Toshkent moliya instituti korxonalarni rivojlantirish strategiyasi



Download 4,28 Mb.
Pdf ko'rish
bet132/250
Sana01.01.2022
Hajmi4,28 Mb.
#288655
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   250
Bog'liq
Korxonaning riv. strat

77 
 
 
10-mavzu Korxonalarni rivojlanishida xarajatlarni tejash va mahsulot 
tannarxini kamaytirish 
10.1. Korxonalarda xarajatlar, sarflar va mahsulot tannarxi.  
10.2. Tartibga solinadigan va tartibga solib bo‘lmaydigan xarajatlar. 
10.3. Doimiy va o‘zgaruvchan xarajatlar. Bevosita va bilvosita xarajatlar. 
10.4. Davr xarajatlari. Mahsulot tannarxini kalkulyasiya qilish usullari. 
10.5. Haqiqiy tannarx kalkulyasiyasi va uning usullari. 
 
10.1.Korxonalarda xarajatlar, sarflar va mahsulot tannarxi.  
 
 
Mamlakat  iqtisodiyotining  raqobatdoshligini    ta’minlash  va  sanoatda  ishlab 
chiqarish  xarajatlarini  qisqartirish  asoslari.  Prezidentimiz  SH.M.  Mirziyoev  “Tanqidiy 
tahlil,  qat’iy  tartib-intizom  va  shaxsiy  javobgarlik  –  har  bir  rahbar  faoliyatining  kundalik 
qoidasi  bo‘lishi  kerak”  O‘zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasining  2016  yil 
yakunlari  va  2017  yil  istiqbollariga  bag‘ishlangan  majlisidagi  ma’ruzasida  “Mamlakatimiz 
iqtisodiyotida  yuz  berayotgan  jiddiy  sifat  o‘zgarishlari  alohida  e’tiborga  sazovordir”
18
  deb 
ta’kidladi.  Mazkur  sifat  o‘zgarishlari  eng  avvalo  iqtisodiyotda  sanoat  tarmog‘i  ulushining 
jadal  sur’atlarda  o‘sib,  sanoat  tarkibida  yuqori  qo‘shimcha  qiymatga  ega  bo‘lgan, 
raqobatdosh  mahsulotlar  tayyorlayotgan  qayta  ishlash  tarmoqlarining  o‘rni  tobora  ortib 
borayotgani,  yangi  zamonaviy  korxonalar  tashkil  etilayotgani,  iqtisodiyotimizning  deyarli 
barcha  tarmoqlari  modernizatsiya  qilinib,  amalda  texnologik  jihatdan  yangilanayotgani, 
iste’mol  tovarlari  ishlab  chiqarish  hajmi  o‘sib,  ularning  raqobatdoshligi  nafaqat  ichki 
bozorda, balki tashqi bozorda ham tobora ortib borayotgani orqali namoyon bo‘lmoqda. 
Globalizatsiya  jarayonining  chuqurlashuvi  sharoitida  milliy  iqtisodiyotlarning  o‘zaro 
bog‘liqligini  kuchayishi,  jahon  bozorlarida  raqobat  va  moliyaviy-iqtisodiy  beqarorlikning 
ortishi,  mamlakatlarning  raqobatbardoshlikigi  o‘stirish  hisobiga  barqaror  iqtisodiy 
rivojlanishini ta’minlash yo‘llarini topishga undaydi.  
Inqirozga  qarshi  choralar  dasturi  doirasida  milliy  iqtisodiyotni  raqobatbardoshligini 
oshirish bo‘yicha tizimli tadbirlar  belgilangan bo‘lib, unda dastlab real sektordagi tovar  va 
mahsulotlarni  eksport  qiluvchi  korxonalarni  qo‘llab-quvvatlash,  ularni  tashqi  bozorlardagi 
raqobatbardoshligini  ta’minlash,  qat’iy  tejamkorlikni  qo‘llash,  mahsulot  tonnarxi  va 
xarajatlarini  pasaytirishni  rag‘batlantirish,  shu  jumladan,  energiya  tejamkorligini  samarali 
tizimini  qo‘llash  va  energiya  sig‘imini  qisqartirish  bo‘yicha  choralar,  ichki  bozorda  yalpi 
talabni rag‘batlantirish va boshqalar belgilangan edi. 
Ishlab  chiqarish  xarajatlarini  pasaytirishni  bo‘yicha  choralarning  amalga  oshirilishi, 
xom  ashyoni  qat’iy  tejash  tizimining  qo‘llanishi  mahsulot  tannarxining  15-20  foizga 
pasayishini  ta’minladi.  2012  yilda  mahsulotning  energiya  sig‘imkorligi  va  moddiy 
xarajatlarning 10-15 foizga qisqartirilishiga erishildi. 
                                                 
18
  Мирзиёев  Ш.М.  Танқидий  таҳлил,  қатъий  тартиб-интизом  ва  шахсий  жавобгарлик  –  ҳар  бир  раҳбар 
фаолиятининг кундалик қоидаси бўлиши керак. Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамасининг 2016 йил 
якунлари  ва  2017  йил  истиқболларига  бағишланган  мажлисидаги  Ўзбекистон  Республикаси  Президентининг 
нутқи. // Халқ сўзи газетаси. 2017 йил 16 январь, №11. 
 


 
78 
Real  sektorda  yuqori  qo‘shilgan  qiymatga  ega  bo‘lgan  tayyor  mahsulotlarni  ishlab 
chiqarish,  raqobatbardosh  tarmoqlarni  rivojlantirish  maqsadida  xom  ashyoni  chuqur  qayta 
ishlovchi  tarmoqlar  ulushini  oshirishga  qaratilgan  iqtisodiyotdagi  tarkibiy  o‘zgarishlar 
O‘zbekiston korxonalarining tashqi bozordagi barqaror holatini ta’minlaydi.  
“Respublika  sanoatini  barqaror,  jadal  va  mutanosib  ravishda  rivojlantirish,  asosiy 
sanoat tarmoqlarini diversifikatsiya qilishga va eksport salohiyatini o‘stirishga yo‘naltirilgan 
tarkibiy o‘zgartirishlarni chuqurlashtirish, sanoat tarmoqlari, komplekslari va korxonalarini 
modernizatsiya  qilish,  ishlab  chiqarishni  texnik  va  texnologik  yangilash  asosida  ularning 
samaradorligi  hamda  raqobatdoshligini  yanada  oshirish  maqsadida”  qabul  qilingan, 
O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  15.12.2010  y.  №  PQ-1442  sonli  «2011-2015 
yillarda  O‘zbekiston  Respublikasi  sanoatini  rivojlantirishning  ustuvor  yo‘nalishlari 
to‘g‘risida» gi qarori bilan tasdiqlangan dasturni amalga oshirilishi iqtisodiyotning tarkibiy 
tuzilishini takomillashtirishda yangi bosqich bo‘ladi.   
Dasturga  ko‘ra  sanoat  tarmoqlarini  jadal  rivojlantirish  orqali  uning  YAIMdagi 
ulushini  2012  yilga  qadar  28  foizgacha  o‘stirish,yakuniy  tayyor  mahsulotlarning  sanoat 
mahsuloti umumiy hajmidagi ulushini 61,2 foizga, sanoat mahsuloti eksportining mamlakat 
eksportidagi ulushini esa71,8 foizga, eksport qilinayotgan sanoat mahsulotlari hajmini jami 
sanoat mahsulotidagi ulushini esa 63,2 foizga etkazish ko‘zda tutilgan
19
.  
Bu  parametrlarga  erishish  uchun  2011-2015  yillar  davomida  25,67  mlrd.  AQSH 
dollaridan ko‘proq  investitsiyalarni o‘zlashtirish  maqsad qilib qo‘yilgan. 
Sifati  va  narxi  bo‘yicha  jahon  bozorida  raqobatbardosh  bo‘lgan  mahsulotlar  ishlab 
chiqarish  hajmlarini  kengaytirish  va  yangi  mahsulotlar  turlarini  o‘zlashtirishga  katta 
miqdordagi investitsiyalarni jalb etish hamda o‘zlashtirish orqaligina erishiladi. 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011 yil 4 oktyabrdagi 1623-sonli «YAngi 
turdagi  raqobatbardosh  mahsulotlar  ishlab  chiqarishni  kengaytirish  va  o‘zlashtirish  chora-
tadbirlari  to‘g‘risida"gi  qarori  bilan  tasdiqlangan  birinchi  navbatdagi  dasturiga  muvofiq, 
2012-2016  yillarda  hisob-kitoblar  bo‘yicha  qiymati  6  milliard  200  million  dollar  bo‘lgan 
270 dan ziyod investitsiya loyihasini, shuningdek, ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, 
texnik  va  texnologik  qayta  jihozlash  bo‘yicha  tarmoq  dasturlarini  amalgaoshirish  ko‘zda 
tutilmoqda. 
Prezidentimiz  tomonidan  mamlakatimiz  iqtisodiyotining  raqobatbardoshligini 
ta’minlashga    to‘siq  bo‘layotgan,  ishlab  chiqarilayotgan  mahsulotlar  sifatining  past 
bo‘lishiga, tannarxining esa asossiz o‘sib ketishiga olib kelayotgan omillarni bartaraf etish 
zarurligiga alohida e’tibor qaratildi. Jumladan quyidagilar alohida ta’kidlandi: 
- korxonalarda mavjud  asbob-uskunalar hamda texnologiyalarning salmoqli miqdori 
jismonan yoki ma’naviy jihatdan eskirganligi; 
- ishlab  chiqarilayotgan  mahsulotlarning  material  va  energiya  sarfi  yuqori  darajada 
ekanligi; 
-  ishlab  chiqarilayotgan  mahsulotlar  sifatini  boshqarish  tizimini  joriy  etish, 
mahsulotlarning  xalqaro  standartlarga  mosligini  ta’minlash  masalasi  barcha  korxonalarda 
to‘liq hal etilmaganligi; 
ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanish darajasi qoniqarli emasligi ta’kidlandi.  
10.1-jadval  
                                                 
19
  Мирзиёев  Ш.М.  Танқидий  таҳлил,  қатъий  тартиб-интизом  ва  шахсий  жавобгарлик  –  ҳар  бир  раҳбар 
фаолиятининг кундалик қоидаси бўлиши керак. Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамасининг 2016 йил 
якунлари  ва  2017  йил  истиқболларига  бағишланган  мажлисидаги  Ўзбекистон  Республикаси  Президентининг 
нутқи. // Халқ сўзи газетаси. 2017 йил 16 январь, №11. 
 


 
79 
Sanoat tarmoqlarida  ishlab chiqarishning energiya sig‘imi darajasi, % 
Tarmoqlar 
2005 
2010 
2011 
2012y. 
9oyi 
O‘zgarish                      
2012 y.  (+,-),   f.p.            
2005y.ga 
nisbatan 
2011 
y.ga 
nisbatan 
Sanoat, jami 
11,2 
9,7 
 10,1 
10,7 
-0,5 
0,6 
Elektroenergetika 
46,9 
43,2 
 47,8 
50,6 
3,7 
2,8 
YOqilg‘i  
4,7 
3,1 
 3,0 
3,3 
-1,4 
0,2 
Qora metallurgiya 
7,6 
6,5 
 6,5 
7,3 
-0,3 
0,8 
Rangli metallurgiya 
10,7 
13,6 
 14,4 
14,2 
3,5 
-0,2 
Kimyo va neft kimyosi 
24,8 
23,3 
 21,2 
20,5 
-4,3 
-0,7 
Mashinasozlik va metalga 
ishlov berish 
1,7 
0,8 
 0,9 
0,8 
-0,9 
-0,1 
Qurilish 
materiallari 
sanoati 
18,4 
13,9 
 13,8 
17,4 
-1,0 
3,6 
Engil sanoat  
2,5 
2,3 
 2,0 
2,5 

0,5 
Oziq-ovqat sanoati   
3,5 
1,8 
 1,6 
1,9 
-1,6 
0,2 
Manba: O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlari  
sanoat  ishlab  chiqarishining  energiya  sig‘imi  2005-2012  yillarda  11.2%  dan 
10.7%gacha  kamaygan.  Energiya  sarfini  kamaytirish  bo‘yicha  yuqori  natijalar  Kimyo  va 
neft  kimyosi  (  24,8%  dan  20,5%ga),  oziq  ovqat  sanoatida  (3,5%  dan  1,9%ga)  yoqilg‘i 
sanoatida ( 4,7 dan do 3,3%ga), kuzatildi. 
10.2-jadval  
Sanoat tarmoqlarida  ishlab chiqarishning material sig‘imi darajasi, % 
Tarmoqlar 
2005 
2010 
2015 
2016y. 
9 oyi 
O‘zgarish                      
2016 y.  (+,-),   f.p.          
2005y.ga 
nisbatan 
2016 
y.ga 
nisbatan 
Sanoat, jami 
42,1 
44,0 
 44,3 
44,2 
2,1 
-0,1 
Elektroenergetika 
3,3 
4,5 
 3,4 
2,9 
-0,4 
-0,5 
YOqilg‘i  
31,8 
35,4 
 37,7 
35,8 
4,0 
-1,9 
Qora 
metallurgiya 
46,1 
51,9 
 50,9 
52,6 
6,5 
1,6 
Rangli  
metallurgiya 
18,2 
22,8 
 23,3 
21,3 
3,1 
-2,0 
Kimyo va neft kimyosi 
40,3 
39,8 
 36,7 
37,0 
-3,3 
0,3 
Mashinasozlik 
va 
metalga ishlov berish 
69,6 
70,9 
 70,5 
71,8 
2,2 
1,3 
Qurilish 
materiallari 
sanoati 
31,9 
30,1 
 30,2 
33,2 
1,3 
3,0 
Engil sanoat  
72,3 
65,8 
 65,2 
66,8 
-5,5 
1,6 
Oziq-ovqat sanoati   
63,4 
51,7 
 56,0 
63,7 
0,3 
7,7 
Manba:  O‘zbekiston  Respublikasi  Davlat  statistika  qo‘mitasi  ma’lumotlari  asosida 
hisoblangan. 


 
80 
Sanoat  tarmoqlarida    ishlab  chiqarishning  material  sig‘imi  darajasini  kamayishi 
2005-2016 yillarda engil sanoatda (5,5 f.p.ga 66,8%gacha), kimyo va neft kimyo sanoatida ( 
3,3 f.p. ga  37,0%gacha) kuzatildi Tarmoq ichidagi raqobat tovarlarning ijtimoiy yoki bozor 
qiymatini aniqlaydi va belgilaydi. Bu qiymat odatda o‘rtacha sharoitda ishlab chiqarilgan va 
muayyan  tarmoq  tovarlarining  anchagina  qismini  tashkil  etadigan  tovarlarning  qiymatiga 
mos keladi. 
Tarmoqlar ichidagi raqobat natijasida texnik  darajasi va  mexnat unumdorligi  yukori 
bo‘lgan  korxonalar  ko‘shimcha  foyda  oladilar  va  aksincha,  texnika  jikatdan  nochor 
korxonalar  esa,  o‘zlarida  ishlab  chikarilgan  tovar  kiymatining  bir  kismini  yo‘qotadilar  va 
zarar ko‘radilar. 

Download 4,28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   250




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish