Microsoft Word лотинча девиант хулқ-атвор психологияси rtf



Download 1,14 Mb.
Pdf ko'rish
bet26/68
Sana01.01.2022
Hajmi1,14 Mb.
#288543
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   68
Bog'liq
Deviant xulq atvor psixogiyasi

Shizoidli  mizoj  –  jizzakilik  va  omilik  qutblari  orasida  turadi. 
Uning mumkin bo‘lgan xarakteristikasi: odamovi, bosiq, jiddiy, g‘alati, 
tortinchoq,  hadiksirovchi,  hissiyotga  beriluvchan,  hayajonli,  itoatkor, 
vijdonli, beparvo, omi, kalta fahm. 
Sikloidli mizoj  – quvnoqlik  va  g‘amginlik qutblari  orasida  turadi. 
Uning  mumkin  bo‘lgan  xarakteristikasi:  kirishimli,  ko‘ngilchan, 
muloyim,  samimiy,  aqli  o‘tkir,  chaqqon,  qaynoq,  yuvosh,  bosiq, 
yumshoq. 
Masalan,  quvnoq  mizojli  shaxs  –  sangvinik,  faqat  quvnoq  bo‘ladi 
va o‘z tabiatida diametral qarama-qarshi holatlarni, xususan tushkunlik 
va  qayg‘ulik  holatlarini  saqlamaydi.  Boshqacha  aytganda,  mazkur 
tipologiyada inson shaxsiyatining jadalligida yashirinib yotgan qarama-
qarshiliklar ko‘rib chiqilmaydi. Shu bilan birga, bu qarama-qarshiliklar  
ba’zan  shunday  kuchga  erishadiki,  ular  atrofdagilar  uchun  umuman 
kutilmagan  va  tushunarsiz  shaklda,  masalan,  doimo  o‘ta  quvnoq  deb 
hisoblangan  kishining  o‘zini  o‘zi  birdaniga  o‘ldirishi  yoki  oilaning 
durustgina  otasi  kutilmaganda  qotillik  sodir  qilishi  ko‘rinishida 
namoyon  bo‘ladi  va  Krechmer  jinoiy  axloqning  xususiyatlari 


 
33 
to‘g‘risida aynan konstitutsiyaviy tafovutlar oqibati bo‘lgan psixologik 
xususiyatlardan kelib chiqadi deb xulosa qiladi. Demak, uning fikricha, 
sirkular  doiradagi  shaxs  turlari  -  sikloidlarda  -  asotsial  xislatlar  ancha 
kam  uchraydi.  Garchi  bunday  tuzilishdagi  odamlarga,  deb  hisoblaydi 
Krechmer,  qo‘pollik  va  shafqatsizlik,  jasurona  va  o‘ylamay  qilingan 
ishlar,  alohida  hollarda  esa  ichkilikbozlikka  moyillik,  isrofgarchilik, 
shahvoniy  buzuqlik  xos  bo‘lsa-da,  bari  bir  ularning  jinoyatlari  asosan 
agressiv  holatdagi  yoki  ehtiyotsiz  harakatlar  sababli  odam  o‘ldirish 
bilan chegaralanadi. 
Aksincha, haddan ziyod ta’sirchanligi va sovuqqonligi bilan ajralib 
turuvchi  shizoid  odamlar,  bag‘ritoshlikka  moyildirlar.  Tashqi  dunyo 
bilan  aloqaning  yo‘qligi  «shisha  to‘siq»  yaratishga  olib  keladi. 
Shunday  ekan,  ularda  ba’zan:  «Men»  va  tashqi  dunyo,  degan  keskin 
antiteza (qiyoslash) rivojlanadi, doimiy ravishda: «Men qanday harakat 
qilyapman? Kim menga adolatsizlik qilyapti? Men kimga yon bosdim? 
Men  endi  qanday  kun  kechiraman?»  deb  o‘zini  o‘zi  tahlil  qilish  va 
taqqoslash  sodir  bo‘ladi.  Agar  anestetik  qutblilarda  hissiy  omilik, 
sovuqqonlik  va  befarqlik  uchrasa,  giperestetik  qutbli  odamlarda 
jizzakilik,  hissiyotga  beriluvchanlik,  qiziqqonlik  kabi  xislatlar  ajralib 
turadi.  Bu  xislatlarning  yanada  rivojlanishi  qo‘pollik,  qaysarlik, 
badqovoq  shafqatsizlikka  olib  kelishi  mumkin.  Bunday  tahlil 
Krechmerga  shizoidlar  negizida  darg‘azab  omilar  yoki  darg‘azab 
shafqatsizlar  turini  ajratish  mumkin,  deb  xulosaga  kelish  imkonini 
berdi.  Biron-bir  kompleksga  yengilgina  tegib  ketganda  omilikning 
qobig‘ini  yorib  o‘tib,  birdaniga  qattiq  g‘azab  qo‘zg‘alishiga  olib 
keluvchi  ichki  jizzakilik  uchquni  ularni  ajratib  turuvchi  xususiyati 
hisoblanadi.  Shizofrenik  g‘azabning  bu  shakli  o‘zining  yashirin 
affektiv  turg‘unligi  va  bema’ni  ravishda  yumshashining  psixologik 
mexanizmiga  ko‘ra  miyaning  shikastlanishi  va  tutqanoqning  ma’lum 
alomatlari  bilan  ba’zi  o‘xshashliklarga  ega.  Darg‘azab-omi  shizoidlar 
uyda  o‘ta  shafqatsiz,  xavfli  va  zolim  bo‘lishlari  mumkin.  Ular 
atrofdagilarga  berahm,  hissiz  munosabatda  bo‘ladilar  va  o‘zlarini 
pedantik  mayllariga  ko‘ra  boshqaradilar.  Krechmerning  fikricha, 
sadistlarcha tarkibiy qismlar bilan uyg‘unlashgan nobop shaxs tuzilishi 
xususiyatlarida aynan shizoidli hissiy sovuqlik tajovuzkor-zo‘ravonona 
jinoiy  harakatlarning  o‘ta  shafqatsizlik  bilan  namoyon  bo‘lishiga  olib 
keladi. 


 
34 
Krechmer  konsepsiyasi,  soddaligiga  qaramay,  o‘zining  maqsad-
liligi  va  dialektikligi  bilan  hayron  qoldiradi.  Irsiy-konstitutsiyaviy 
belgilarga  asoslangan  holda  va  psixologik  xususiyatlarining  namoyon 
bo‘lish  doirasiga  shizofreniya  va  maniakal-depressiv  psixoz  kabi 
ma’lum  ruhiy  kasalliklarni  kiritgan  holda,  u  shaxsning  tipologiyasini 
tuzishga  asos  bo‘lib  xizmat  qilgan  ruhiyat  individualligining 
mexanizmini  ushlab  qola  oldi.  Bunday  yondashuv  tufayli  ruhiy-
diagnostika  jinoyatchi  shaxsning  juda  kam  vaqtini  oladi  va  ko‘p 
jihatdan  faqat  uning  axloqini  tashqaridan  baholashga  bog‘liq  bo‘ladi. 
Shu vaqtning o‘zida, shaxsning konstitutsiyaviy xislatlarini mutlaqlash-
tirish va shaxs rivojlanishining ijtimoiy shart-sharoitlarini mensimaslik, 
uning  ruhiy  hayotining  xususiyatlarini  tushuntirishda  psixologik 
determinantning  yo‘qligi,  shuningdek  o‘z  klassifikatsiyasida  faqat 
ikkitagina turni - shizoid va sikloidni ajratish Krechmer nazariyasining 
cheklanganligi hisoblanadi, bu esa uning konsepsiyasini jiddiy ravishda 
qashshoqlashtiradi. 
Delinkvent  axloqni  ta’riflashda  Krechmer  yondashuvlarining 
bevosita  vorisi  Sheldon  bo‘ldi.  U  bir  nechta  ishlarida  shaxsning 
jismoniy  konstitutsiyasi,  xossalari  va  jinoiy  axloqi  o‘rtasida  aloqa 
o‘rnatdi.  O‘zining  empirik  tadqiqotlari  asosida  Sheldon  jismoniy 
konstitutsiyaning 
Krechmerning 
turlari 
bilan 
taqqoslanadigan 
endomorfli, mezomorfli va ektomorfli uch turini ajratadi. 

Download 1,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   68




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish