Loyiha O‘zbekiston respublikasi adliya vazirligi toshkent davlat yuridik universiteti


Odamlarning portretlari asosida o‘tkaziladigan identifikatsiyaviy



Download 4,35 Mb.
Pdf ko'rish
bet136/548
Sana01.01.2022
Hajmi4,35 Mb.
#290679
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   548
Odamlarning portretlari asosida o‘tkaziladigan identifikatsiyaviy 

tekshiruv 

 

Mazkur identifikatsiya ikki ko‘rinishda bo‘lishi mumkin: 



Ma’lumot  uchun!  Qidiruvda  bo‘lgan  shaxslarning  fotosuratlari 

bo‘lmagan  hollarda  har  xil  odamlarning  yuz  qismlaridan  olingan 

(yig‘ma  portret)  sun’iy  sintetik  portretlar  tayyorlanadi.  Bunday  usul 

quyidagilardan  iboratdir:  izlanuvchi  shaxsni  ko‘rgan-bilgan  guvohga 

turli fotosuratlar ko‘rsatiladi: shular ichidan o‘xshash bo‘lgan yuzning 

qismlari  (ko‘z,  qosh,  ayrim  belgilari)  ajratiladi:  ularni  o‘zaro 

birlashtirib  yig‘ma  portret  ishlanadi.  Hozirgi  kunda  bunday 

portretlarni  tayyorlashda  kompyuter  dasturida  mavjud  bo‘lgan 

odamning  yuzi,  tuzilishi  belgilarini  aks  ettiruvchi  turli  tasvirlari 

bo‘lgan fotorobotlardan foydalanilmoqda.  




 

149 


1.  Ekspertiza  shaklida  o‘tkazilib,  uning  natijasi  tergov  ishi 

yuzasidan  dalil  bo‘lib  xizmat  qiladi,  ikkinchisi  tezkorlik  tekshiruvi 

bo‘lib, uning natijasi dalil bo‘lmasada, ekspertiza tayinlashga va boshqa 

protsessual 

harakatlarni 

o‘tkazishga  asos  bo‘ladi.  Ekspertiza 

tekshiruviga  ob’ektlar  odamning  tashqi  tuzilishini  aks  ettiradigan 

fotosuratlari,  ularning  ko‘chirmalari,  yuzning  ayrim  qismlarining 

qoliplari,  bosh  suyagi  (chanog‘i)  va  ularning  rentgen  nurlarida  olingan 

tasvirlari yuboriladi. Ekspertizaga rassomchilik, chizmachilik va yig‘ma 

(sun’iy  portretlar)  ham  yuborilishi  mumkin.  Lekin  bular  yuzasidan 

o‘tkaziladigan  ekspertiza  tekshiruvining  natijalari  bir  muncha 

cheklangan bo‘ladi. 

Ekspertizaga  yuboriladigan  fotoportretlarni  tadqiq  etish,  ularni 

ko‘zdan  kechirib  umumiy  xususiyatini  qayd  etishlikdan  boshlanadi. 

CHunonchi,  portretning  shakli,  o‘lchovi,  qanday  yozuvlari  borligi, 

tasvirlangan shaxslarning jinsi, taxminiy yoshi, fotosurat ishlangan vaqt 

va boshqalar aniqlanadi.  

Tekshiriluvchi  shaxsning  fotoportreti  bilan  shunga  o‘xshash 

bo‘lgan yoki namuna vazifasini bajaruvchi fotoportretlarni tadqiq etish, 

ularda tasvirlangan bitta shaxsning aynanligini aniqlash uslubi, umumiy 

ekspertiza  tekshiruvi  uslubiyotidan  bir  muncha  o‘ziga  xos  bo‘lgan 

xususiyatlari 

bilan 


farqlanadi. 

Jumladan, 

qiyosiy-uslubiy 

modellashtirish,  portretlarni  bir-biriga  ustma-ust  tushirish,  birlashtirish 

va  boshqa  texnik  usullar  bilan  amalga  oshiriladi.  Tashqi  tuzilish 

alomatlarining  bir-biriga  nisbatan  qo‘zg‘almas  belgilari  bo‘yicha  ayni 

bir  xil  o‘lchamga  keltirilgan  taqqoslanayotgan  tasvirlarni  birlashtirish 

(montaj) usullari ham mavjud. Hozirgi kunda fotoportret tekshiruvlarida 

o‘lchash uslublari ham keng qo‘llanilmoqda. Jumladan, ayrim anatomik 

nuqtalar  o‘rtasidagi  burchak  kattaliklari  oddiy  transportir  asbobi  bilan 

yoki  uning  qo‘shimcha  qo‘shilmasi  bo‘lgan  doiraviy  shakldagi  maxsus 

asbob yordamida o‘lchanadi. 

Bir  xil  shaklda  tayyorlangan  fotoportretlardagi  tasvirlarni 

taqqoslashda  grafik  yasash  uslubi  ham  samaralidir.  Taqqoslanayotgan 

ob’ektlardagi  bir  guruhga  tegishli  belgilar  aniqlanib,  ulardagi 

uchburchak,  romb,  trapetsiya  va  boshqa  geometrik  shakllarning  (bir-

biriga  to‘g‘ri  kelishi)  tengligi  rasmdagi  shaxslar  tasviri  mazkur 

izlanuvchi  shaxsning  tasviri  ekanligi,  ya’ni  aynanligi  aniqlanadi. 

SHuningdek,  grafik  identifikatsiyalashning  algoritmlarini  tuzish  uslubi 

ham mavjuddir. Bu uslub tekshirilayotgan ob’ektning o‘ziga xos bo‘lgan 




 

150 


nuqtalari,  belgilar  tizimi,  istiqbolli  muvofiqlik  yoki  aksini  kuzatish 

uchun tavsiya qilingan.  

Ekspertiza  tekshiruviga  odam  murdasining  suyak  qoldiqlari 

(asosan  bosh  chanog‘i)  yuborilib,  uning  shaxsini  aniqlash  zarur  bo‘lsa, 

ekspertizaga  shubhalangan  shaxsning  hayotiy  davridagi  foto  yoki 

boshqa  portretlari  yuboriladi.  SHu  bilan  birga  iloji  bo‘lsa,  o‘lgan 

shaxsning  rentgen  surati,  ko‘zdan  kechirishda  tayyorlangan  fotosurati, 

qo‘lda  chizilgan  boshqa  turdagi  portretlari  ham  yuboriladi.  Bu 

ekspertizani  o‘tkazishda  kriminalistlar  bilan  bir  qatorda  tibbiyot 

sohasidagi mutaxassislar ham jalb etiladi. 

 

Ekspertiza 



tekshiruvi 

dastlab 


portretlarni 

alohida-alohida 

o‘rganishdan  boshlanadi,  so‘ng  har  bir  tekshirilayotgan  portretdagi 

tashqi  qiyofa  belgilari  aniqlanib,  o‘zaro  o‘xshash  belgi-tuzilish 

xususiyatlari solishtirilib tahlil qilinadi. Belgilarning o‘zaro o‘xshashligi 

yoki aksincha xar xil bo‘lishi sharhlanib o‘xshashlik yoki o‘xshamaslik 

sabablari asoslantiriladi. Portretlardagi tasvirlangan shaxslar qiyofasi bir 

odamga tegishlimi yoki har xil o‘xshash bo‘lgan shaxslarning tasvirimi - 

bu  haqda  xulosa  qilinadi.  Tekshirilayotgan  portretlardagi  umumiy  va 

xususiy  belgilar  yig‘indisi  bir-birini  takrorlasa  (bir  xilda  ekanligi 

kuzatilsa),  portretlardagi  tasvir  bitta  shaxsga  tegishli  ekanligi,  ya’ni 

qidirilayotgan  odamning  aynanligi  tasdiqlanadi.  Belgilarning  ba’zilari 

o‘xshash  bo‘lsayu,  ba’zilari  mutloq  boshqa  shakl,  o‘lchov  va  hokazo 

bilan tasvirlansa, aynanlik masalasi inkor qilinadi. 




Download 4,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   548




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish