www.ziyouz.com kutubxonasi
47
va «keyin» degan oraliq bor, xolos. Xuddi shuningdek, o‘lim bu — izingdan
kelayotganlardan ilgariroq Vatanga qaytishdir.
Kim o‘limga nisbatan mana shuvday qarashda bo‘lsa , uning o‘limdan qo‘rqishi kam
bo‘ladi.
Farzandining o‘limiga sabr etgan kishiga yetadigan savoblar haqida ko‘p xabarlar
vorid bo‘lgan.Rasululloh sallallohu alayhi vasallam dedilar: «Sikt (chala tushgan bola)
men uchun har biri Olloh yo‘lida jang qilayotgan yuz otlikdan suyuklidir» (Ibn Moja).
«Siqt» so‘zi eng oz (chala tushgan bola) orqali eng ko‘pga (barkamol inson) diqqatni
qaratish maksadida zikr qilingan. Farzand qalbdan qanchalik ko‘p joy egallagan bo‘lsa,
uni yo‘qotgan payt-dagi sabrga ham shunchalik savob bo‘ladi.
Rasululloh sallallohu alayhi vasallam dedilar: «Qaysi musulmonning uchta farzandi
vafot etsa-yu, u bu musibatni sabr bilan o‘tkazsa, o‘lgan farzandlari uni do‘zaxdan
to‘suvchi qalqon bo‘ladi».
Shunda Rasululloh yonida turgan ayol:
— Ikkita farzandi vafot etgan bo‘lsa-chi?-deb so‘radi.
— Ikkitasi ham,- dedilar Rasululloh sallallohu alayhi vasallam». (Muslim, Ibn Hibbon
rivoyati).
Farzandi vafot etgan paytdagi otaning xolis duosi eng umidli, ijobati yaqin duodir.
Muhammad ibn Sulaymon o‘g‘lining qabri tepasida turib dedi: «Ollohim! O’g‘lim
uchun rahmatingni umid etaman, azobingdan xavfdaman. Umidimni yuzaga chiqar,
xavfimdan uni omon et». Abu Sinon farzandi qabri tepasida shunday dedi: «Ollohim!
Farzandimning zimmasida qolgan hakdimni men o‘tdim. Sen ham uning zimmasida
kolgan haqqingni o‘t. Chunki Sen eng saxiy, eng karim Zotsan!»
Bitta a’robiy o‘g‘lining qabri tepasida turib dedi: «Ollohim! O’g‘limning menga qilgan
xizmatidagi qusurini kechirdim. Sen ham uning toatingdagi qusurini afv et!»
«Zar ibn Umar ibn Zar vafot etdi. Marhum lahadga qo‘yilgach, otasi Umar ibn Zar
dedi: «Ey Zar! Seni yo‘qotganimiz uchun chekilgan qayg‘u bizni oxirating qayg‘usidan
chalg‘itdi. Koshki nelar xaqida so‘ralganingni va nimalar deb javob berganingni bilsam?
Ollohim, bu mening o‘g‘lim Zardir. U bilanvaktimni xush, dimog‘imni chog‘ etding. Uning
kunini to‘lnq, rizkini butun qilding. Unga zulm etmading. Ollohim, uni o‘zingning va
mening itoatimga bo‘ysundirding. Ollohim! O’zing va’da ztgan — farzandimning o‘limi
tufayli chekkan musibatimning ajrini farzandimga hadya etdim. Bas, uning azobini
menga hadya et, uni azobdan xalos qilgin».Qabr tepasida xozir bo‘lganlar, yig‘lab
yubordi. Ketayotib Umar ibn Zar dedi: «Ey Zar! Sen ketding, bizning O
lloh
dan o‘zgaga
ehtiyojimiz yo‘q...»
Basrada bir kishi bir ayolga qarab:
— Ajabo! Bu ko‘rkamlikning sababi, g‘am-g‘ussadan yiroqlik bo‘lsa kerak,- dedi.
Shunda ayol:
— Ey Ollohning bandasi! G’am-g‘ussa neligini mendan so‘ra. Men shunday qayg‘u
ichidamanki, bu borada hech kim menga bas kelolmaydi,- dedi.
— U qanday qayg‘u ekan?- deya ajablanib so‘radi haligi kishi. Ayol hikoya qila
boshladi:
— Qurbon hayiti kuni edi. Erim qurbonlikka qo‘y so‘ydi. Shiringina ikkita o‘g‘lim shu
yerda o‘ynab yurishgan edi. Bir payt katta o‘g‘lim kichigiga: «Otam qo‘yni qanday
so‘yganini senga ko‘rsataymi?» debdi. «Ha, kani ko‘rsat», debdi kichik o‘g‘lim. Shunda
katta o‘g‘lim ukasining bo‘yniga pichoq tortibdi. Biz g‘aflatda qoldik. Qonlarga belangan
o‘g‘limizning qichqirig‘idan so‘nggina voqeadan xabar topdik. Katta o‘g‘lim qo‘rqqanidan
toqqa qochib ketdi. Tog‘da u och bo‘rilarga yem bo‘libdi. O’g‘limning otasi ham harorat
shiddatidan chanqoklikdan vafot etdi. Mana, o‘sha qismatlarni boshidan kechirgan ayolni
Ihyou ulumid-din. O’limni eslash kitobi. Imom G’azzoliy
Do'stlaringiz bilan baham: |