www.ziyouz.com kutubxonasi
46
Bo‘ri ketgach, qo‘ylar yana yaylovda
O’tlay boshladilar yayrab mosuvo.
Ulimni o‘ylash, o‘limdan ibratlanish, o‘limga tayyor bo‘lish, tobut oldida tavozu’ bilan
yurish janoza odoblaridandir.
Garchi marhum fosiq bo‘lsa ham, unga nisbatan yaxshi gumonda bo‘lish, o‘z nafsini
esa itob qilish ham odob sanaladi. Nega-ki, xotimaning qanday bo‘lishini hech kim
bilmaydi.
Umar ibn Zardan rivoyat qilinadi: «Uning ko‘shnilaridan biri vafot etdi. Marhum faqat
o‘zini o‘ylaydigan, o‘ta xudbin kishi edi. Ko‘pchnlik uning janozasiga bormadi. Shunda
Umar ibn Zar u yerda hozir bo‘lib, marhumning janozasini o‘qidi. So‘nggi mayazilga
kuzatar ekan, kabri tepasida turib, dedi: «Ey falonchi! Olloh seni rahmatiga olsin.
Umring tavhidda kechdi, peshonang sajdalar qidib, changlarga belandi. Yana seni
gunohkor adashgan deyishadi-ya! Ichimizda kimning gunohi yo‘q, kim adashmagan?!»
Hikoya qilinadiki, Basraning kaysidir nohiyasida fasodga botgan bir kishi vafot etdi.
Uning ayoli erining tobutini ko‘taradigan odam topolmadi. Marhum o‘ta fosiq bo‘lgani
uchun ham qo‘shnilar uning o‘limidan bexabar qoldilar, Tobutni ko‘ta-rish uchun ayol
ikkita hammol yolladi. Ular tobutni ma’lum bir joygacha ko‘tarib kelishdi. Ammo
marhumga janoza o‘qiy-digan birorta kishi ham topilmadi. So‘ngra uni dafn qilish uchun
qabriston tomon eltishdi. Shu yerga yaqin tog‘larda ulug‘ bir zohid istiqomat qilardi.
Qarangki, o‘sha zohid janoza namoziga muntazir bir holatda ayolning ko‘z o‘ngidan o‘tdi
va marhumga janoza namozini o‘qishga chog‘landi. Bu xabar sha-harga yoyildi. Zohid
janoza namozini ado qilar ekan, butun shahar ahli unga iqtido etdi.
Odamlar zohidning bu ishidan ajablanib, sababini so‘rashganida; «Tushimda menga
aytildi: falon yerga borsang, u yerda bir tobutni ko‘rasan. Tobut yenida bitta ayoldan
boshqa hech kim yo‘q. Tobutdagi o‘likning janozasini o‘qi! U mag‘firat qilingandir»,dedi.
Odamlarning ajablanishi yanada ortdi. Zohid ayolni chaqi-rib, undan marhumning
holat va siyrati qanday bo‘lganini so‘radi. Ayol:
— Har kuni mayxonada may ichish bilan mashg‘ul edn,- dedi
_ Uning biror xayrli ish qilganini ko‘rganmisan?- deb so‘radi zohid.
— Ha, uchta ishi bor edi. Birinchisi, har kuni kayfi tarkab, hushiga kelgach, erta bilan
kiyimlarini almashtirar-di, tahorat olib, jamoat bilan bomdod namozini ado qilar-di.
Keyin yana o‘zining ishiga sho‘ng‘ir edi.
Ikkinchisi, uyida har doim bir-ikki yetim bola bo‘lar edi. Ularga ehson berib, o‘z
farzandlaridan xam yaxshiroq e’tibor qilar edi.
Uchinchisi, kayfi tarqab, xushiga kelgach, qok tunda: «Rabbim! Bu jirkanch nafs bilan
jahannamning qaysi chukurini to‘ldirmoq istaysan» deb yig‘lar edi.
Sabab ayon bo‘lgach, zohid ketdi».
Sila ibn Ashim akasi dafn qilingan paytda, uning qabri tepasida turib, shunday
deganligi rivoyat qilinadi:
K,abr azobidan gar bo‘ldang ozod,
Ulkan, bir balodan topibsan najot!..
Do'stlaringiz bilan baham: |