Majmuaviy hududlar alohida ma’muriy tumanlar hududida umumiy xo‘jalik
yuritish rejimiga nisbatan alohida, imtiyozli rejim o‘rnatish bilan tashkil qilinadi. Ularga
Xitoyning 5 ta mahsus iqtisodiy hududlarini, Braziliyadagi «Manuas» hududini,
Argentinadagi «Olovli er»ni, sanoati rivojlangan davlatlarning kam rivojlangan
hududlaridagi erkin tadbirkorlik hududlarini kiritish mumkin.
Turli ko‘rinishdagi erkin iqtisodiy hududlarning o‘xshash tomonlari ularda o‘zida
tadbirkorlar uchun bojxona, moliyaviy, soliq imtiyozlari va umumiy rejimga nisbatan
ustunliklar bo‘lgan qulay investitsion iqlim mavjudligidadir. Turli hududlarda imtiyoz va
rag‘batlantirishlar ba’zi jihatlari bilan farq qiladi.
Imtiyozlar turtta asosiy guruhga ajratiladi:
Do'stlaringiz bilan baham: |