Microsoft Word лотинча девиант хулқ-атвор психологияси rtf



Download 1,14 Mb.
Pdf ko'rish
bet27/68
Sana01.01.2022
Hajmi1,14 Mb.
#288543
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   68
Bog'liq
Deviant xulq atvor psixogiyasi

Endomorfli  -  jussasi  sferik  shakldagi,  yumshoq,  katta  qorinli, 
dumaloq  boshli  odam,  ichki  organlari  yirik,  qo‘llari  va  oyoqlari 
bo‘shashgan, suyaklari va mushaklari rivojlanmagan bo‘ladi. 
Mezomorfli  –  yelkalari  va  ko‘krak  qafasi  keng  odam,  qo‘llari  va 
oyoqlari  muskulli,  teri  osti  yog‘lari  kam  miqdordagi,  katta  boshli 
odam. 
Ektomorfli – cho‘ziq yuzli ozg‘in odam, peshonasi keng, qo‘llari 
va  oyoqlari  ingichka  uzun,  ko‘krak  qafasi  tor  va  qorinli,  muskullari 
rivojlanmagan bo‘ladi. 
Sheldon  200  nafardan  ortiq  huquqbuzarlarning  materiallarini 
umumlashtira  borib,  shunday  xulosaga  keldi:  jinoiy  axloq  kishining 
jismoniy konstitutsiyasiga va uning turiga bog‘liq. Bunda jinoyatchilar 
orasida  mezomorf  bichimli  shaxslar  ustun  turadilar.  Keyinchalik  u 
jinoyatchilarni uch turga ajratadi:  
- dionisli, bu yerda ma’naviy negizlarning buzilishi ustunlik qiladi; 
- paranoidli, atrof-muhitdan begonalashish bilan tavsiflanadi;  


 
35 
-  gebefrenik,  bu  yerda  infantilizm  yoki  aqliy  rivojlanmaganlik 
ustunlik qiladi. 
Delikvent  axloqdagi  Krechmercha  tipologiya  P.K.  Gannushkin, 
YE.K.  Krasnushkin,  M.V.  Volotskiy  va  boshqalar  tomonidan  keng 
ravishda ko‘rib chiqilgan. Masalan, YE.K. Krasnushkin jismoniy tip va 
kriminalning  ma’lum  korrelatsiyasi  to‘g‘risida  bosqinchilar  ko‘p 
hollarda  atletik  gavda  tuzilishiga  ega  bo‘lib,  o‘g‘rilar  esa,  aksincha, 
yetilmay qolgan, degenerativ, yevnuxoidcha (bichilgan kabi) tuzilishga 
ega bo‘ladilar deb yozgan. 
Tug‘ma  xislatlar  bilan  bog‘liq  jismoniy  nuqsonlar,  ayrim 
mutaxassislar tomonidan og‘uvchi shaxsning va umuman, jinoyatchilik 
shakllanishining  muhim  omili  deb  baholanadi.  Bu  holda,  subyekt 
axloqi jismoniy nuqsonlarning o‘rnini to‘ldirishga qaratilgan bo‘ladi va 
jinoiy axloq shaklini oladi. Amerikalik psixolog Masters, jinoyatchilar-
ning  katta  bir  guruhi  suratlarini  tadqiq  etib,  ular  orasida  mayib-
majruhlar  o‘rtacha  aholi  orasidagiga  qaraganda  ancha  ko‘proq 
ekanligini  aniqladi  va  og‘uvchi  shaxsda  o‘ziga  xos  «Kvazimodo 
kompleksi»ni ajratish mumkin degan xulosaga keldi. 
Biroq  keyinchalik  genetika  sohasida  olib  borilgan  jiddiy  tadqi-
qotlar  shaxsning  tana  konstitutsiyasi  ruhiy  xususiyatlarining  o‘x-
shashlik ko‘rsatkichi sifatida irsiy genezning omili bo‘lishini ko‘rsatdi. 
Psixologiyada  xromosomali  qatorning  axloqqa,  shu  jumladan  jinoiy 
axloqqa ta’sirini o‘rganuvchi yangi yo‘nalish rivojlanmoqda. 
Masalan, amerikalik psixologlar Djekobs, Branton va Mervil XYY 
sindromini  erkak  jinsidagi  shaxslar  o‘z  irsiy  kodida  yana  bitta  erkak 
xromosomani  olganidagi  xromosoma  to‘plamining  buzilishi  deb 
ta’riflaydilar.  Ularning  tadqiqotlarida  ta’kidlanishicha,  XYY  formulali 
individlar  ko‘pincha  jismoniy  jihatdan  me’yordan  qandaydir  og‘ish 
bilan  farq  qiladi.  Odatda,  ularning  bo‘yi  o‘rtachadan  ancha  baland 
bo‘lib,  haddan  ziyod  tajovuzkorlik,  to‘satdan  zo‘ravonlik  paydo 
bo‘lishi  holatlari,  shuningdek  aqliy  rivojlanishda  kechikishlar  bilan 
tavsiflanadi.  Keyingi  tadqiqotlar  asosan  jinoyatchilar  orasida  XYY 
xromosomali  shaxslar  aholining  boshqa  guruhlaridagi  shaxslarga 
nisbatan  ancha  ko‘p  uchrashi  haqidagi  xulosani  tasdiqladi.  Ayniqsa, 
erkak  jinsidagi  yangi  tug‘ilgan  chaqaloqlar  va  katta  yoshdagi  vakillar 
orasida 
bu 
anomaliya 
taxminan 
mingtadan 
bitta 
uchraydi, 
qamoqdagilar  orasida  esa  u  15  marta  ko‘p  namoyon  bo‘ladi.  Biroq 
xromosoma  anomaliyalarining  zo‘rlik  ishlatib  jinoyat  sodir  qilishga 
moyillikka ta’siriga oid natijalar hali olinmadi. 


 
36 
Shunday  qilib,  noqulay  biologik  omillarning  ta’siri  shunga  olib 
keladiki,  yomon  irsiyat,  jismoniy  shikastlar,  tana  konstitutsiyasining 
ayrim  xususiyatlari,  ruhiy  kasalliklar  va  hokazolar  shaxsning  ruhiy 
tuzilmasida  –  jinoyatlar  sodir  etilishiga  ta’sir  ko‘rsatishi  mumkin 
bo‘lgan  ehtiyojlar,  tashvishlar,  zehnida  va  boshqalarda  ma’lum 
deformatsiyalarni  yuzaga  keltiradi.  Mazkur  nazariya  qarashlarining 
chegaralanganligi  bizga  shaxs  rivojlanishining  ijtimoiy  shart-
sharoitlarini mensimaslikka, shuningdek, aniqlangan belgilar metafizik 
(mavhum)  ravishda,  ajratib  qo‘yilgan  holda  va  shaxs  rivojlanishining 
dinamikasiga bog‘liq bo‘lmagan holda ko‘rib chiqilishiga olib keluvchi 
biologik  omillarning  mutlaqlashtirilishida  ko‘rinadi.  Tegishlicha, 
og‘uvchi  shaxsga  nisbatan  tibbiy  choralarni  qo‘llash,  jamiyatdan 
umrbod  ajratib  qo‘yish  yoki  hatto  yo‘q  qilish  taklif  etiladigan 
jinoyatchilikka  qarshi  kurash  choralari  ham  metafizikaviy  (mavhum) 
bo‘lib  ko‘rinadi.  Hozirgi  vaqtda  jinoiy  axloqning  «biologik  korrelyat-
lar»ini  tadqiq  qilish,  tushuntirish  tamoyiliga  da’vo  qilmagan  holda, 
yetarlicha mahalliy xarakterga ega. 

Download 1,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   68




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish