Loyiha O‘zbekiston respublikasi adliya vazirligi toshkent davlat yuridik universiteti



Download 4,35 Mb.
Pdf ko'rish
bet131/548
Sana01.01.2022
Hajmi4,35 Mb.
#290679
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   548
 

 

7-rasm. Odamning tashqi qiyofa 

belgilari (bosh va yuzning tuzilish 

belgilari) 



 

 

 

 

 

 

 

 

 



 

 

 



 

Odamning tashqi qiyofa belgilari tizimi 

 

Insonning  tashqi  qiyofa  belgilari  asosan  ikki  turga  mansubdir. 



Odamning  homila  davrida  shakllangan  o‘ziga  xos  bo‘lgan  anatomik 

belgilari  kriminalistikada  statik  turg‘un  belgilar  deb  ataladi.  Ikkinchi 

turi  insonning  turli  harakati  -  faoliyatida  aks  etadigan  (yurish,  qadam 

tashlash, nutq va boshqalar) dinamik belgi alomatlaridir. 



Anatomik 

belgilar 

tavsifi 


insonning 

umum 


jismoniy 

xususiyatlaridan boshlanadi:  

-  jinsi,  yoshi,  antropologik  turdoshligi  (tashqi  ko‘rinishi  bo‘yicha, 

osiyolik, evropalik va hk.); 

- umumiy gavda tuzilishi, boshi, yuzi, bo‘yin, elka, ko‘krak qafasi, 

qo‘l va oyoqlar (bular umum o‘lchov va shakllari bo‘yicha o‘rganiladi); 

-  soch,  qosh,  mo‘ylov-soqol  o‘simlari  (soch  tolalarining  shakli  - 

tuzilishi-tekis, jingalak, rangi bo‘yicha - qora, malla); 

8-расм. Қулоқ супраси ва 

қош кўзнинг тузилиш 

аломатлари 

9-расм. Бурун шакли ва 

ўлчов белгилари

 



 

144 


-  teri  qoplamasining  rangi  (pigmentatsiya  alomatlari,  ko‘zlarining 

shakli, katta-kichikligi va rangi). 

Umumiy  gavda  tuzilishi  insonning  to‘la,  qotma  yoki  ozg‘in 

bo‘lishi,  bo‘yi  baland,  o‘rta,  past,  boshning  katta,  o‘rta  va  kichik 

o‘lchovda bo‘lishi, shakl bo‘yicha geometrik dumaloq, uchburchak, oval 

kabi atamalar bilan tavsiflanadi. 

Odamning  tashqi  tuzilishi  belgilarining  asosiy  o‘lchov  shakllari 

uning  yuzi  -  beti  qismida  aks  etadi:  yuzning  tavsifi  to‘g‘ridan  va 

yonbosh  (o‘ng  va  chap)  va  qiya  (nim  yonbosh)  tomonidan  kuzatiladi; 

dumaloq, uchburchak, oval shaklida, peshona, qosh, ko‘z, burun, og‘iz, 

engak  qismlari  ham  katta-o‘rta-kichik  shakllari  bo‘yicha  joylashadi  va 

o‘zaro proporsiyalari belgilanadi. 

Tishlarning  yirik,  mayda,  joylashuvi  bo‘yicha,  tekis-to‘g‘ri  va 

qiyshiq-so‘yloq  bo‘lishi  insonning  nutqi,  lab  harakati  vaqtida  kuzatish 

mumkin.  Og‘iz  va  lab  tuzilishi  o‘zaro  bog‘liq  bo‘lib,  o‘lchovi  va 

shakllari ham umumiy tavsiflanadi, labning qalinligi, yupqaligi va rangi 

alohida ko‘rsatilishi mumkin. 

Engakning  o‘lchovi  katta-kichikligi,  shakli  bo‘yicha  dumaloq, 

uchburchak,  oldinga  yoki  orqaga  qarab  yo‘nalganligi,  bo‘yni  qismiga 

nisbatan  baland-past,  qavatlangan,  osilganligi  belgilanadi.  Bo‘yinning 

uzunligi-kaltaligi,  yo‘g‘on-ingichka,  (to‘la-semiz,  ariq  va  h.k.),  elka 

tuzilishi,  keng  qisqa,  to‘g‘ri,  to‘g‘ri-tekis,  qiyalashgan,  elka  orqa 

tomondan  ko‘rinishi,  gavdaning  umumiy  shakliga  nisbatan  to‘g‘ri  yoki 

bukraygan,  qo‘l  va  oyoqlar  ham  umumiy  bo‘yiga  proporsiya  me’yori 

belgilanadi (katta-kichik uzun, kalta, to‘la-oriq va h.k.).  

Funksional  belgilar  qatoriga  insonning  ma’lum  harakatlari 

jarayonida  hosil  bo‘ladigan  xususiyatlar  kiradi.  Mazkur  belgi  alomatlar 

odamning  hayoti  davomida  hosil  bo‘lib,  kun  sayin  takrorlanib  odat 

bo‘lib  qoladi  va  ayrim  sabablar  ta’sir  etsagina  o‘zgarishi  mumkin 

bo‘ladi.  

Bu guruhdagi belgi alomatlar insonning faoliyati, harakati natijasida 

hosil  bo‘ladi  va  tavsifi  inson  gavdasining  yurish-turishidagi  umumiy 

holat  vaziyatidan  boshlanadi:  gavdaning  to‘g‘ri,  chap  yoki  o‘ng 

tomonga,  orqaga,  oldinga  og‘dirilgan  holda  tutishi;  tik  turganda  yoki 

o‘tirgan holda ham yuqoridagi alomatlarning hosil bo‘lishi.  

Qadam  tashlash,  yurish  xususiyatlari  odamning  o‘ziga  xos  bo‘lgan 

yurish  tezligi,  sustligi,  qadamning  uzunligi,  qisqaligi,  oyoq  kaftining 

yo‘nalish  tomoni,  qadam  tashlash  jarayonida  boshning,  umuman 




 

145 


gavdaning,  qo‘llarning  vaziyati,  (harakati),  chayqalishi  va  shu  kabilar 

bilan belgilanadi. 

YUzning yumshoq muskul to‘qimalarining harakatda bo‘lib turishi, 

tebranishi  (mimikasi)  insonning  ichki  hissiyoti  (ruhiy  holati)dan  darak 

beruvchi alomatdir. Bu belgi ba’zi odamlarda sezilarli darajada bo‘ladi, 

ba’zilarda  esa  deyarli  sezilmaydi.  Mimika  insonning  ma’lum 

holatlardagi 

doimiy 


ravishda 

yuzning 


(chehraning) 

ochiqligi, 

xushchaqchaqligi yoki jiddiylik, xafalik ko‘rinishi bilan bog‘liqdir.  

Insonga  xos  bo‘lgan  so‘zlashish  (nutq)  xususiyatlari,  funksional 

belgilar  qatorida  boshqalariga  nisbatan  mustahkam  bo‘lib,  ovozning 

o‘ziga  xos  individualligi  namoyon  bo‘ladi.  Ovozning  past,  baland, 

jaranglovchi,  bo‘g‘iqligi,  mayinligi,  qalin  yo‘g‘onligi,  so‘zlashish 

jarayonida  tovushlarni,  so‘z  turkumlarini  ifoda  etishdagi  individual 

xoslik  xususiyatlarini  aks  etishi  (tilning  chuchukligi,  harflarni  buzib 

ifoda  etish,  ayrim  sheva  so‘zlarni  ishlatish),  so‘zlashishda  nutqning 

tezligi,  sustligi,  cho‘zib  to‘xtab  ifoda  etish  va  hokazolar  shular 

jumlasidandir. 

 

Yuqorida  keltirilgan  belgilarga  qo‘shimcha  ma’lumot  sifatida, 



insonning  egnidagi  kiyimini  ham  ta’riflash  mumkin.  Bunda  libosning 

umumiy  turi:  bosh  kiyim,  egnidagi  ustki  libos  (yozgi,  qishki)  poyabzal 

(engil yozlik, uyda kiyadigan, qishlik issiq etik, maxsi va h.k.) ularning 

o‘lchovlari,  modeli,  bichim  turi  (milliy,  umumiy),  ishlab  chiqarishda 

xizmat  turiga  ko‘ra  maxsus  kiyiladigan  uni  tuzilish  xususiyatlari 

ta’riflanadi.  

Insonning  egnidagi  kiyimini  tavsiflaganda  uning  ishlatilganlik 

darajasi  (yangi,  biroz  kiyilgan,  anchagina  to‘zigan  kabi)  ham 

ifodalanishi  lozim.  Kiyim  va  poyabzal  yuzalaridagi  turli  moddalardan 

hosil bo‘lgan dog‘lar, ta’mirlash alomatlari ham ko‘rsatilishi mumkin. 




Download 4,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   548




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish