Loyiha O‘zbekiston respublikasi adliya vazirligi toshkent davlat yuridik universiteti



Download 4,35 Mb.
Pdf ko'rish
bet303/548
Sana01.01.2022
Hajmi4,35 Mb.
#290679
1   ...   299   300   301   302   303   304   305   306   ...   548
E’tibor  qiling!  Ayni  paytda,  “Tezkor-qidiruv  faoliyati 

to‘g‘risida”gi  Qonun  16-moddasining  2-qismida  kechiktirib 

bo‘lmaydigan  hollarda  telefon  so‘zlashuvlarini  eshitib  turishning 

soddalashtirilgan  shartlari  ham  nazarda  tutilgan.  Bunday  shartlarga 

quyidagilar  kiradi:  a)  fuqaroning  hayoti,  sog‘lig‘i,  mulkiga  tahdid 

mavjudligi; b) shaxsning arizasi yoki uning yozma  roziligi; v) tezkor 

bo‘linma rahbari tomonidan tasdiqlangan qaror mavjudligi. Bu holda 

faqat  arizachining  telefoni  orqali  olib  borilayotgan  so‘zlashuvlarni 

eshitish amalga oshiriladi, prokuror bu haqda yigirma to‘rt soat ichida 

albatta xabardor qilinadi. 



 

311 


o‘rtasidagi  farq  olingan  natijalarning  daliliy  ahamiyatida  namoyon 

bo‘ladi, ularni o‘tkazish asoslari esa ko‘p jihatdan mos keladi, degan 

xulosaga kelish mumkin.  

Telefon  so‘zlashuvlarini  eshitib  turish  va  yozib  olish  tezkor 

xodimning  yoki  tergovchidan  vakolat  olgan  mutaxassis,  aloqa 

operatorining aloqa tarmoqlariga verbal axborot olish uchun ulanishini 

nazarda  tutadi.  Bunda  so‘zlashuvlar  shahar,  shaharlararo,  xalqaro, 

radiotelefon,  radiorele,  yuqori  chastotali,  kosmik  aloqa  tarmoqlari 

orqali,  shuningdek  boshqa  so‘zlashuv  qurilmalari  –  verbal  axborotni 

uzatish  radio,  selektor  va  boshqa  vositalari  yordamida  olib  borilishi 

mumkin. 

Telefon va boshqa so‘zlashuv qurilmalari orqali olib boriladigan 

so‘zlashuvlarni  eshitib  turish  to‘g‘risidagi  qarorda  eshitiladigan 

so‘zlashuvlar  qaysi  qurilmalarda  olib  borilishi,  ularning  raqamlari  va 

boshqa 

parametrlari, 

qurilmalar 

o‘rnatilgan 

manzillar, 

so‘zlashuvlarning  ishtirokchilari,  eshitib  turish  va  yozib  olish  vaqti, 

ularni amalga oshirish kimga topshirilgani ko‘rsatilishi lozim.  

So‘zlashuvlarni  eshitib  turish  va  yozib  olish  tergovchi  yoki 

surishtiruvchi,  aloqa  korxonasi  operatori  yoki  surishtiruv  tezkor-

texnika  organi  tomonidan  amalga  oshirilishi  mumkin.  Eshitish 

jarayonida  jabrlanuvchi  yoki  tahdidlar  va  g‘ayriqonuniy  talablar 

qo‘yilayotgan boshqa shaxs ishtirok etishi mumkin. 

Agar  eshitib  turish  va  yozib  olishning  avtomatik  tartibi  nazarda 

tutilgan  bo‘lsa,  mutaxassis  apparaturani  ulab  qo‘yishni  amalga 

oshiradi  va  nutqli  axborot  sifatli  yozib  olinishini  zamonaviy  texnika 

vositalaridan  foydalangan  holda  kuzatib  boradi.  So‘zlashuvlarni 

bevosita  nazorat  qilish  va  yozib  olishda  mutaxasis  yuqorida 

ko‘rsatilgan  vazifalarni  bajarish  bilan  bir  qatorda,  axborotni  eshitib 

turadi,  olinayotgan  ma’lumotlarning  tergov  qilinayotgan  jinoyat  ishi 

uchun  ahamiyatini  aniqlash  maqsadida  ularni  tahlil  qiladi.  Buning 

uchun  u  maxsus  texnika  vositalaridan  foydalanish  ko‘nikmalari  bilan 

bir  qatorda,  sodir  etilgan  jinoyat  to‘g‘risida  ma’lumotlarga,  tergovni 

nima qiziqtirayotgani haqida tasavvurga ham ega bo‘lishi lozim.  

Axborot  chiqib  ketishiga  yo‘l  qo‘ymaslik  uchun  tergovchi 

mutaxassisni  tanlashda  tezkor-texnika  bo‘linmasining  xodimini  afzal 

ko‘rishi  mumkin.  So‘zlashuvlarni  nazorat  qilish  va  yozib  olishda 

ishtirok  etishga  bunday  bo‘linma  mutaxassisini  jalb  qilishning  iloji 

bo‘lmagan  holda,  ushbu  maqsadda  ekspertiza-kriminalistika  xizmati 

yoki telefon stansiyasi xodimi jalb qilinishi mumkin. 



 

312 


Nazorat qilinayotgan so‘zlashuvlarning audioyozuvini tergovchi 

vaqti-vaqti bilan mutaxassis ishtirokida eshitadi, ish uchun ahamiyatli 

bo‘lgan  axborot  esa  yagona  tashuvchiga  ko‘chirib  olinadi.  Sodir 

etilgan  jinoyat,  qilmishning  izlarini  yashirish,  tergovga  qarshilik 

ko‘rsatish  bilan  bog‘liq  holatlarni  qayd  etish  uchun  so‘zlashuvlarni 

nazorat qilish va yozib olish uzluksiz amalga oshirilishi lozim. Bunda 

jinoyatchilar  uzatilayotgan  axborotni  yolg‘on  ma’lumotlarni  xabar 

qilish, shifrlangan muloqot usullarini qo‘llash yo‘li bilan niqoblashlari 

mumkinligini  ham  hisobga  olish  zarur.  Bu  tergovchiga  jinoyatchilar 

o‘z  so‘zlashuvlarini  niqoblash  uchun  qanday  texnika  vositalaridan 

foydalanishlari mumkinligini aniqlash vazifasini yuklaydi.  

Telefon va boshqa so‘zlashuv qurilmalari orqali olib boriladigan 

so‘zlashuvlarni eshitib turish va yozib olishni amalga oshirish muddati 

mobaynida  tergovchi  istalgan  vaqtda  ularni  amalga  oshiruvchi 

organdan fonogrammani eshitish uchun talab qilib olishga haqli. 

 


Download 4,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   299   300   301   302   303   304   305   306   ...   548




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish