Toshkent moliya instituti korxonalarni rivojlantirish strategiyasi


 Korxonalarning soliq to‘lovlarini optimallashtirish va soliqdan qochish



Download 4,28 Mb.
Pdf ko'rish
bet139/250
Sana01.01.2022
Hajmi4,28 Mb.
#288655
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   250
Bog'liq
Korxonaning riv. strat

13.2. Korxonalarning soliq to‘lovlarini optimallashtirish va soliqdan qochish. 
Soliqlarni  iqtisodiy  mohiyatiga  ko‘ra  guruhlanishi.Soliqlar  iqtisodiy  mohiyatiga, 
to‘lovchi  bilan  davlatning  o‘zaro  munosabatlariga  bevosita  yoki  bilvosita  bog‘liqligiga 
ko‘ra  to‘g‘ri  va  egri  soliqlarga  bo‘linadi.  To‘g‘ri  soliqlar  to‘g‘ridan-to‘g‘ri  daromadga  va 
mol-mulkka  qaratiladi  (soliqqa  tortishning  bevosita  shakli).  Tovarning  bahosida 
to‘lanadigan  yoki  tarifga  kiritiladigan  tovarlar  va  xizmatlardan  olinadigan  soliqlar  egri 
soliqlarga kiradi. Tovar va xizmatlarning egasi ularni sotishda soliq summalarini olib, ularni 
davlatga o‘tkazadi. 


 
85 
Daromadlar  oladigan  (mol-mulkka  va  shu  kabilarga  egalik  qiladigan)  xo‘jalik 
yurituvchi  sub’ektlar  to‘g‘ri  soliqlarning  pirovard  to‘lovchisi  hisoblanadi,  narxlarga 
ustamalar orqali soliq yuki yuklab qo‘yiladigan tovarning iste’molchisi esa egri soliqlarning 
pirovard  to‘lovchisi  hisoblanadi.  Amaliyotda  nafaqat  egri  soliqlar,  shu  bilan  birga  to‘g‘ri 
soliqlarni  ham  iste’molchilar  zimmasiga  o‘tkazish  imkoniyati  mavjuddir.  Masalan, 
korxonalar  to‘laydigan  soliqlar  yuki  inflyasiya  davrida  ko‘pincha  narx-navoni  oshirib 
yuborish orqali iste’molchilar zimmasiga yuklab boriladi. 
To‘g‘ri soliqlarga tortishda mablag‘larning safarbar qilinishi yangi qiymatni taqsimlash 
paytida boshlanadi. Davlat  daromad olingan paytdayoq  uning bir qismiga o‘z huquqlarini 
da’vo qiladi. 
Soliq  to‘lovchining  daromadi  (ish  haqi,  foyda,  foizlar  va  hokazo)  va  uning  mol-
mulkining (er, uylar, qimmatli qogozlar va hokazo) qiymati to‘g‘ri soliqlar ob’ekti bo‘ladi. 
Soliqqa  tortishning  bu  shakli  egri  soliqlarga  nisbatan  birmuncha  progressivdir,  chunki  u 
soliq  to‘lovchining  daromadliligini,  oilaviy  ahvolini  hisobga  oladi,  soliq  daromadni  olish 
bosqichida  undiriladi.  Bundan  tashqari,  to‘g‘ri  soliqlarga  tortishda  soliq  to‘lovchi  o‘z 
solig‘ining summasini aniq biladi. 
Tarixiy jihatdan olganda to‘g‘ri soliqlar XVIII asrda va XIX asrning birinchi yarmida 
shakllandi, ular faqat XX asrda keng ommalashdi. 
To‘g‘ri soliqlar real va shaxsiy soliqlarga bo‘linadi. 
Real  soliqlar  soliq  to‘lovchi  mol-mulkining  ayrim  turlaridan  (er,  uylardan)  kadastr 
asosida  undiriladi,  to‘lovchining  haqiqiy  daromadliligini  emas,  balki  o‘rtacha 
daromadliligini  hisobga  oladi.  Soliqqa  tortish  ob’ektiga  qarab  quyidagilar  real  soliqlarga 
kiradi:  erga  oid,  uy-joylarga  doir,  kasb-hunarga  tegishli,  qimmatli  qog‘ozlardan  olinadigan 
soliqlar.  Real  soliqlar  tashqi  belgilarga  asoslanadi,  soliqqa  tortish  mol-mulkning  kadastr 
bo‘yicha  aniqlanadigan  o‘rtacha  daromadliligi  bo‘yicha  amalga  oshiriladi.  O‘z  mohiyatiga 
ko‘ra bunday soliqlar regressiv tusga egadir. 
Ishlab  chiqaruvchi  kuchlarning  rivojlanishi,  davlat  faoliyatining  kengayishi  shaxsiy 
soliqlarga o‘tilishini taqozo etdi, chunki real soliqlar fiskal jihatdan ham, ijtimoiy-iqtisodiy 
jihatdan  ham  foydali  bo‘lmay  qoldi.  Real  soliqqa  tortishning  ayrim  unsurlari,  odatda, 
mahalliy  soliqlar  tizimida  asosan  sanoat  jihatdan  taraqqiy  etgan  mamlakatlarda  saqlanib 
qolgan.  SHaxsiy  soliqlar  ravnaq  topmoqda,  bular  daromadlar  manbaida  yoki  deklaratsiya 
bo‘yicha  undiriladigan  jismoniy  va  yuridik  shaxslarning  daromadlari  va  mol-mulkidan 
olinadigan  soliqlardir.  Real  soliqdan  farqli  ravishda  shaxsiy  soliqqa  tortishda  ob’ekt 
(daromad,  mol-mulk)  har  bir  to‘lovchi  uchun  yakka  tartibda  hisoblab  chiqiladi,  uning 
moliyaviy  ahvoli  (oila  soni,  qarzdorlik  va  hokazo)  e’tiborga  olinadi.  Rivojlangan 
mamlakatlarda  soliqqa  tortish  ob’ektiga  qarab  shaxsiy  soliqlarning  quyidagi  turlari 
farqlanadi:  daromad  solig‘i,  pullik  sarmoyalardan  tushadigan  daromadlardan  olinadigan 
soliq,  sarmoyaning  o‘sishidan  olinadigan  soliq,  korporatsiyaning  foydasidan  olinadigan 
soliq,    merosdan  va  sovg‘a  qilishdan  olinadigan  soliq,  mol-mulkdan  olinadigan  soliq,  jon 
boshiga olinadigan soliq va hokazo. 
Egri  soliqlar  bahoga  yoki  tarifga  ustama  sifatida  belgilanadigan  tovarlar  va 
xizmatlardan olinadigan soliqlardir. Egri soliqlarga tortishda davlat tovar yoki xizmatlarning 
sotilishi  paytida  ushbu  qiymatning  bir  qismiga  o‘z  huquqlarini  da’vo  qilish  bilan  aslida 
yangi  qiymatning  taqsimlanishining  ishtirokchisi  bo‘lib  qoladi.  Egri  soliqlar  to‘g‘ri 
soliqlardan  farqli  ravishda  to‘lovchining  daromadi  yoki  mol-mulki  bilan  bevosita  bog‘liq 
bo‘lmaydi.  Tovarlar,  odatda,  shaxsiy  iste’mol  tovarlari,  shuningdek  xizmat  ko‘rsatish 
sohasining  (sartaroshxonalar,  hammomlar,  kimyoviy  tozalash  xizmatlari)  pullik  aylanmasi, 
tomosha  ko‘rsatadigan  va  transport  korxonalarining  pattalari  va  shu  kabilar  soliqqa  tortish 


 
86 
ob’ekti  bo‘ladi.  Egri  soliqlarga  tortiladigan  tovarlar  va  xizmatlar  soni  muntazam  kengayib 
bormoqda. 
Xaridor-iste’molchi  egri  soliqlarning  to‘lovchisi  bo‘ladi.  Tovarning  sohibi  yoki 
xizmatlar  ko‘rsatadigan  shaxs  aslida  soliqni  yig‘uvchi  hisoblanadi.  Egri  soliqlarning 
anchagina  qismi  mulkdor  tomonidan  tovarning  yoki  xizmatlarning  narxiga  qo‘shiladi. 
Davlat  korxonalari  va  monopoliyalar  soliqning  butun  summasiga  narxlarni  oshirish 
bo‘yicha  juda  katta  imkoniyatlarga  egadir.  Tarmoq  ichidagi  raqobat  yuksak  bo‘lganida  va 
talab barqaror bo‘lmagan holda soliqning muayyan hissasi tovarning ishlab chiqaruvchisi va 
sotuvchi  tomonidan  to‘lanadi.  Egri  soliqlarning  asosiy  to‘lovchisi  pirovard  oqibatda 
iste’molchilar bo‘ladilar. 
 

Download 4,28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   250




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish