxslar
(narsalar) orasida siz so‘roq paytida tavsiflagan shaxs (narsa) bormi?”.
Do'stlaringiz bilan baham: |