Toshkent moliya instituti korxonalarni rivojlantirish strategiyasi


  Mas’uliyati  cheklangan  jamiyat



Download 4,28 Mb.
Pdf ko'rish
bet112/250
Sana01.01.2022
Hajmi4,28 Mb.
#288655
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   250
Bog'liq
Korxonaning riv. strat

62 
Mas’uliyati  cheklangan  jamiyat  deb  bir  yoki  bir  necha  shaxs  tomonidan  ta’sis 
etilgan,  ustav  fondi  (ustav  kapitali)  ta’sis  hujjatlari  bilan  belgilab  qo‘yilgan  miqdorlardagi 
ulushlarga  bo‘lingan  jamiyat  tan  olinadi
15
.  Mas’uliyati  cheklangan  jamiyatning 
ishtirokchilari  uning  majburiyatlari  bo‘yicha  javobgar  bo‘lmaydilar  va  jamiyat  faoliyati 
bilan bog‘liq zarar uchun o‘zlari qo‘shgan hissalar qiymati doirasida javobgar bo‘ladilar. 
Jamiyat  davlat  tilidagi  va  bir  vaqtda  jamiyatning  ixtiyoriga  binoan  boshqa  tillardagi 
to‘liq firma nomiga ega bo‘lishi lozim va qisqartirilgan firma nomiga ega bo‘lishga haqlidir.  
Mas’uliyati  cheklangan  jamiyatning  to‘liq  firma  nomi  jamiyatning  to‘liq  nomini  va 
"mas’uliyati cheklangan jamiyat" so‘zlarini o‘z ichiga olishi kerak. Mas’uliyati cheklangan 
jamiyatning  qisqartirilgan  firma  nomi  uning  to‘liq  yoki  qisqartirilgan  nomini  hamda 
"mas’uliyati  cheklangan  jamiyat"  degan  so‘zlarni  yoki  MChJ  abbreviaturasini  o‘z  ichiga 
olishi kerak. 
Qo‘shimcha  mas’uliyatli  jamiyat  sifatida  bir  yoki  bir  necha  shaxs  tomonidan  ta’sis 
etilgan,  ustav  fondi  ta’sis  hujjatlarida  belgilangan  miqdorlardagi  ulushlarga  bo‘lingan 
jamiyat tan olinadi va uning ishtirokchilari jamiyat majburiyatlari bo‘yicha o‘z mol-mulklari 
bilan qo‘shgan hissalari qiymatiga nisbatan hamma uchun bir xil bo‘lgan, jamiyatning ta’sis 
hujjatlarida  belgilanadigan  karrali  miqdorda  solidar  tarzda  subsidiar  javobgar  bo‘ladilar. 
Ishtirokchilardan  biri  nochor  (bankrot)  bo‘lib  qolganida  uning  jamiyat  majburiyatlari 
bo‘yicha  javobgarligi,  agar  jamiyatning  ta’sis  hujjatlarida  javobgarlikni  taqsimlashning 
boshqacha  tartibi  nazarda  tutilgan  bo‘lmasa,  boshqa  ishtirokchilar  o‘rtasida  ularning 
qo‘shgan hissalariga mutanosib ravishda taqsimlanadi. 
Qo‘shimcha  mas’uliyatli  jamiyatning  to‘liq  firma  nomi  jamiyatning  to‘liq  nomini  va 
"qo‘shimcha  mas’uliyatli  jamiyat"  degan  so‘zlarni  o‘z  ichiga  olishi  kerak.  qo‘shimcha 
mas’uliyatli  jamiyatning  qisqartirilgan  firma  nomi  jamiyatning  to‘liq  yoki  qisqartirilgan 
nomini  hamda  "qo‘shimcha  mas’uliyatli  jamiyat"  degan  so‘zlarni  yoki  QMJ 
abbreviaturasini o‘z ichiga olishi kerak. 
Mas’uliyati  cheklangan  yoki  qo‘shimcha  mas’uliyatli  jamiyat  davlat  ro‘yxatidan 
o‘tkazilgan paytdan e’tiboran yuridik shaxs maqomiga ega bo‘ladi.  
Jamiyat  boshqa  yuridik  shaxslarning  muassisi  bo‘lishga  yoki  ularning  ustav  fondida 
(ustav  kapitalida)  boshqacha  tarzda  ishtirok  etishga,  vakolatxonalar  va  filiallar  tuzishga 
haqlidir.  
Jamiyat,  agar  uning  ta’sis  hujjatlarida  boshqacha  qoida  belgilangan  bo‘lmasa, 
nomuayyan muddatga tuziladi. 
Jamiyat to‘liq firma nomi davlat tilida ifodalangan va jamiyatning joylashgan manzili 
ko‘rsatilgan  dumaloq  muhrga  ega  bo‘lishi  kerak.  Jamiyatning  muhrida  uning  firma  nomi 
jamiyatning ixtiyoriga binoan boshqa tillarda ham ifodalanishi mumkin. 
Jamiyat o‘zining firma nomi yozilgan shtamplariga va blankalariga, o‘z emblemasiga, 
shuningdek  belgilangan  tartibda  ro‘yxatga  olingan  tovar  belgisiga  va  boshqa  o‘z  belgi-
alomatlariga ega bo‘lishga haqlidir. 
Jamiyat  qonun  hujjatlarida  taqiqlanmagan  har  qanday  faoliyat  turlarini  amalga 
oshirishi mumkin. 
Ro‘yxati qonunlarda belgilanadigan ayrim faoliyat turlari bilan jamiyat faqat litsenziya 
asosida shug‘ullanishi mumkin.  
                                                 
15
«Масъулияти чекланган ва қўшимча масъулиятли жамиятлар тўғрисида»ги 
Ўзбекистон Республикасининг Қонуни. 2001 йил 6 декабрь // Тадбиркорликка оид 
қонун ҳужжатлари тўплами. 1-том. - Т.: Ўзбекистон Республикаси Адлия вазирлиги, 
2002.
 


 
63 
Jamiyat  o‘z  majburiyatlari  yuzasidan  o‘ziga  qarashli  barcha  mol-mulk  bilan  javobgar 
bo‘ladi. Jamiyat o‘z ishtirokchilarining majburiyatlari yuzasidan javob bermaydi. Davlat va 
uning  organlari  jamiyatning  majburiyatlari  yuzasidan  javobgar  bo‘lmaydi,  xuddi 
shuningdek  jamiyat  ham  davlat  va  uning  organlari  majburiyatlari  yuzasidan  javobgar 
bo‘lmaydi. 

Download 4,28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   250




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish