Loyiha O‘zbekiston respublikasi adliya vazirligi toshkent davlat yuridik universiteti



Download 4,35 Mb.
Pdf ko'rish
bet134/548
Sana01.01.2022
Hajmi4,35 Mb.
#290679
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   548
Fotoportretlar.  Fotosuratda  boshqa  portretlardagi  kabi  asosan 

insonning  yuzi  aks  etadi.  Eng  ko‘p  tarqalgan  fotosurat  portretlari 

odamning  ko‘krakkacha  bo‘lgan  qismi  3x4,  9x12  sm  o‘lchovida 

tayyorlanadi  va  turli  hujjatlarni  rasmiylashtirish  maqsadida  bosh 

kiyimsiz  to‘g‘ridan,  yorug‘lik  ustki  va  yonboshi  tomonlaridan  bir 

me’yorda berilib tayyorlanadi. Ba’zida bunday fotosuratning pastki o‘ng 

burchagi bo‘sh qoladi. 



 

147 


Tezkor-qidiruv va tergov ishlarida ko‘krakkacha, belgacha bo‘lgan 

qismlari, bo‘yi baravarida yakka va guruh shaxslar qatorida tasvirlangan 

fotosuratlar keng qo‘llaniladi. Bunday fotosuratlarga ko‘proq badiiy tus 

berilib tayyorlanganligi va odamning o‘ziga xos tashqi qiyofasi yuzining 

ayrim  belgi  alomatlari  to‘liq  aks  etmasligi  identifikatsiyaviy  tekshiruv 

uchun bir qator qiyinchiliklarni tug‘diradi. 

Identifikatsiyaviy  tekshiruv  uchun  ko‘p  hollarda  oq-qora 

fotosuratlar  ishlatiladi,  rangli  portretlar  kamroq  uchrab  turadi.  Rangli 

fotoportretning oq-qora turlariga qaraganda tekshiruv uchun bir muncha 

qiyinchiliklar,  hatto  ikkilanishlarga  olib  keladi,  chunki odamning  tabiiy 

xos  bo‘lgan  rang  xususiyatlari  suratda  bir  muncha  o‘zgarishi  mumkin, 

shuningdek,  rangli  fotosuratlar  yorug‘lik  va  quyosh  nurlari  ta’sirida 

rangi o‘chib o‘zgaradi. 

Fotosuratlarda  aks  etgan  shaxsning  yuzi,  uning  tuzilishi,  ayrim 

belgilarini  suratga  olish  jarayonida  yorug‘likni  qaysi  tomondan 

berilganligiga qarab, bosh qismining to‘g‘ri-qiya tutib turishi va boshqa 

sababga  ko‘ra  u  biroz  o‘zgartirib  yuborishi  mumkin,  shuning  uchun 

fotoportret  asosida  shaxsni  aniqlash  ishini  dastavval  fotosuratdagi 

tasvirlangan odamning yuzini, uning qarashi (nigohi)ga, yorug‘lik qaysi 

tomondan  berilganligi,  boshning  holati  va  hokazolarga  e’tibor  berish 

lozim. Bundan tashqari fotoportretda ayolning tasviri ifodalangan bo‘lsa, 

uning  sochi,  yuzidagi  kosmetik  moddalar  (bo‘yalgan  qosh,  kiprik,  lab) 

kabilar 

yuz 


tuzilishidagi 

haqiqiy 


belgilarni 

tasvirlash 

uchun 

qiyinchiliklarni  keltirib  chiqaradi.  Fotosuratda  tasvirlangan,  umum 



tuzilishni  kuzatishda  yuzning  qaysi  qismi  (o‘ng,  chap,  pastki-yuqorisi) 

aniqroq aks etgan yorug‘lik nurlari bir xilda yoki qisman ayrim joylarini 

yoritganligini  ajratib,  shu  nuqtalardagi  belgi  alomatlarini  tasvirlash 

mumkin. YUzning tuzilishi undagi belgilarning fotosuratda aks etishiga 

boshning  holati  (rakursi)  ta’sir  etadi.  SHuning  uchun  suratga  tushirish 

vaqtida  bosh  yuqoriga  yoki  pastga,  chap  yoki  o‘ngga  qaratilganda  yuz 

tuzilishidagi alomatlarning shu sharoitga ko‘ra biroz bo‘lsada o‘zgarishi 

ham inobatga olinishi lozim. 

Odam  murdasining  fotoportretini  kuzatish  va  o‘rganishda  uning 

tashqi  qiyofasidagi  (yuzi  va  ko‘rinarli  qismlarida)  jarohatlar  murdaning 

o‘zgarish  alomatlari  (chirishi  natijasida)  hayotiy  davrdagi  tasvirdan 

ancha  farq  etadi.  Ularga  jiddiyroq  e’tibor  bermoq  lozim.  Ba’zida 

murdani  yuzi  fotosuratga  tushirishdan  oldin  uning  yuzidagi  qon  va 

boshqa  moddalar  yuvilib,  jarohatlarni  tekislash  (tualet)  o‘tkaziladi. 




 

148 


Bunday  hollarda  murdani  ko‘zdan  kechirish  va  fotosuratga  olish 

jarayonida qayd etilgan bayonnoma bilan tanishib chiqmoq lozim. 




Download 4,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   548




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish