87
Iqtisodiyotni
barqaror
rivojlantirish,
fan-texnika
taraqqiyotini
yana
xam
jadallashtirish, ishlab chiqarish saloxiyatidan oqilona foydalanish, resurslarning xamma
turlarini xar tomonlama tejash va ishlab chiqarishni boshqarishning bozor iqtisodiyoti
qonulariga mos ravishda olib borish mamlakatimiz iqtisodiy strategiyasining eng muxim
tarkibiy qismidir.
YUqorida keltirilgan xo‘jalik samaradorligini baholash usullari va ko‘rsatkichlaridan
tashqari bugungi kunda amaliyotda korxonalarning iqtisodiy nochorlik belgilarini aniqlash
uchun mezonlar tizimi ham qo‘llaniladi.
Korxonada samaradorlikni aniqlash muhim axamiyatga ega. Bugungi kunda
samaradorlikni aniqlashda barcha ko‘rsatkichlarni shartli ravishda ikki guruhga bo‘lib
o‘rganish qabul qilingan. Birinchi guruhga natural ko‘rsatkichlar kiradi. Ikkinchi guruhga
iqtisodiy ko‘rsatkichlar kiradi. Har ikki guruh ko‘rsatkichlardan foydalanish samaradorlikni
aniqroq ko‘rsatadi. SHu sababli biz samaradorlikni aniqlashda natural va iqtisodiy
ko‘rsatkichlardan foydalanish maqsadga muvofiq degan fikrdamiz.
“Korxonalarning moliyaviy-iqtisodiy ahvoli monitoringi va tahlilini o‘tkazish
mezonlarini aniqlash tartibi to‘g‘risida»gi Nizomga ko‘ra korxonalar quyidagi guruxlarga
bo‘linadi:
iqtisodiy barqaror korxona
iqtisodiy xatarli korxona
iqtisodiy nochor korxona:
o‘z to‘lov qobiliyatini tiklash imkonyatiga ega;
o‘z to‘lov qobiliyatini tiklash imkonyatiga ega bo‘lmagan korxonalar.
YUqorida keltirilgan xo‘jalik samaradorligini baholash usullari va ko‘rsatkichlaridan
tashqari bugungi kunda amaliyotda Iqtisodiy nochorlik qo‘mitasi tomonidan ishlab
chiqilgan korxonalarning iqtisodiy nochorlik belgilarini aniqlash uchun mezonlar tizimi
ham qo‘llaniladi. Ularning qatoriga quyidagilarni kiritish mumkin:
*
to‘lov qobiliyati koeffitsienti (K
tq
);
*
xususiy aylanma mablag‘lar bilan ta’minlanganlik koeffitsienti (Kxm);
*
Mahsulot ishlab chiqarish xarajatlari rentabelligi (Rix),
*
Aktivlar rentabelligi. (Ra):
*
xususiy va qarzga olingan mablag‘lar nisbati koeffitsienti (Kxq);
*
Ishlab chiqarish quvvatidan foydalanish koeffitsienti:
*
Eskirish koeffitsenti (Kesk)
Bu ko‘rsatkichlar bir qarashda mahsulot ishlab chiqarish sohasiga, demak, ishlab
chiqarish samaradorligiga aloqasi yo‘qday tuyuladi. Aslida esa aynan ular orqali
korxonaning samarali faoliyatini anglatuvchi iqtisodiy va moliyaviy barqarorlik aks
ettiriladi. Bundan tashqari, mahsulotning material sig‘imi, fond qaytimi, mehnat
unumdorligi va rentabellik ko‘rsatkichlari, ishlab chiqarishni rejalashtirish va tahlil qilishda
qo‘llansa, mezonlar tizimi yordamida esa korxonalar o‘zlarining faoliyat yuritish
qobiliyatini ko‘rsatadi hamda turli xil muammoli vaziyatlarda xo‘jalik sudlarida o‘z
manfaatlarini himoya qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: