50
ketadiki, oqibatda uni kitobdan chalg’itish qiyin bo’ladi. Dastavval irodaviy kuch-g’ayratlar
madadiga tayangan diqqat ixtiyoriydan so’nggi diqqatga aylanadi. Ixtiyoriydan so’nggi diqqat biror
narsaga uzoq vaqt davomida juda ham barqaror qaratilishi bilan belgilanadi, ko’proq yuqori
darajadagi jadal va unumli aqliy
faoliyatni, barcha turdagi mehnatning yuksak unumdorligini asosli
ravishda ana shunday diqqat turi bilan bog’liq deb hisoblaydilar.
Diqqatni irodaviy kuch-g’ayratlar yordami bilan doimo bir maromda saqlab turish o’ta
zo’riqishni talab qiladi va kishini juda ham toliqtirib qo’yadi. O’qitish jarayonida ixtiyoriydan
so’nggi diqqatning alohida ahamiyatga ega ekanligi xuddi shu holat bilan belgilanadi. Dastavval u
ixtiyoriy diqqat sifatida paydo bo’lishi munosabati bilan faoliyatning, ishga «tortish» jarayonining
ilk bosqichlarini puxta tashkil etish shart. Ixtiyoriydan so’nggi diqqatga xos bo’lgan qiziqish
shaxsning faolligiga bog’liqdir. Bunday faollikning shakllanishi esa faoliyatda ijodkorlik
alomatlarining gavdalanganligiga borliq bo’ladi.
Diqqatning fiziologik mexanizmlarini tushunib yetishda dominanta (nasldan-naslga o’tuvchi
asosiy belgi) prinsipi alohida ahamiyatga egadir. A.A.Uxtomskiyning fikriga ko’ra,
miyada hamisha
qo’zg’alishning ustun hukmronlik qiluvchi markazi mavjud bo’ladi. A.A.Uxtomskiy dominantani
«yuksak darajadagi qo’zg’alish markazlari» konstellyasiyasi deb ta’riflaydi. Dominantaning
hukmronlik qiluvchi sifatidagi xususiyati shundan iboratki, u qo’zg’alishning yangi hosil bo’ladigan
markazlarini faqat tiyib qo’ya qolmaydi, balki sust qo’zg’alishlarni o’ziga jalb etishga va shu tufayli
ularning hisobga yanada kuchayishiga, ular ustidan yanada ko’proq darajada ustunlik qilishga ham
qodirdir. Dominanta qo’zg’alishning barqaror markazi hisoblanadi. A.A.Uxtomskiy: ««Dominanta»
degan nom zamirida yuksak darajadagi qo’zg’alishning ko’proq
yo ozroq barqaror markazi
tushuniladi», deb yozgan edi. A.A.Uxtomskiyning dominanta to’g’risidagi tasavvurlari uzoq vaqt
davomida diqqatning harakatlantiruvchi mexanizmini tushunish imkonini beradi.
Yuksak darajadagi qo’zg’alish markazlarida miyaning faoliyati uchun yaratiladigan eng
qulay shart-sharoitlar, shubhasiz, diqqatning yo’naltirilgan tarzda jamlanganligi holatida barcha
bilish jarayonlarining yuksak samarali bo’lishini belgilab beradi.
Diqqat muayyan sharoitlarda va vaziyatlarda mo‘ljal olish imkonini beradi. Bunday
sharoitlarni hisobga olish odam amalga oshirayotgan faoliyatning ongli ravishda kechishini va
uning sermahsul bo‘lishini ta’minlaydi. Har qanday masalaning va har qanday
hayotiy vazifaning
hal kilinishi odamdan o‘z diqqatini ana shu masalaning mazmuniga hamda uni bajarish uchun
qilinadigan harakat usullariga qaratishni talab qiladi.
Demak, diqqat qolgan barcha psixik jarayonlardan sezilarli darajada farq qiladi. Uning
o‘ziga xosligi shundan iboratki, u aks ettirish formasi singari psixik faoliyatning mustaqil turi emas,
balki boshka psixik jarayonlarning uyushgan faolligidir.
Diqqat inson faoliyatining barcha turlarini muvaffaqiyatli amalga oshirishning va ularni
samaradorligini ta’minlovchi muhim shartlardan biridir. Kishi faoliyati qanchalik
murakkab,
serzahmat, davomiylik jihatdan uzoq muddatli, mas’uliyat hissini taqozo qilsa, u diqqatga
shunchalik yuksak shartlar va talablar qo‘yadi. Inson ziyrakligi, farosatliligi, tez payqashi,
sinchkovligi, dilkashligi uning
turmush sharoitida, shaxslararo munosabatida muhim omil sifatida
xizmat qiladi.
Diqqat aqliy faoliyatning barcha turlarida ishtirok etadi, insonning xatti-harakatlari ham
uning ishtirokida sodir bo‘ladi.
51
SHuni alohida ta’kidlab o‘tish kerakki, diqqat sezgi, idrok, xotira, tafakkur, xayol, nutq kabi
alohida psixik jarayon emas.
Diqqat barcha psixik jarayonlarda qatnashadi, ularning
Do'stlaringiz bilan baham: