Sanoat ishlab chiqarish hududlari ikkinchi avlod hududlari hisoblanadi. Ular erkin
savdo hududlariga faqat tovar emas, kapital ham olib kiritilishi va ularda faqat savdo bilan
emas, balki ishlab chiqarish faoliyati bilan ham shug‘ullanilishi oqibatida erkin savdo
hududlarining evolyusiyasi natijasida vujudga keladi.
Sanoat ishlab chiqarish hududlari maxsus boj rejimiga ega bo‘lgan hududlarda tashkil
qilinadi. Ularda eksport uchun yoki import o‘rnini bosuvchi tovarlar ishlab chiqiladi. Bu
hududlar sezilarli soliq va moliyaviy imtiyozlarga ega bo‘ladilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |