―T a s d i q la y m a n ‖



Download 10,78 Mb.
Pdf ko'rish
bet35/36
Sana01.01.2022
Hajmi10,78 Mb.
#288427
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   36
Bog'liq
GEOGRAFIYA TO'GARAK 68 SOATLI TO'LIQ

 

 

 Uyga vazifa.:Mavzuni o`qish , xarita bilan ishlash. 

 



1-  mashg‘ulot                                                              Sana ____________ 

Mavzu: Tog'lar qanday paydo bo'lgan? 

 I. Mashg‘ulot  maqsadi: I.  

 A.  Ta‘limiy: o‘quvchilarga  mitti  sayyoralar, dumli  yulduz lar  hamda uchar       yulduzlar  haqida  

dastlabki  ma‘lumot larni  hosil qilish. 

B Tarbiyaviy: o‘quvchilarni tabiatga muhabbat ruhida  tarbiyalash. 

 S.  Rivojlantiruvchi: o‘quvchilarni  fikrlash qobiliyatini o‘stirish, mavzuga  doir  ma‘lumotlarni    

II,O‘tgan  mashg‘ulot  yuzasidan muloqot  uyushtirish. 

 

Tog‘larni  paydo  bo‘lishiga  qarab,  to‘rt  turga  bo‘lishadi.  Shu  bilan  birgalikda,  tog‘lar  bundan  bir  necha 



million yillar avval Yer yuzasida ro‘y bergan keskin o‘zgarishlar natijasida hosil bo‘lgan. 

«Burma» tog‘lar kuchli bosim ta'sirida qisilib, ulkan burmalar hosil qilgan tog‘ jinsi qatlamlaridan iborat. 

Ko‘p joylarda ravoq yoki botiq linzalarga o‘xshab, egilib ketgan tog‘ jinsi qatlamlarini ko‘rish mumkin. Bu 

Yer yuzasi bosimi va siquvining natijasidir. Bunga Appalachi va Alp tog‘lari misol bo‘la oladi. 

Gumbazsimon tog‘larda tog‘ jinslari yuqoriga gumbazlar shaklida ko‘tarilgan bo‘ladi. Katta bosim ostida 

Yer  yuzasiga  otilib  chiqqan  suyuq  lava  bunday  tog‘  jinsi  qatlamlarini  hosil  qilgan.  Bunga  AQShning 

Janubiy Dakota shtatidagi tog‘lar misol bo‘la oladi. 

O‘rkach-o‘rkach  tog‘lar  Yer  qobig‘ining  sinib  o‘pirilishi  natijasida  hosil  bo‘lgan.  Yer  qobig‘ining  keng 

ko‘lamli  maydonlari,  butun  boshli  tog‘  tizmalari  qisqa  vaqt  mobaynida  ko‘tarilib  tushib  turgan.  Bunga 

bo‘yi 740 km, eni 150 km bo‘lgan Syerra Nevada tog‘ tizmasini misol qilib keltirish mumkin. U AQShning 

Kaliforniya shtatida joylashgan. 

Vulqon  tog‘lari  Yer  yuzasiga  otilib  chiqqan  lava,  vulqon  kuli  va  toshqollardan  tarkib  topadi.  Odatda, 

vulqonlar  tepasida  krateri  bor  konus  shaklida  bo‘ladi.  AQShdagi  Reyner,  Shasta  va  Xud,  Yaponiyadagi 

Fudziyama, Italiyadagi Vezuviy vulqonlari mashhur. 

Ko‘pgina tog‘ tizmalari qayd etilgan usullarning birikishi natijasida hosil bo‘lgan. AQShning 

Rokiz tog‘larida qisilish, sinish va hatto lava eroziyasi natijasida hosil bo‘lgan tog‘ tarmoqlarini 

kuzatish mumkin.      

  

 



   

 Uyga vazifa: Mavzuga doir ma‘lumotlar  to‘plash. Test va krassvordlar tuzib kelish. 

 



Sana:____ 2-Mashg‘ulot. 

                 Mavzu:    Dumli  va  uchar   yulduzlar. 

Mashg‘ulot    maqsadi:    Ta‘limiy:  o‘quvchilarga    mitti    sayyoralar,  dumli    yulduz                                              

lar  hamda uchar  yulduzlar  haqida dastlabki  ma‘lumotlarni  hosil qilish.  

 B. Tarbiyaviy:   o‘quvchilarni tabiatga muhabbat ruhida  tarbiyalash. 

 S.  Rivojlantiruvchi: o‘quvchilarni  fikrlash qobiliyatini o‘stirish, mavzuga  doir  ma‘lumotlarni  slaydlar.  

II,O‘tgan  mashg‘ulot  yuzasidan muloqot  uyushtirish. 

III.Yangi mavzuni  ma‘ruzasi.      Quyosh  sistemasida 9  ta  yirik  sayyoradan  tashqari mitti  sayyoralar  

ham  mavjud. Quyosh  atrofida aylanib  yuruvchi  bu  mitti  sayyoralar asteroidlar deb  ataladi.Eng  katta 

asteroidning  diametri 400-700  kilometr keladi. Bunday kattalikdagi asteroidlar ko‘p  emas.   Asteroidlar, 

asosan,  Mars bilan Yupiter orbitalari orasida harakatlanadi. Italyan astranomi J.Piassi Mars bilan yupiter 

orasida  sayr    qilib    yuruvchi    sayyorani  payqab  qoladi.  Bu  yangi  mitti    sayyoraga  Serera    deb    nom 

berishadi.Bir    yildan  keyin  bu    oraliqda  yana  bir    mitti    sayyora    topiladi,  uni    Pallada  deb    atashadi.      

Asteroidlar  orasida  eng    ko‘p    shov-shuvga    sabab    bo‘lgani    Ikardir.  1968    yil  Ikar    asteroidi  Yer   

yaqinidan o‘tganida Yer bilan to‘qnashishi  mumkin , deganmish-mishlar   tarqalgan edi.  Ikar , darhaqiqat, 

yerga yaqinlashib, 7 million kilometr  naridan o‘tib  ketdi.                 Dumli yulduzlar –kometalar. ―Dumli  

yulduz ‖ lar- kometalar  haqida odamlarga uzoq  vaqtlargacha   hech  narsa ma‘lum bo‘lmagan. Osmonda 

to‘satdan  g‘alati    ko‘rinishdagi  yulduzlar    paydo    bo‘lishi  xurofotchi    odamlarni    vahimaga  solgan.   

Bundan  to‘rt    asr    muqaddam  mashhur    astranom  Tixo    Brage  va  boshqa  bir  qancha  tadqiqotchilar 

kometalar   Yer atmosferasidan , hatto  Oydan ham juda uzoqda ekanli-gini va  sayyoralar singari   Yerdan 

katta masofa narida harakatlanishini aniqlashgan.Oydan ham juda uzoqda ekanligini va sayyoralar singari 

Yerdan katta masofa narida hararakatlanishini aniqlashgan . Kometalar barcha sayyoralar kabi sovuq jism 

bolib, o‘zidan nur  sochmaydi. Quyosh  nurlari  kometada aks etib   qaytishi  natijasida biz  ularni  ko‘ra 

olamiz.    Kometalar    dumini  uzunligi    va    shakli    har    xil  bo‘ladi.  Ba‘zi  kometalarning  dumi  osmon  

gumbazida bo‘r bilan chizilgan chiziqlarga o‘xshab ko‘rinadi, ba‘zilarining dumi juda qisqa bo‘lib, ko‘zga 

arang  chalinadi.1950  yilga  qadar  topilgan  jami  kometalar  soni  mingga  yaqin  bo‘lgan  .1967    yilda  14    ta  

yangi  kometa  topildi.Eng    keyin  kashf  etilgan  kometalardan    biri-  Kogouten  kometasidir.  Kometalar 

massasi    nisbatan      kichik  ,  ya‘ni    yer  massasidan  bir    necha  yuz  milliard      baravar      kichik.                    

Kometaning ichki tuzilishi Yerning kometa bilan to‘qnashuvi  tez-tez ro‘y berib  turadi. Masalan , 1910yil 

Galley    kometasining  dumi  Yerga  tegib  o‘tdi,  lekin  bu    to‘qnashuv  vaqtida  hech  qanday    falokat    ro‘y  

bermadi, hatto  havoda biron bir  begona gaz ham paydo bo‘lmadi.       Uchar  yulduzlar-meteorlar .    Tun .  

Osmonda    yulduzlar    charaqlab    turibdi.To‘satdan  biror  yulduz    osmonda  yorug‘    iz  qoldirib    ko‘zdan  

g‘oyib  bo‘ladi, bamisoli uchib  ketadi. ‖Uchar yulduzlar‖  deb  ataluvchi bu  hodisa Quyosh sistemasida 

harakat   qilib turadigan mayda-   mayda qattiq jismlarning  atmosferadan shiddat bilan o‘tishi  natijasida 

vujudga keladi.

 ‖Uchar yulduzlar‖  , ya‘ni  metiorlar Quyosh  sistemasidagi asteroid va 

kometalarning      parchalanishidan  hosil  bo‘ladi.  Meteorlar  kosmik  fazodan  Yer  atmosferasiga  ,  havo  

qatlamiga  kirar  ekan , havoga  ishqalanish natijasida  2000-3000 

C  gacha  qiziydi  va        yonib yo‘q 



bo‘lib  ketadi.Lekin   yirik meteorlar  atmosferada   yonib  ulgurmasdan                Yerga   tushadi.  Yerga 

tushgan  meteor meteorit  deb  ataladi. 

Uyga vazifa : Mavzu boyicha ma'lumot toplash. 

 

 



 

 

 



 


Sana:                                                        3-Mashg‘ulot. 

                 Mavzu:   DUNYODAGI ENG BALAND TOG‘LAR QAYSI? 

 Mashg‘ulot  maqsadi: I.  A.  Ta‘limiy: o‘quvchilarga  mitti  sayyoralar, dumli  yulduz lar  hamda uchar  

yulduzlar  haqida dastlabki  ma‘lumot larni  hosil qilish. 

B. Tarbiyaviy: o‘quvchilarni tabiatga muhabbat ruhida  tarbiyalash. 

 S.  Rivojlantiruvchi: o‘quvchilarni  fikrlash qobiliyatini o‘stirish, mavzuga  doir  ma‘lumotlarni    

 II,O‘tgan  mashg‘ulot  yuzasidan muloqot  uyushtirish. 

IIIYangi mavzuni  ma‘ruzasi 

DUNYODAGI ENG BALAND TOG‘LAR QAYSI?Avvalo, tog‘larning o‘zi nima? Tog‘lar — quruqlikning 

tekisliklar ustidan baland ko‘tarilgan qismidir. Tog‘larning o‘lchami ham, yuzasi ham o‘zaro farq qiladi. Ayrim 

ulkan tog‘larning balandligi bir necha kilometrga yetadi. Boshqalari esa past va tekisdir. Ularning balandligi o‘zini 

qurshab turgan tekisliklardan hisoblaganda, 300 metrga yetishi mumkin.Ayrim tog‘lar alohida qad rostlab turuvchi 

cho‘qqilardan iborat. Ammo ular ko‘pincha zanjirday bir-biriga ulanib ketadi. Ayrim tog‘ tizmalarining yuzlab, 

hatto, minglab cho‘qqilari bor.Tog‘lar faqat quruqlikda emas, dengizlarda ham paydo bo‘lishi mumkin. Aslida, 

Yerdagi eng katta tog‘lar okeanlar tubida joylashgan. Agar tog‘larning balandligini o‘lchashda ularning suv usti va 

suv ostidagi qismlari ham hisobga olinsa, eng baland tog‘ Gavay orollaridagi Mauna Kea bo‘lib chiqadi. Uning 

dengiz sathidan balandligi 4 205 metr, suv ostiga esa yana 4 877 metri yashiringan. Umumiy balandlik esa 9 100 

metrdan oshadi va u dunyodagi eng baland tog‘dir.Yer ustidagi eng baland tog‘ Everestdir. U Xitoy va Nepal 

o‘rtasida joylashgan. Uning balandligi — 8 848  metr. Ikkinchi o‘rinda K2 yoki Kashmirdagi Kodvin Austen 

cho‘qqisi turadi. Uning balandligi — 8 611 metr. Shimoliy Amerikadagi eng baland tog‘ Makkinlidir (6 194 metr). 

Yevropadagi eng baland tog‘ Elbrusdir (5 633 metr). Afrikadagi eng baland tog‘ — Kilimanjaro (5 963 metr). 

Janubiy Amerikadagi eng baland tog‘ Akonkagua (6 969 metr) Argentina va Chili chegarasida joylashgan. 

Avstraliyadagi eng baland tog‘ esa — Kosiusko (2 226 metr). 

ENG UZUN TOG‘ TIZMASI QAYSI? 

 Shimoliy  Amerikaning  g‘arbiy  sohillari  Bo‘ylab  cho‘zilib  ketgan  Qoyali  tog‘lar  eng  uzun  tog‘  tizmasi 

hisoblanadi.  Uning  Janubiy  Amerikadagi  davomi  And  deb  ataladi.  And  tog‘lari  Janubiy  Amerikaning 

garbiy  yonbag‘irlari  buylab  7  000  km.ga,  ya'ni  qit'aning  boshidan-oxirigacha  cho‘zilib  ketgan.  Ispanlar 

uning shimoliy qismini bejiz Kordilyeri (aynan tarjimasi — «arqon») deb atashmagan. 

Ushbu  tog‘  tizimida  bir  nechta  6  000  metrdan  oshiq  cho‘qqilar  bor.  Chili  bilan  Argentina  o‘rtasidagi 

chegarada  joylashgan  Akonkagua  tog‘ining  balandligi  6  969  metrga  yetadi.  Akonkagua  qit'aning  eng 

baland  nuqtasi  hisoblanadi.Andning  ko‘pgina  cho‘qqilari  faol  vulqonlardir.  And  tog‘lari  o‘zining  mis, 

oltin, kumush siyagari boy tabiiy qazilmalari bilan ham mashhur. 

Qadim  zamonlarda  hindular  tog‘dan  qimmat  baho  metallarni  qazib  olishgan.  Dunyoning  ko‘pgina 

muzeylarida ulardan tayyorlangan bezaklar, taqinchoqlar saqlanadi. 

 

 

 



Uyga vazifa: Tog`lar haqida qiziqarli ma`lumot to`plash 

 

 



 


 4- -Mashg‘ulot                       

 Sana ____________ 

Mavzu: Suv va muzliklar haqida ajoyib ma'lumotlar  

 Mashg‘ulot   maqsadi:  

Ta‘limiy maqsad: O`quvchilarni geografiya faniga bo`lgan qiziqishini oshirish. 

Tarbiyaviy maqsad:  Vatanimizga mehr-muhabbat hislarini shakllantirish. 

Rivojlantiruvchi  maqsad:O`quvchilarni  mustaqil  fikrlashga  o`rgatish,  nutq  madaniyatini  o`stirish,  o`z-

o`zini boshqarishga yo`naltirish, hozirjavoblik, topqirlik xususiyatlarini rivojlantirish. 

II,O‘tgan  mashg‘ulot  yuzasidan muloqot  uyushtirish. 

III. Yangi mavzu bayoni: 

Atrof-muhitning temperaturasi pasayib, suv muzlashi natijasida muz hosil bo‘ladi. Muzlagan suvning 

hajmi ancha kengayadi. O‘n litr suvdan, taxminan, o‘n bir litr muz hosil bo‘ladi. Har bir jismning suvda 

suzishi va cho‘kishi miloddan avvalgi III asrda yashab o‘tgan qadimgi yunon olimi Arximed kashf etgan 

prinsip bilan aniqlanadi. 

NEGA MUZ ERIYDI? 

Atrof-muhitning  temperaturasi  pasayib,  suv  muzlashi  natijasida  muz  hosil  bo‘ladi.  Muzlagan  suvning 

hajmi ancha kengayadi. O‘n litr suvdan, taxminan, o‘n bir litr muz hosil bo‘ladi. 

Har bir jismning suvda suzishi va cho‘kishi miloddan avvalgi III asrda yashab o‘tgan qadimgi yunon olimi 

Arximed  kashf  etgan  prinsip  bilan  aniqlanadi.  U  keyinchalik  Arximed  qonuni  deb  nom  olgan  qonunni 

kashf etdi. Unga ko‘ra, suvga tushgan har qanday jismni ostidan o‘zi siqib chiqargan suv miqdoridagi kuch 

itaradi.  Yog‘och  suvdan  o‘rtacha  ikki  marta  yengil,  shuning  uchun  g‘o‘la  o‘z  hajmining  yarmiga  teng 

bo‘lgan suv miqdori bilan suzib yuradi. Po‘kak olinadigan emanning po‘stlog‘i suvdan besh barobar, muz 

esa, taxminan, 1/10 marta yengildir. Shuning uchun ham aysbergning 9/10 qismi suv ostida bo‘ladi. Uning 

haqiqiy o‘lchamlari suv yuzasidagidan o‘n barobar kattadir. 

Havo  temperaturasi  suvning  muzlash  nuqtasidan,  ya'ni  Selsiy  shkalasi  bo‘yicha  0  darajadan  bir  oz  past 

bo‘lganda,  muzni  isitmay  turib  ham,  bosimni  oshirish  hisobiga  eritish  mumkin.  Qo‘shimcha  bosim 

yo‘qolganda,  suv  yana  muzlay  boshlaydi.  Masalan,  qo‘lingizga  bir  hovuch  qor  olib,  uni  yumaloqlash 

maqsadida  qisa  boshlasangiz,  u  asta-sekin  erib,  suvga  aylana  boshlaydi,  ammo  kaftingizni  yozishingiz 

bilan u yana muzlab qoladi. 

Suvning  muzga  aylanib  kengayishi  ma'lum  miqdorda  kuch  ajralishiga  olib  keladi.  Qoyadagi  biror 

yoriqqa kirib qolgan suv muzga aylanib kengayadi, yillar o‘tishi bilan bu hol bir necha bor takrorlangach, u 

katta  bir  granit  palaxsasini  ikkiga  yorib  yuborishi  ham  mumkin.  Bu  tog‘  jinslarini  nuratib,  parchalashda 

katta  ahamiyatga  ega.  Odamzod  qadim  zamonlardayoq  bu  kuchdan  o‘z  maqsadlari  yo‘lida  foydalanishni 

o‘rganib olgan. Finlyandiyaning ulkan tosh konlarida toshtaroshlar qoyalarning katta bo‘laklarini ortiqcha 

kuch ishlatmasdan sindirib olishadi. Ular buning uchun toshlardagi yoriqlarga suv quyib, uning muzlashini 

kutishadi. Suv muzlash natijasida kengayib, toshni yorib yuboradi. 

  

 

Uyga vazifa: Mavzuni o‘qib kelish.  




 

 

  



5- -Mashg‘ulot                       

 Sana ____________ 

Mavzu: 

 SAVANNALAR

 

 Mashg‘ulot  maqsadi:  



Ta‘limiy maqsad: O`quvchilarni geografiya faniga bo`lgan qiziqishini oshirish. 

Tarbiyaviy maqsad:  Vatanimizga mehr-muhabbat hislarini shakllantirish. 

Rivojlantiruvchi  maqsad:O`quvchilarni  mustaqil  fikrlashga  o`rgatish,  nutq  madaniyatini  o`stirish,  o`z-

o`zini boshqarishga yo`naltirish, hozirjavoblik, topqirlik xususiyatlarini rivojlantirish. 

II,O‘tgan  mashg‘ulot  yuzasidan muloqot  uyushtirish. 

III. Yangi mavzu bayoni: 

Savannalar issiq o ‗lkalardagi o ‗rm on-dasht  zonasidir. Afrika savannalari yilning qurg‗oqchil mavsumida 

choMdan farq qilmay qoladi. Havo harorati 50°C ga yetib o‗t-o ‗lan, o‗simliklar qovjiraydi, daraxtlarning 

bargi  to‗kiladi,  ular  xuddi  qurigan  daraxtga  o‗xshab  ko‗rinadi.  Jazirama  issiq  odamlar  va  hayvonlarning 

madorini  quritadi,  arzimagan  ish,  kichik  bir  harakat  ham  malol  kelib,  kishini  holdan  toydiradi. 

Yog‗ingarchilik mavsumi boshlanib, dastlabki jala quyishi bilan savannaning manzarasi o‗zgaradi: qaqrab 

yotgan  yerlar  suvga  to'yinadi,  daraxtlar  kurtaklaydi,  navbatdagi  jaladan  keyin  daraxtlar  barg  yozadi, 

nihollar o‗sib chiqadi, gullar ochiladi va hammayoq yashil gilam bilan qoplanadi. Shunisi qiziqki, bizning 

o‗lkalardagi o‗simliklarda bir, bir yarim oy mobaynida ro‗y beradigan rivojlanish-o‗zgarish savannada to 

‗rt-besh kunda sodir bo‗ladi. Janubiy  yarim shardagi savannalarda past bo‗yli boshoqli o‗tlar ham, odam 

bo‗yidan baland o‗tlar ham o ‗sadi. Savannalarning asosiy o‗simligi — o‗t-o ‗landir. Daraxtlar (mimoza va 

palmalar)  ko‗pincha  to  ‗p-to‗p  bo‗lib  o  ‗sib  turadi,  shuningdek,  daryo  va  ko‗llarning  yoqalarida  ham 

uchraydi. Yer sharidagi eng katta daraxtlardan biri — baobab Afrika savannalarida o ‗sadi. Savannalarning 

hayvonot  dunyosi  ham  ajoyib.  Termitlarning  baland  inlari  o'tloqlarda  ehromdek  qad  ko‗tarib  turadi. 

Hamma joyda juda ko‗p miqdorda har xil zaharli ilonlar sizlik qilib yaqinlashsa bormi, uni ajaldan hech 

narsa qutqarib qololmaydi... Sher bir sakrasa bas, bechora zebra uning panjalari tagida... Ochofat, qonxo‗r 

sher  oljasini  boshqalar  bilan  baham  ko‗rishni  yoqtirmasa-da,  yirtqich  burgut  sherdan  hayiqmay  go‗shtga 

chang soladi, yuragi dov bermayotgan chiyabo‗rilar sherning «ovqatlanib» bo‗lishini bir chekkada poylab 

yotadilar...  Ularga  sherdan  qolgani  ham  boiaveradi.  G  o‗zal  ohular  dushmanidan  qo‗rqmaydi,  ular  juda 

hushyor bo‗lib, xavf-xatarni uzoqdan sezib olishadi va yashin tezligida yugurib xavf-xatardan qutulishadi.   

 

Uyga vazifa : Mavzu boyicha malumot to'plab kelish.  



 

       



 6 -Mashg‘ulot                                 Sana ____________ 

Mavzu: Qor qanday paydo bo'ladi?  

 Mashg‘ulot  maqsadi:  

Ta‘limiy maqsad: O`quvchilarni geografiya faniga bo`lgan qiziqishini oshirish. 

Tarbiyaviy maqsad:  Vatanimizga mehr-muhabbat hislarini shakllantirish. 

Rivojlantiruvchi  maqsad:O`quvchilarni  mustaqil  fikrlashga  o`rgatish,  nutq  madaniyatini  o`stirish,  o`z-

o`zini boshqarishga yo`naltirish, hozirjavoblik, topqirlik xususiyatlarini rivojlantirish. 

II,O‘tgan  mashg‘ulot  yuzasidan muloqot  uyushtirish. 

III. Yangi mavzu bayoni: 

Qor  muzlagan  suvdan  boshqa  narsa  emas.  Unda  nega  u  muzga  o‘xshamaydi?  Hamma  gap  shundaki,  qor  donalari 

muzning  kichik  kristallchalaridan  tarkib  topgan  va  yorug‘lik  uning  behisob  qirralaridan  qaytgani  uchun  ham  qor 

donalari  shaffof  emas,  oq  bo‘lib  ko‘rinadi.Qor  muzlagan  suvdan  boshqa  narsa  emas.  Unda  nega  u  muzga 

o‘xshamaydi?Hamma gap shundaki, qor donalari muzning kichik kristallchalaridan tarkib topgan va yorug‘lik uning 

behisob  qirralaridan  qaytgani  uchun  ham  qor  donalari  shaffof  emas,  oq  bo‘lib  ko‘rinadi.Qor  atmosferadagi  suv 

bug‘larining muzlashidan  hosil bo‘ladi. Dastlab mayda toza va  shaffof kristallchalar paydo bo‘ladi. Havo oqimlari 

girdobiga tushib qolgan bunday kristallchalar havoda turli tomonga ko‘chib yuradi.Bunday kristallchalar asta-sekin 

bir-biriga  «yopishadi»,  shu  tariqa  yuzlab  kristallchalar  o‘zaro  birikadi.  Bir-biriga  yopishgan  muzchalar  hajmi 

kattalashib,  ma'lum  bir  nuqtaga  yetgach,  yerga  tusha  boshlaydi.  Muzchalarning  bunday  birikuvi  qor  donalari  deb 

ataladi.Ayrim  muz  kristallchalari  ignasimon  shaklga  ega,  boshqalari  yassi  ko‘rinishda,  ammo  har  qanday  holatda 

ham  ularning  har  biri  6  qirralidir.  Qizig‘i  shundaki,  qor  donalari  tuzilishi  hamisha  bir  xil  bo‘ladi.  Shu  bilan 

birgalikda,  ikkita  aynan  bir  xil  qor  donasini  topish  qiyin.Qor  hamisha  ham  oq  rangda  bo‘lavermasligini  hech 

eshitganmisiz?  Dunyoning  ko‘pgina  mintaqalarida  qizil,  yashil,  zangori  va  hatto  qora  qor  yoqqan  vaqtlar  ham 

bo‘lgan.  Qorning  bunday  turfa  rangda  bo‘lishi  sababi  shundaki,  qor  donalari  yerga  tushayotganda,  havoda  mavjud 

mayda bakteriyalar,  zamburuglar va changni yutadi.Qor o‘z donalari orasida ko‘plab havo bo‘shlig‘i bo‘lgani uchun 

ham issiqlikni yomon o‘tkazadi. Qor ko‘rpasining o‘simliklar tomirini sovuq urishidan asrashi sababi ham shunda. 

Qorning bu xususiyatidan eskimoslar ham ustalik bilan foydalanishadi. Ular qordan o‘zlariga boshpana — iglu qurib 

olishadi. 

NEGA QOR UCHQUNLARI AYNAN OLTI QIRRALI? 

Qor  uchquni  tabiatning  eng  go‘zal  ijod  namunalaridan  biridir.  Bunday  nafis  shaklni  yasash  o‘ta 

mashaqqatli ish. Qor yoqqanda millionlab bunday uchqunlar yerga tushadi, ammo ular orasidan ikkita bir 

xil uchqunni topib bo‘lmaydi. 

Siz qor muzlagan suv ekanini yaxshi bilasiz. Agar u muzlagan suv bo‘lsa, nega oppoq? Axir, muzlagan suv 

rangsiz  bo‘ladi-ku!  Qorning  oqligi  sababi  shuki,  muz  kristallchalaridan  iborat  yassi  uchqun  yorug‘likni 

qaytaradi va ko‘zimizga oppoq bo‘lib ko‘rinadi. 

Suv muzlayotganda kristallar hosil bo‘ladi. Negaki, bunda suv molekulalari o‘ziga xos tartib bilan tiziladi 

va biz «kristall» deb ataydigan geometrik shakl hosil qiladi. 

Suv molekulasi uch zarradan: ikki vodorod atomi va bir kislorod atomidan tarkib topadi. 

Shuning uchun ham u kristallashayotgayada, uch yoki olti burchakli shakl hosil qiladi. 

 

 

 



 Uyga vazifa: Mavzuni o`qib kelish. Test krassvordlar tuzib kelish. 


7- -Mashg‘ulot   ___ Sana ____________ 

Mavzu: Shamollar qanday paydo bo'ladi ? 

 Mashg‘ulot    maqsadi:  

Ta‘limiy maqsad: O`quvchilarni geografiya faniga bo`lgan qiziqishini oshirish. 

Tarbiyaviy maqsad:  Vatanimizga mehr-muhabbat hislarini shakllantirish. 

Rivojlantiruvchi  maqsad:O`quvchilarni  mustaqil  fikrlashga  o`rgatish,  nutq  madaniyatini  o`stirish,  o`z-

o`zini boshqarishga yo`naltirish, hozirjavoblik, topqirlik xususiyatlarini rivojlantirish. 

III.  Yangi  mavzu  bayoni:Shamolning  «sabo»,  «epkin»,  «yel»,  «shabada»,  «samum»,  «to‘fon»,  «izg‘irin» 

singari  o‘nlab  nomlari  bor.  Lekin  bu  uning  hamma  turlari  nomi  mavjud  degani  emas.  Biz:  «Shabada 

esyapti»,yoki «Shamol turyapti» deyishimiz mumkin. Lekin ko‘pgina shamollarning o‘ziga xos nomi bor. 

Shamolning «sabo», «epkin», «yel», «shabada», «samum», «to‘fon», «izg‘irin» singari o‘nlab nomlari bor. 

Lekin bu uning hamma turlari nomi mavjud degani emas. Biz: «Shabada esyapti»,yoki «Shamol turyapti» 

deyishimiz mumkin. Lekin ko‘pgina shamollarning o‘ziga xos nomi bor. 

Ular bunday o‘ziga xos nomlarni turli sabablarga ko‘ra olishgan. Masalan, siz «shtilga tushib qolish» nima 

ekanini  yaxshi  bilasiz.  Bu  —  bir  joyda  harakatsiz  turib  qolish,  degani.  Shamol  turlaridan  biri  «shtil 

shamoli» deb ataladi. U ko‘tarilayotgan havo va past bosimning keng mintaqasi mavjud ekvatorda paydo 

bo‘ladi. 

Pastdan  va  yuqoridan  ekvatorga  qarab  esadigan  shamollar  passatlar  deb  ataladi.  Ular  kuchli  esishi  bilan 

birga  doimiy  yo‘nalishga  ham  egadir  va  shu  sababdan  dengizchilarning  yelkanli  kemalarini  harakatga 

keltirishida  juda  foydali  bo‘lgan.  Qutblarga  qarab  esadigan  shamollar  vestlar  deb ataladi.  AQSh,  asosan, 

ana  shunday  shamollar  zonasida  joylashgan.Yana  bir  qancha  o‘ziga  xos  shamollar  mavjud.  Masalan, 

mussonlar  fasllar  almashinuviga  qarab  o‘z  yo‘nalishini  o‘zgartirib  turadigan  shamollardir.  «Musson» 

arabcha «mavsum» so‘zidan kelib chiqqan. Mussonlar Hindistonda qish paytida issiq va quruq havo, yozda 

esa  shimol  yo‘nalishida  esib,  kuchli  yomgirlarni  olib  keladi.Fransiya  janubida  istiqomat  qiluvchi  aholi 

shimoldan esadigan sovuq va quruq izg‘irinni qo‘rquv bilan kutishadi. U dengiz tarafdan bir necha kunlab 

ham esishi mumkin va odamlarga noqulaylik tug‘diradi. 

SHAMOLNING TEZLIGI QANDAY O‘LCHANADI? 

Shamol  esayotganda  sizga  uning  tezligi  juda  yuqoriday  tuyulishi  mumkin.  Keyinchalik  ob-havo 

ma'lumotini  eshitganingizda,  «shamol  tezligi  sekuvdiga  10—15  metrni  tashkil  etgani»ni  bilib  olasiz. 

Shamol  tezligi  bizni  chalg‘itishi  hech  gap  emas.  Ammo  ayrim  kishilar  uchun  shamol  tezligini  aniq  bilib 

olish  muhim  ahamiyatga  ega,  shuning  uchun  ham  bu  tezlikni  o‘lchaydigan  ilmiy  usullar  bor.Ilk  shamol 

tezligini  o‘lchash  asbobini  angliyalik  Robert  Xuk  1667  yili  kashf  etgan.  Uning  oti  —  anemometr. 

Anemometrning  turlari  ko‘p,  ammo  bir  o‘qqa  o‘rnatilgan  bir  necha  alyuminiy  chashka  (yarimshar 

shaklidagi  predmet)dan  iborat  asbob  keng  tarqalgan.  Ular  o‘qqa  erkin  o‘rnatilgan  bo‘lib,  shamol  qancha 

kuchli essa, shuncha tez aylanadi. Chashkalarning ma'lum bir vaqt ichida necha marta aylanganini sanab, 

shamolning  tezligini  hisoblab  chiqish  mumkin.Odamlar  uchishni  o‘rganganlaridan  so‘ng  atmosfera 

balandliklaridagi  shamol  tezligini  o‘lchash  zarurati tug‘ildi.  Shu  maqsadda  havo  sharlari  uchirilar  va  ular 

«teodolit» deb ataluvchi maxsus optik asbob yordamida kuzatilar edi. Ammo osmonni bulut qoplab, shar 

ko‘rinmay  qolganida  kuzatuv  ishlarini  yuritish  mumkin  bo‘lmay  qolar  edi.  1941  yili  metereologik  radar 

kashf etildi.  

 

              



 

 

Uyga vazifa: Mavzuni o'qib kelish.  




 

8- -Mashg‘ulot                                  Sana ____________ 

Mavzu: Yer nimadan tarkib topgan?  

 Mashg‘ulot   maqsadi:  

Ta‘limiy maqsad: O`quvchilarni geografiya faniga bo`lgan qiziqishini oshirish. 

Tarbiyaviy maqsad:  Vatanimizga mehr-muhabbat hislarini shakllantirish. 

Rivojlantiruvchi  maqsad:O`quvchilarni  mustaqil  fikrlashga  o`rgatish,  nutq  madaniyatini  o`stirish,  o`z-

o`zini boshqarishga yo`naltirish, hozirjavoblik, topqirlik xususiyatlarini rivojlantirish. 

III. Yangi mavzu bayoni: 

Yer, asosan, qattiq tog‘ jinslaridan tarkib topgan ulkan shar yoki sferadir. Yerning yadrosi ham qattiqdir, 

chunki ichki jinslar juda katta bosim ostida turadi. 

Yer, asosan, qattiq tog‘ jinslaridan tarkib topgan ulkan shar yoki sferadir. Yerning yadrosi ham qattiqdir, 

chunki ichki jinslar juda katta bosim ostida turadi. 

Buni  batafsilroq  ko‘rib  chiqaylik.  Zamonaviy  kosmogonik  tasavvurlarga  ko‘ra,  Yer  bundan,  taxminan,  5 

milliard  yil  muqaddam  birlamchi  Quyosh  sistemasidagi  tarqoq  gaz  —  chang  moddasidan  paydo  bo‘lgan. 

Yerning  gravitatsion  maydoni  ta'sirida  uning  geosferasi  —  yadro  (markazda),  mantiya,  Yer  qobig‘i, 

gidrosfera, atmosfera — tashkil bo‘ldi. Yer qobig‘i, mantiya va yadroning ichki qismi qattiqdir (yadroning 

tashqi qismi suyuqdir). Yer  yuzasi,  ya'ni  qobiqning qalinligi 18—50 kilometrdir, u tog‘ jinslaridan tarkib 

topgan.  U  «litosfera»  ham  deb  ataladi.  Qobiqning  ustki  qismi  qit'alardir.  Undagi  chuqurliklar  dengiz  va 

okeanlar,  quruqlik  ichkarisidagi  dengiz  va  ko‘llar  suvi  bilan  to‘lib  qolgan.  Yer  yuzasidagi  barcha  suvlar 

«gidrosfera» deb ataladi. 

Inson shu vaqtgacha Yer qobig‘ining faqat eng ustki qismini o‘rganishga muvaffaq bo‘ldi, shuning uchun 

ham uning ichki qismi qanday ekanini aytolmaymiz. 

Quduq  va  shaxtalar  qazilganda,  pastga  engan  sayin  temperatura  ham  ortib  borishi  ma'lum  bo‘ldi. 

Temperatura,  taxminan,  har  40  metrda  bir  daraja  yuqorilab  boradi.  Chuqurlik  Yer  yuzasidan  3,5  km.ga 

yetganda, temperatura suvni qaynatadigan darajaga ko‘tariladi. 

Zilzilalarni  tadqiq  qilish  olimlarga  Yerning  tuzilishini  o‘rganishda  qo‘l  keldi.  Ularning  fikricha,  katta 

chuqurlikda  temperatura  Yer  qobig‘idagiga  o‘xshash  tez  ko‘tarilib  bormaydi.  Shuning  uchun  ham  ular 

Yerning  yadrosidagi issiqlik Selsiy  shkalasi bo‘yicha 5000—6000 darajadan oshmaydi, deb hisoblashadi. 

Bu juda baland temperatura ekanligi shubhasiz, chunki Selsiy shkalasi bo‘yicha 1200 daraja issiqlikda tog‘ 

jinslari erib ketadi. 

Yer  qobig‘i  ikki  qatlamdan  iborat.  Qit'alarga  asos  bo‘lib  xizmat  qiladigan  ustki  qatlam  granitdan  tarkib 

topgan. Granit qatlami ostida «bazalt» deb ataluvchi o‘ta qattiq jinsdan iborat keng qatlam bor. Olimlarning 

fikricha,  Yer  markazida  diametri,  taxminan,  6370  km  bo‘lgan  ulkan  yadro  joylashgan.  Markaziy  yadro 

bilan qobiq o‘rtasida qalinligi 3,5 ming km.ga yaqin bo‘lgan «mantiya» deb ataluvchi qatlam joylashgan. 

Mantiya tarkibida qoyalarga o‘xshash «olivinlar» (sarg‘ish yashil yoki sariq rangli mineral) deb ataluvchi 

jinslar bor.  

 

                           



 

Uyga vazifa: Mavzuni o‘qib kelish.  




9- -Mashg‘ulot                                    Sana ____________ 

Mavzu: Nega biz yerning aylanishini sezmaymiz? 

 Mashg‘ulot  maqsadi:  

Ta‘limiy maqsad: O`quvchilarni geografiya faniga bo`lgan qiziqishini oshirish. 

Tarbiyaviy maqsad:  Vatanimizga mehr-muhabbat hislarini shakllantirish. 

Rivojlantiruvchi  maqsad:O`quvchilarni  mustaqil  fikrlashga  o`rgatish,  nutq  madaniyatini  o`stirish,  o`z-

o`zini boshqarishga yo`naltirish, hozirjavoblik, topqirlik xususiyatlarini rivojlantirish. 

III. Yangi mavzu bayoni: 

Odamlar  bundan  bir  necha  asr  muqaddam,  Yer  tek  turadi,  Quyosh,  Oy  va  yulduzlar  uning  atrofida 

aylanadi, deb o`ylashgan. Nega shunday deb o`ylashganini tushunish uncha qiyin emas. Bir qarashda hozir 

ham  shunday  tuyuladi.  Hech  kim  Yer  aylanishini  sezmagan.  Nega  Yer  aylansa,  uning  ustidagi  narsalar, 

okeanlardagi suvlar to`kilib, sochilib ketmaydi?Odamlar bundan bir necha asr muqaddam, Yer tek turadi, 

Quyosh,  Oy  va  yulduzlar  uning  atrofida  aylanadi,  deb  o`ylashgan.  Nega  shunday  deb  o`ylashganini 

tushunish  uncha  qiyin  emas.  Bir  qarashda  hozir  ham  shunday  tuyuladi.  Hech  kim  Yer  aylanishini 

sezmagan.  Nega  Yer  aylansa,  uning  ustidagi  narsalar,  okeanlardagi  suvlar  to`kilib,  sochilib  ketmaydi? 

Endilikda biz Yer ikki yo`nalishda aylanayotganini yaxshi bilamiz. U Quyosh atrofida aylanishi bilan birga 

o`z o`qi atrofida ham aylanadi. Nega biz buni sezmaymiz, degan savolga kelsak, biz ham Yer yuzasi bilan 

birga  aylanamiz.  Bizni  va  okeanlardagi  suvlarni  gravitatsiya,  Yerning  tortish  kuchi  tutib  turadi.  Yerning 

aylanishi biz kuzatadigan va sezadigan ko`pgina narsalarda ko`rinadi. Yer aylangani uchun ham tun bilan 

kun almashadi. Agar u aylanmaganida, uning Quyoshga qaragan tomonida abadiy kunduz, orqa tomonida 

esa  abadiy  tun  hukm  surgan  bo`lar  edi.  Yerning  har  bir  nuqtasi  24  soat  ichida  dastlab  Quyosh  nuri 

tushadigan tomonda, so`ngra qorongi tomonda bo`ladi. 

Yerning biz «sezmaydigan», ammo hayotimizni o`zgartiradigan yana bir muhim harakati Quyosh atrofida 

aylanishidir. Aynan shu harakat  yil fasllari almashuviga sabab bo`ladi, tevarak-atrof har faslda o`zgaradi. 

Quyosh atrofidagi sayohat 365,25 kun, ya'ni bir yil davom etadi. Yil esa tarix, har birimizning hayotimiz va 

hokozolar  o`lchovidir.Fasllar  almashuvi  Yer  uqining  qiyaligi  bilan  bog‘liq.  Yer  o`qining  ekliptika 

(Quyoshning  ko`z  bilan  ko`rish  mumkin  bo`lgan  yillik  harakati  sodir  bo`ladigan  katta  sfera  aylanasi)ga 

nisbatan  qiyaligi  66  gradusdir.  Har  bir  qutb  yarim  yil  davomida  Quyoshga,  yana  yarim  yilda  esa  undan 

teskari tomonga qiyalagan bo`ladi. Shuning uchun  yerning shimoliy qismiga  yarim  yil davomida Quyosh 

nuri  ko`proq,  keyingi  yarim  yilda  esa  ozroq  tushadi.  Quyosh  nuri  ko`proq  tushgan  vaqt  kamroq  tushgan 

vaqt yilning eng sovuq fasllari bo`ladi.  

NIMA UCHUN KOINOTDAGI GRAVITATSIYA YERDAGIDAN FARQ QILADI? 

 Koinotda har bir jism boshqasiga ta'sir etadi, ular o`zaro«tortishadi. Bu tortish kuchi yoki gravitatsiya deb 

ataladi. Tortish kuchi ikki omilga bog‘liq. 

Birinchidan,  u  ob'yekt,  jism  yoki  narsa  tarkibida  qancha  modda  borligiga  bog‘liq.  Jism  moddasining 

massasi  qancha  katta  bo`lsa,  gravitatsiya  shuncha  kuchli  bo`ladi.  Agar  jismning  massasi  kichik  bo`lsa, 

uning  tortish  kuchi  ham  kam  bo`ladi.  Masalan,  Yerning  massasi  Oynikidan  ko`p  marta  katta,  shuning 

uchun Oyga nisbatan ko`proq og‘irlik kuchiga ega. 

Ikkinchidan, og‘irlik kuchi jismlar o`rtasidagi masofaga bog‘liq. Jismlar bir-biriga qancha yaqin joylashgan 

bo`lsa, ular o`rtasidagi tortish kuchi shuncha katta bo`ladi. Ular o`zaro uzoq joylashgan bo`lsa, gravitatsiya 

ham kam bo`ladi. 

             

 

 

Uyga vazifa: Mavzuni o`qib kelish.  




 

10- -Mashg‘ulot                                Sana ____________ 

Mavzu: Nega oyda hayot yo'q?  

 Mashg‘ulot   maqsadi:  

Ta‘limiy maqsad: O`quvchilarni geografiya faniga bo`lgan qiziqishini oshirish. 

Tarbiyaviy maqsad:  Vatanimizga mehr-muhabbat hislarini shakllantirish. 

Rivojlantiruvchi  maqsad:O`quvchilarni  mustaqil  fikrlashga  o`rgatish,  nutq  madaniyatini  o`stirish,  o`z-

o`zini boshqarishga yo`naltirish, hozirjavoblik, topqirlik xususiyatlarini rivojlantirish. 

III. Yangi mavzu bayoni: 

Inson Oy yuzasini sinchiklab tadqiq qilgach, u haqda ko‘pgina qiziq narsalarni bilib oldi. Ammo Oyda 

hayot yo‘qligini u yerga qadami yotmasdan oldin ham bilar edi. 

Inson  Oy  yuzasini  sinchiklab  tadqiq  qilgach,  u  haqda  ko‘pgina  qiziq  narsalarni  bilib  oldi.  Ammo  Oyda 

hayot yo‘qligini u yerga qadami yotmasdan oldin ham bilar edi. 

Oyda atmosfera  yo‘q. Munajjimlar buni Oyda  Quyoshning botish payti  yoki kechqurungi  va tongi  g‘ira-

shira  payt  bo‘lmasligiga  qarab  aniqlashgan.  Yerga  tun  asta-sekin  cho‘ka  boradi,  chunki  havo  Quyosh 

botgandan  keyin  ham  uning  nurlarini  aks  ettirib  turadi.  Oyda  esa  butunlay  boshqa  manzarani  ko‘rish 

mumkin: bir pasda qorong‘ilik tushadi. 

Atmosfera yo‘qligi sababli Oyga Quyoshning barcha nurlari to‘g‘ridan-to‘g‘ri tushaveradi. Quyosh Uzidan 

issiqlik, yorug‘lik va radioto‘lqinlar chiqaradi. Yerdagi hayot shu issiqlik va yorug‘likka bog‘liqdir. 

Quyosh o‘zidan yana zararli radiatsiya ham tarqatadi.  Yer atmosferasi bizni ulardan himoya qiladi. Oyda 

esa bunday zararli radiatsiyani yutadigan atmosfera yo‘q. Quyoshdan chiqayotgan barcha foydali va zararli 

nurlar  hech  bir  to‘siqsiz  Oy  yuzasiga  yetib  kelaveradi.  Atmosfera  yo‘qligi  sababli  Oy  yuzasi  yo  haddan 

ziyod issiq, yoki nihoyatda sovuq bo‘ladi. Aylanayotgan Oying Quyoshga qaragan tomoni juda qizib ketadi 

va  temperatura  Selsiy  shkalasi  bo‘yicha  150  darajaga  yetadi.  Bu  shaqirlab  qaynayotgan  suvning 

temperaturasidir. Jazirama Oy kuni ikki hafta davom etadi. 

So‘ngra ikki hafta davom etadigan tunga navbat keladi. Tunda temperatura — 125 darajaga tushib ketadi. 

Bu Yerning Shimoliy qutbidagi temperaturadan ikki barobar sovuqdir. 

Bunday sharoitda Yerdagi hayot shakllaridan birortasi ham mavjud bo‘lishi mumkin emas. 

  

OY KUNDUZI QAYGA KETADI? 



 Ahyon-ahyon bo‘lsa-da, Oyni kunduzi ham ko‘rish mumkin. Chunki u kunduzi Yerning biz yashayotgan 

tomoniga qarama-qarshi tarafga o‘tib qoladi. Ba'zida naq tepamizda turgan bo‘lsa ham uni ko‘rish imkoni 

bo‘lmaydi,  chunki  Quyoshning  yorqin  nurlari  ularni  qaytarayotgan  Oyni  bizga  ko‘rsatmay  qo‘yadi.  Erta 

tongda yoki kechqurunlari, ya'ni Quyosh nurlari ko‘zimizni qamashtirmayotgan kezlar ular ikkalasini ham 

ko‘rishimiz mumkin bo‘ladi. 

 

                       



 

 

 



Uyga vazifa: Mavzuni o`qib kelish.  


11- -Mashg‘ulot                                    Sana ____________ 

Mavzu: Boshqa sayyoralarda hayot bormi?  

 Mashg‘ulot   maqsadi:  

Ta‘limiy maqsad: O`quvchilarni geografiya faniga bo`lgan qiziqishini oshirish. 

Tarbiyaviy maqsad:  Vatanimizga mehr-muhabbat hislarini shakllantirish. 

Rivojlantiruvchi  maqsad:O`quvchilarni  mustaqil  fikrlashga  o`rgatish,  nutq  madaniyatini  o`stirish,  o`z-

o`zini boshqarishga yo`naltirish, hozirjavoblik, topqirlik xususiyatlarini rivojlantirish. 

III. Yangi mavzu bayoni: 

Biz to shu kungacha boshqa sayyoralarda u yoki bu shaklda hayot bor-yo‘qligi to‘g‘risida aniq ma'lumotga 

ega emasmiz.Mutaxassislar kosmik tadqiqotlar o‘tkazish orqali bu savolga javob izlashmoqda.Lekin shuni 

aniq  bilamizki,  hayot  mavjud  bo‘lishi  uchun  ma'lum  shart-sharoitlar  talab  etiladi.Biz  to  shu  kungacha 

boshqa  sayyoralarda  u  yoki  bu  shaklda  hayot  bor-yo‘qligi  to‘g‘risida  aniq  ma'lumotga  ega 

emasmiz.Mutaxassislar kosmik tadqiqotlar o‘tkazish orqali bu savolga javob izlashmoqda.Lekin shuni aniq 

bilamizki,  hayot  mavjud  bo‘lishi  uchun  ma'lum  shart-sharoitlar  talab etiladi.Buning  uchun,  avvalo,  zarur 

temperatura kerak.Barcha tirik organizmlar faqat ma'lum, qulay temperatura mavjud bo‘lgandagina yashay 

oladi.Jazirama issiq yoki qattiq sovuqda hayot paydo bo‘lmaydi. Tiriklikning yana bir zarur sharti suvdir. 

Barcha tirik mavjudotlar uchun suv kerak.O‘simliklarga yorug‘lik bilan bir qatorda mineral moddalar ham 

zarur.Hayvonlarga  ozuqa  manbai  talab  etiladi.Ular  o‘zlari  ozuqa  topolmaydigan  joylarda  yashay 

olmaydi.Yerdan  boshqa  hech  bir  sayyorada  bunday  zarur  sharoitlarning  barchasi  mavjudmi?Boshqa 

sayyoralar  to‘g‘risidagi  bilimlarimizga  tayanib,  yo‘q,  deb  javob  berishimiz  mumkin.Endi  misollarga 

murojaat qilaylik.Cho‘lpon Yerga eng yaqin sayyoradir, uning o‘lchamlari ham Yernikiga o‘xshash.Uzoq 

vaqtlar  bu  ikki  sayyora  egizaklar  deb  atalgan.Shunga  qaramasdan,  Cho‘lpon  qalin  oltingugurt  kislotasi 

bulutlari bilan qoplangan.Uning atmosferasi bo‘g‘uvchi karbonat angidrid gazidan tarkib topgan.Atmosfera 

bosimi  juda  yuqori.Temperatura  sayyora  yuzasida  Selsiy  shkalasi  bo‘yicha  460  darajagacha  yetadi.Bu 

hayot paydo bo‘lishi uchun juda issiqlik qiladi. 

Mirrix atmosferasi, asosan, karbonat angidriddan iborat.Shunga qaramasdan, uning yuzasidagi temperatura 

Selsiy  shkalasi  bo‘yicha  29  darajadan  yuqori  ko‘tarilmaydi.Ammo  —  85  darajagacha  tushib  ketishi 

mumkin.Sayyoradagi ozgina miqdordagi suv ham doimo muz holida. 

Demak,  zikr  etilgan  sayyoralarning  birortasida  ham  hayot  uchun  maqbul  shart-sharoit  yo‘q.  Yerga  yaqin 

sayyoralarda hech bir shaklda  yo‘qligi shu tarzda isbot qilingan.  

NEGA OLIMLAR MARS(MIRRIX)DA HAYOT BO‘LISHI MUMKIN, DEB TAXMIN QILISHADI? 

 Olimlar  Koinotdan  hayot  izlayotgani,  turli  tajribalar  o‘tkazayotgani  sizga  ma'lum.Tabiiyki,  hayot 

izlaganda  bepoyon  kosmik  fazodan  ko‘ra  o‘zimizning  Quyosh  sistemamizni  tadqiqqilish 

osonroqdir.Olimlarning fikricha, qandaydir hayot shakli bo‘lishi mumkin bo‘lgan sayyora Mirrixdir.Nega 

ular  aynan  Mirrixni  tanlab  olishdi?Bu  sayyora  Yer  bilan  egizak,  deb  hisoblanadi.Mirrix  bilan  Quyosh 

o‘rtasidagi  masofa  Yer  bilan  Quyosh  o‘rtasidagi  masofaga  yaqin  turadi.  Uning  diametri  Yernikidan  ikki 

marta  kichik,  Mirrix  ikki  yilda  bir  marta  Quyosh  atrofini  aylanib  chiqadi.  Ammo  Mirrixdagi  kun 

davomiyligi Yernikiga to‘g‘ri keladi. 

 

 

 



Uyga vazifa: Mavzuni o`qib kelish. Qoshimcha ma‘lumot topib kelish.  


12- -Mashg‘ulot                                Sana ____________ 

Mavzu: "Yerning tili" yoki geografik joy nomlari  

 Mashg‘ulot   maqsadi:  

Ta‘limiy maqsad: O`quvchilarni geografiya faniga bo`lgan qiziqishini oshirish. 

Tarbiyaviy maqsad:  Vatanimizga mehr-muhabbat hislarini shakllantirish. 

Rivojlantiruvchi  maqsad:O`quvchilarni  mustaqil  fikrlashga  o`rgatish,  nutq  madaniyatini  o`stirish,  o`z-

o`zini boshqarishga yo`naltirish, hozirjavoblik, topqirlik xususiyatlarini rivojlantirish. 

III. Yangi mavzu bayoni: 

Geografiya  Yer  yuzidagi  millionlab  geografik  obyektlarning  nomlari  bilan  ham  ish  ko'radi.  Har  bir 

geografik  obyektning  o'z  nomi  bor.  H.Hasanov  ta'biri  bilan  aytganda  "...  dengizlar  va  daryolar,  tog'lar  va 

cho'ggilar,  mamlakatlar  va  shaharlar,  soyliklar,  quduglaru  mayda-mayda  orollar,  qishloqlaru  ko'cha  va 

mahallalar  nomlari  —  shularning  hammasi  "Yeming  tili"dir".  Geografiyani  joy  nomlarisiz  tasavvur  etib 

bo'lmaydi. 

      Geografik joy nomlari shu qadar ko'pki, dunyoda nechta nom bor degan savolga hech kim aniq javob 

bera olmaydi. H.Hasanovning yozishicha, maydoni O'zbekistonga teng keladigan Shvetsiyada 12 mln. joy 

nomlari  mavjud  ekan.  Lekin  O'zbekistonda  hanuzgacha  bunday  ma'lumot  yo'q.  Toponimlar  (urli  katta-

kichiklikdagi  geografik  obyektlarning  nomlarini  o'zida  mujassamlashtiradi.  Shunga  ko'ra,  u 

makrotoponimlarga  va  mikrotoponimlarga  bo'linadi.  Yirik  geografik  obyektlar  —  qit'alar,  materiklar, 

mamlakatlar,  o'lkalar,  okeanlar,  dengizlar,  daryolar,  tog'lar,  shaharlar  va  boshqalaning  nomlari 

makrotoponimlar deyiladi. Yevropa, Amerika, Osiyo, Afrika, Tinch okean, Hind okeani, Himolay, Pomir, 

Sirdaryo,  Amudaryo,  Amazonka,  Shimoliy  dengiz,  Bering  dengizi,  Toshkent,  Moskva,  Vashington  kabi 

nomlar  makrotoponimlarga  misol  bo'la  oladi.  Yirik  geografik  obyektlarning  nomlari  kam  o'zgarishlarga 

uchraydi, uzoq vaqt yashaydi. 

   Kichik  geografik  obyektlar  —  soy,  jilg'a,  buloq,  quduq,  tepalik,  jar,  qir,  mahalla,  guzar,  ko'cha  va 

boshqalaming  nomlari  mikrotoponimlar  deyiladi.  Mikrotoponimlar  tez-tez  o'zgarib  turishi  bilan 

xarakterlanadi. 

  Geografik joy nomlari o'ta nozik. Nomdagi bir harf yoki tovush o'zgarsa, boshqa nomni berishi mumkin. 

Shuning uchun  Avstriya bilan  Avstraliyani, Shvetsiya bilan Shveysariyani, Riga bilan Risani, Neva bilan 

Nivani, Amu bilan Amumi, Chud bilan Chadni, Eri bilan Eyrni bir-biriga almashtirib qo'ymaslik lozim. 

   Ikki  davlat  hududidan  oqib  o'tuvchi  ayrim  daryolar  mahalliy  til  qoidalariga  moslanib  turlicha  atafadi. 

Masalan, Ispaniyadan oqib o'tuvchi Taxo daryosi Portugaliya hududiga o'tgandan so'ng Teju deb yuriuladi, 

shuningdek,  Polshadagi  Odra  Germaniyada  Oder,  Afg'onistondagi  Herirud  Turkmanistonda  Tajan  deb 

yuritiladi. 

   Geografik  joy  nomlariga  shu  qadar  o'rganib  qolganmizki,  hatto  ayrim  atamalar  aynan  toponimlardan 

olinganligini eslab ham o'tirmaymiz. 

   An'anaviy  o'tkazilib  kelinadigan  olimpiada  so'zi  Gretsiyadagi  Olimp  tog'i  nomidan,  alpinizm,  alp 

burmalanish, alp o'tloqlari-Yevropadagi Alp tog'i nomidan, akademiya so'zi Gretsiyadagi changalzorlardan 

bin nomidan, vulqon (vulkan) atamasi Tirren dengizidagi Vulkano oroli nomidan, kofe - Afrikadagi Kaffa 

o'lkasi  nomidan,  geyzer  atamasi  Islandiyadagi  Geyzer  deb  ataladigan  issiq  buloq  nomidan,  karst  atamasi 

Bolgon  yarim  orolidagi  Karst  platosi  nomidan,  meandra  Kichik  Osiyo  yarim  orolidagi  Mendere  daryosi 

nomidan, delta atamasi Nil daryosi quyiladigan Delta degan joy nomidan olingan va hokazo. 

  Toponimlardan vujudga kelgan turli atamalar, so'zlar juda ko'p. 

  Geografik atamalar vulqon, meandra, geyzer, karst, artezian va boshqalar. 

  Geologik davrlar  kembriy —  Buyuk Britaniyadagi Uelsning qadimgi nomi; ordovik va silur  — Angliya 

janubidagi  qabililar  nomi;  devon  —  Angliyadagi  grailik;  perm  —  Uralning  janubidagi  shahar;  yura  — 

Fransiyadagi Yura tog'lari nomidan olingan. 

   Burmalanishlar  kaledon  —  Shotlandiyaning  qadimgi  nomi;  baykal  -  Baykal  ko'li  nomidan;  gertsin  — 

Markaziy  Yevropadagi  tog';  alp  —Yevropadagi  tog'  nomlaridan  paydo  bo'lgan.Shamollarning  nomlari  - 

Afg'on shamoli, Bekobod shamoli, Qo'qon shamoli, Xo'jand shamoli, Novorossiysk borasi va hokazo. 

   O'simliklarning  nomlari:  apelsin  —  gollandcha  "xitoy  olmasi"  demakdir  ("sin"  —  "Chin",  "Xitoy" 

degani); kashtan — Kichik Osiyodagi Kastan shahri nomidan; kofe  — Afrikadagi Kaffa o'lkasi nomidan; 

bulg'ari  qalampiri  —  Bolgariya  nomidan;  finikiya  palmasi  —  tarixiy  Finikiya  davlati  nomidan; 

makkajo'xori  —  Muqaddas  Makka  shahri  nomidan;  qo'qon  jo'xori,  jilon  jiyda  —  Erondagi  G'ilon  (Jilon) 

viloyati  nomidan;  shotut  —Shorn  (Suriya)  nomidan  olingan.  Kishmish  —  Erondagi  Keshm  oroli  nomi 

bilan bog'liq. 

   Hayvonlar  nomlari:  hisor  qo'yi,  qorako'l  qo'yi,  angori  echki,  sardinka—baliq,  Sardiniya  oroli  nomidan 

olingan. 



  Turli ichimliklar nomlari:  kagor (qizil  vino)  —  Fransiyadagi  Kagor  shahri nomidan; portveyn (vino)  — 

Portugaliyadagi Oporto shahri nomidan; shampan (vino)  — Fransiyadagi Shampan provinsiyasi nomidan; 

konyak — Fransiyadagi shu nomli shahar nomidan olingan. 

   Minerallarning  aksariyati  joy  nomlari  bilan  bog'liq  holda  nomlangan:  alebastr  —  Misrdagi  shahar 

nomidan,  baykalit  —  Baykal  ko'li  nomidan,  belomorit  —  Oq  dengiz  sohilidan  topilgani  uchun  shunday 

atalgan,  boksit  —  Fransiya  janubidagi  Boks  degan  joy  nomidan,  vezuvian—Italiyadagi  Vezuviy  tog'i 

nomidan, kurskit — Kursk shahri nomidan, rumenit — Ruminiya hududidan topilgan qahraboning bir turi, 

sibirit —Sibir nomidan, surik-mineral bo'yoq, Suriya nomidan, uralit  — Ural tog'laridan topilgan mineral 

nomi, xibinit — Xibin tog'lari nomidan olingan. 

 Ayrim  gazlamalaming  nomlari  ham  toponimlardagi  olingan:  doka  (ruscha  "marli")  so'zi  Bangladeshning 

poytaxti Dakka shahri nomidan, krepdeshin — fransuzcha "xitoy matosi", Xitoy nomidan olingan, jersi—

Fransiya shimolidagi orol nomidan olingan. 

   Panama  (bosh  kiyim,  shlyapa)  nomi  ham  Markaziy  Amerikadagi  Panama  davlati  nomidan  olingan. 

Olimpika (sport kiyimi) nomi esa Gretsiyadagi Olimp tog'i nomidan kelib chiqqan. 

   Ko'pchilik  buyuk  allomalar,  yozuvchi  va  shoirlaming  taxalluslari  ham  ular  tug'ilgan  yoki  yashagan  joy 

nomidan  olingan:  Muhammad  al-Xorazmiy,  Ahmad  Farg'oniy,  Abu  Nasr  Farobiy,  Ahmad  Yassaviy, 

Dehlaviy, Abdurahmon Jomiy, Hofiz Sheroziy, Jaloliddin Rumiy, Muhammad Narshaxiy va hokazo. Hatto 

Rudakiy  tug'ilgan  joy  uning  taxallusi  yordamida  topilgan  va  u  hozirgi  Tojikistondagi  Rudak  qishlog'ida 

tug'ilganligi aniqlangan. 

  Joy nomlari juda qiziq: 1 -2-3 harfdan iborat juda qisqa nomlar ham, uzundan uzoq nomlar ham bor. YIL 

—  Shvesiyadagi,  E  —  Fransiya  va  Belgiyadagi  aholi  punktlari,  U  —  Fransiyadagi  daryo  irmog'i,  Ar  — 

Uraldagi daryocha, Po — Italiyadagi daryo, Nil — dunyodagi eng uzun daryo, Chad—Afrikadagi, Chud — 

Rossiyadagi, Eyr — Avstraliyadagi, Eri — Shimoliy Amerikadagi ko'llar. 

   Mashhur  geograf-toponimist  olim  H.  Hasanovning  yozishicha:  "...Geografik  nomlarning  "chempionlari" 

ham aniqlangan. Angliyadagi bir temir yo'l stansiyasining nomi 54 harfdan iborat. Yangi Zelandiyadagi bir 

shaharning nomi maori tilida 57 harf bilan  yoziladi. O'zbekcha tarjimasi bunday:  "Tamatea Pokan Uenda 

o'z  ma'shuqasiga  nay  chalib  bergan  tepalik".  Bu  faqat  "bronza"  medaliga  mansub.  Lekin  "kumush" 

medalga loyiq nom ham bor: bu Yangi Zelandiyadagi bir tepalikning nomi — u 85 harfdan iborat. "Oltin" 

medal  Tailand  poytaxti  Bangkok  shahriga  berilsa  bo'ladi:  uning  norasmiy  nomi  jami  159  harf  bilan 

yoziladi". 

  Xullas, joy nomlari ajoyib va g'aroyib. Hayotimizni ularsiz tasavvur etib bo'lmaydi. 

 

 



Uyga vazifa: Mavzuni o`qib kelish.  

 



13- -Mashg‘ulot                                    Sana ____________ 

Mavzu: DARYO  

 Mashg‘ulot    maqsadi:  

Ta‘limiy maqsad: O`quvchilarni geografiya faniga bo`lgan qiziqishini oshirish. 

Tarbiyaviy maqsad:  Vatanimizga mehr-muhabbat hislarini shakllantirish. 

Rivojlantiruvchi  maqsad:O`quvchilarni  mustaqil  fikrlashga  o`rgatish,  nutq  madaniyatini  o`stirish,  o`z-

o`zini boshqarishga yo`naltirish, hozirjavoblik, topqirlik xususiyatlarini rivojlantirish. 

III. Yangi mavzu bayoni: 

Daryolar yer osti suvlari va yog‗inlardan ham to‗yinadi. Har bir daryo ning boshlanish joyi 

(manbasi) hamda dengiz, ko‗l yoki boshqa daryoga quyilish joyi (mansabi) bo‗ladi.  

Deyarli  har  bir  daryo  tog‗dagi  muzliklarning  erishidan,  buloq  yoki  botqoqliklardan  boshlanadi.  Kichik 

jilg‗alar  qo‗shilib  soyni  hosil  qiladi.  Soylardan  daryolar  vujudga  keladi.  Daryolar  yer  osti  suvlari  va 

yog‗inlardan ham to‗yinadi. Har bir daryoning boshlanish joyi (manbasi) hamda dengiz, ko‗l yoki boshqa 

daryoga quyilish joyi (mansabi) bo‗ladi. 

Biroq  buloqlardan  boshlanmaydigan  daryolar  ham  bor.  Masalan,  Biya  daryosi  Oltoydagi  Telets  ko‗lidan 

oqib chiqadi, u 400 metr kenglikdagi tosh tizmalaridan otilib tushadi. U boshlanish va quyilish joyida ham 

keng va ulug‗vordir. 

Shunday  daryolar  ham  borki,  ularning  quyilish  joyi  yo‗q.  Turkmanistondagi  Murg‗ob  va  Tajan  daryolari 

shular  jumlasidan.  Bu  daryolarning  suvi  dalalarni  sug‗orishga  sarflanadi,  natijada  ular  biron  havzaga 

quyilmaydi.  Sharqiy  Yevropadagi  Volga  (bu  daryoni  o‗rta  asrlarda  mahalliy  elatlar  Itil  deb  atashgan), 

Afrikadagi  Nil,  Amerikadagi  Missisipi  kabi  yirik,  sersuv  daryolar  dengizga  ko‗p  miqdorda  loyqa,  qum 

keltiradi.  Ularning  oqimi  quyilish  joyida  va  tekisliklarda  sekinlashadi,  bunday  yerlarda  loyqa  va  qum 

to‗planadi,  natijada  loyqa  yoki  qumloq  orollar  hosil  bo‗ladi.  Daryo  oqimi  ko‗plab  tarmoqlarga  ajraladi, 

natijada  daryo  deltasi  vujudga  keladi.  Missisipi  deltasida  joylashgan  Yangi  Orlean  shahri  xuddi  shunday 

oqiziq jinslar tufayli chuqurlikka tushib qolgan, undan yuqorida Missisipi daryosining o‗zani mavjud. 

 Daryolar  ikki  qirg‗oq  orasida,  o‗zanlarda  oqadi.  Qor  yoki  muzliklarning  jadal  erishi  natijasida  suv  sathi 

ko‗tarilib, toshqin ro‗y bergan kezlarda daryo qayiri va hatto sohilning talay qismini suv bosadi. Shunday 

yerlarda,  odatda,  yaxshigina  yaylovlar  vujudga  keladi.  Tekislikdagi  daryolar  sekin,  ravon  oqadi.  Faqat 

keskin burilish yerlarida va sayoz joylardagina suv oqimi tezlashadi. Hatto shunday daryolar ham toshqin 

paytlarida  ba‘zan  o‗zanini  o‗zgartirib  yuboradi.  Eski  o‗zanlarni,  ko‗p  o‗tmay,  qamish,  nilufar  kabi 

o‗simliklar qoplab, ko‗l va botqoqliklar vujudga keladi. 

   


 

 

Uyga vazifa: Mavzuni o`qib kelish.  



 


14- -Mashg‘ulot                                            Sana ____________ 

Mavzu: Dunyodagi eng iflos shaharlar 

 Mashg‘ulot  maqsadi:  

Ta‘limiy maqsad: O`quvchilarni geografiya faniga bo`lgan qiziqishini oshirish. 

Tarbiyaviy maqsad:  Vatanimizga mehr-muhabbat hislarini shakllantirish. 

Rivojlantiruvchi  maqsad:O`quvchilarni  mustaqil  fikrlashga  o`rgatish,  nutq  madaniyatini  o`stirish,  o`z-

o`zini boshqarishga yo`naltirish, hozirjavoblik, topqirlik xususiyatlarini rivojlantirish. 

III. Yangi mavzu bayoni: 

Америкадаги Блэксмит (Blacksmith Institute)нотижорат илмий текшириш институти мутахассислари 

турли  сабабларга  кўра  ифлосланиб,  ахоли  саломатлиги  учун  хавфли  худудларга  айланган  дунѐ 

шахарлари  рейтинини  тузиб  чикди.  Биз  улар  орасида  хаддан  ортик даража  даражада  ифлосланган 

ўнта шахар хакида маълумот бермокчимиз. 

1. Чернобыль, Украина 

1986  йил  26  апрелда  Чернобиль  атом-  эектро  станциясида  рўй  берган  техноген  халокат  хакида 

эшитмаган  билмаган  одамнинг  ўзи  йўк.  Ўша  куни  30  киши  вокеа  жойида  хаѐтдан  кўз  юмган,  135 

минг  киши  кўчирилиган  эди.  Айни  пайтда  ушбу  халокатдан  зарар  кўрганлар  сони5,5  миллион 

кишини ташкил этади. Портлаш жараѐнида Хиросима ва Нагасикада портлаган атом бомбасидан юз 

баравар кўпрок радиация ажралиб чиккан. 

2. Дзержинск, Россия 

Мамлакатдаги  энг  саноатлашган  ва  ифлос  шахарлардан  бири.  Бу  ерда  саноат  чикиндиларидан 

захарданганлар  сони  300  минг  кишидан  ортади.  Бу  ерда  эркакларнинг  ўртача  умр  кўриш  ѐши  42, 

аѐлларда  эса  47  ѐшни  ташкил  этади.  Маълумотларга  кўра,  1930-1998  йиллар  давомида  ша?ардаги 

кимѐвий  куроллар  заводидан  30  минг  тонна  захарли  чикиндилар  чикарилган.  2003  йилги 

маълумотга кўра, шахарда ўлим кўрсаткичлари тугилишдан 2,6 баравар юкори бўлган. 

3. Хайна, Доминикан Республикаси 

Шахарда  аккумулятор  ишлаб  чикарувчи  ѐпик  завод  фаолият  кўрсататди.  Шу  боис,  атроф-мухитга 

чикарилаѐтган  кўргошин  чикиндилари  ахолининг  саломатлигига  жиддий  хавф  солаѐтир.  Хайнада 

кўргошиндаен  захарланиш  туфайли  рухий  ва  кўз  касалликлари,  ногирон  тугруклар  бошка 

жойлардагидан  бир  неча  баравар  юкори.  Маъмурият  тозалаш  ишларини  олиб  боришга  хали 

киришганича йўк. 

4.   Кабве  Мамлакатнинг  катталиги  жихатдан  иккинчи  шахри  саналади.  102  йилда  бу  ерда  жуда 

катта кўргошин кони топилган. Мазкур саноат хомашѐсини кайта ишлаш натижасида кўргошиндан 

захарланиш  кўрсаткичлари  кескин  ортган.  Жабрланганлар сони  250  мингдан  ошган.  Жахон  банки 

ўтган  йили  шахардаги  санитария  ахволини  яхшилаш  максадида20  миллион  доллар  микдорида 

маблаг ажратган. 

5. Ла-Оройа, Перу 

1922 йилдан бер Анд тоглари багрида жойлашган бу шахар ахолиси махаллий металлургия заводи 

чикараѐтган  захарли  чикиндилардан  азият  чекади.  35  минг  нафар  захарланган  одамлар  рўйхатга 

олинган.  Болаларнинг  тўксон  тўккиз  фоизининг  конида  кўргошин  бирикмалари  топилган. 

Кислотали ѐмгирлар туфайли бу шахарга анчадан бери битта хам гиѐх ўсмай кўйган. 

6. Линьфынь, Хитой. 

Линьфынь  –  Хитойдаги  иэнг  ифлосланган  шахарлардан  бири.  Бу  ерда  мамлакатнинг  энг  йирик 

кўмир  конларидан  бири  жойлашган.  Махаллий  клиникаларда  бронхит,  пневмония,  ўпка  саратони 

каби касалликлари билан кўплаб одамлар мурожаат килишади. 

7. Майлу- Суу, Киргизистон.  

Денгиз  сатхидан  2000  метр  баландликда  Майли-суу  дарѐси  водийсида  руан  казиб  олиш  ишлари 

ўтган  асрнинг  ўрталарида  бошланганди.  1968  йилда  эса,  радий  ишлаб  чикарувчи  иккита  завод  ўз 

ишини тўхтатди.  Радлиоактив чикндиларни катта кисми эса, ана шу дарѐ сохилида махсус ўралар 

казилиб кўмиб ташланди. Турли табиий офатлар, сув тошкинлари бу ерд сакланаѐтган радиоактив 

чикиндиларни  атрофга  катта  тезликда  таркалишига  сабаб  бўлаѐтир.  Бу  ерда  яшовчилар  саратон 

касаллиги билан бошкаларга нисбатан икки баравар кўпрок чалинадилар. 

8. Норильск, Россия  

Россиянинг  бу  ифлосланган  шахрида  хатто  кор  хам  кора  рангда  ѐгади,  десак  ишонаверинг. 

Стронций,  никель,  кўргошин,  мис,  кобальт  чикиндилари  134  минг  одаамнинг  хаѐтига  хавф 

солаѐтир. Нафас олсангиз димогингизга гуп этиб олтингугурт хиди ѐпирилади. Бу ерда ўртача умр 

давомийлиги  Россиядаги  умумий  кўрсаткичдан  ўн  йил  камрок.  2001  йилдан  бошлаб  шахар 

хорижликлар кириши учун ѐпилган. 

Uyga vazifa: Mavzuni o`qib kelish.  




15- -Mashg‘ulot                                               Sana ____________ 

Mavzu: Aysberg 

 Mashg‘ulot    maqsadi:  

Ta‘limiy maqsad: O`quvchilarni geografiya faniga bo`lgan qiziqishini oshirish. 

Tarbiyaviy maqsad:  Vatanimizga mehr-muhabbat hislarini shakllantirish. 

Rivojlantiruvchi  maqsad:O`quvchilarni  mustaqil  fikrlashga  o`rgatish,  nutq  madaniyatini  o`stirish,  o`z-

o`zini boshqarishga yo`naltirish, hozirjavoblik, topqirlik xususiyatlarini rivojlantirish. 

III. Yangi mavzu bayoni: 

«Aysberg» so‗zi o‗zbek tilida «muz tog‗i» degan  ma‘noni anglatadi. Haqiqatan ham Yerning 

qutbiy doiralarida vujudga kelgan muzliklarning uzilib dengizga qulab tushgan chekka 

qismlari katta muz tog‗larini eslatadi.  

«Aysberg»  so‗zi  o‗zbek  tilida  «muz  tog‗i»  degan  ma‘noni  anglatadi.  Haqiqatan  ham  Yerning  qutbiy 

doiralarida  vujudga  kelgan  muzliklarning  uzilib  dengizga  qulab  tushgan  chekka  qismlari  katta  muz 

tog‗larini  eslatadi.  Muzlikning  uchi  ma‘lum  vaqtgacha  dengiz  ustida  osilib  turadi.  Uni  suv  qalqishlari, 

dengiz oqimlari va shamollar yemiradi. Nihoyat, u bo‗linib, shaloplab suvga qulaydi.  Aysberg chayqalib, 

ulkan  massasining  katta  qismini  suv  ostiga  yashirgan  holda  shamol  va  oqim  kuchiga  bo‗ysunib,  uzoq 

safarga yo‗l oladi. Yo‗lda asta-sekin eriydi va shu tufayli u ba‘zan to‗ntariladi. Uzunligi 1—2 kilometrli, 

kengligi yarim kilometrli mayda va uzunligi bir necha o‗n kilometr, balandligi esa 100 metrdan oshadigan 

yirik aysberglar bor. 

Aysberglar vatani – Arktika va Antarktida muzliklari. 

Okeanda  aysberglarga  duch  kelish  juda  xavfli,  chunki  uning  suv  ostidagi  qismi  ko‗rinmaydi  (odatda, 

aysbergning  suv  ostidagi  qismi  suv  ustidagi  qismidan  benihoya  katta  bo‗ladi).  1912-yilda  yo‗lovchi-

sayohatchilarni  tashiydigan  ulkan  «Titanik»  kemasi  Atlantika  okeanida  bora  turib,  tumanda  aysbergga 

urilgan va  g‗arq bo‗lgan.  Bu 20-asr boshida dengizda sodir bo‗lgan eng katta fojia hisoblanadi, 1997-yil 

oxirida  amerikalik  rejissyor  Deyms  Kameronnning  yangi  «Titanik»  filmi  jahondagi  ko‗p  mamlakatlar 

kinoekraniga  chiqdi.  Bu  ulkan  halokat  kema  qatnovida  aysberglarga  nisbatan  doim  hushyor  bo‗lishga 

chaqiradi. AQSHning Memfis shahrida «Titanik» xotira muzeyi barpo qilingan. 

Biroq olimlarning taxminicha, aysberglar kishilarga foyda keltirishi ham mumkin. Axir sayyoramizda toza 

chuchuk suv tanqisligi tobora kuchliroq sezilmoqda. Aysberglar esa xuddi shunday suv manbaidir. Olimlar 

aysberglarni  shatakka  olib,  yirik  shaharlar  gavaniga  keltirish  va  u  yerda  aysbergga  «langar  tashlash» 

mumkin  emasmikan,  degan  mulohaza  ustida  fikr  yuritishmoqda.  Aysberglar  suvi  bilan  millionlab 

kishilarning suvga bo‗lgan ehtiyojini qondirsa bo‗ladi. To‗g‗ri, bu hozircha mo‗ljal, xolos. 

 

 

 



Uyga vazifa: Mavzuni o`qib kelish.  

 



16- -Mashg‘ulot                              Sana ____________ 

Mavzu: Alpinizm 

 Mashg‘ulot  maqsadi:  

Ta‘limiy maqsad: O`quvchilarni geografiya faniga bo`lgan qiziqishini oshirish. 

Tarbiyaviy maqsad:  Vatanimizga mehr-muhabbat hislarini shakllantirish. 

Rivojlantiruvchi  maqsad:O`quvchilarni  mustaqil  fikrlashga  o`rgatish,  nutq  madaniyatini  o`stirish,  o`z-

o`zini boshqarishga yo`naltirish, hozirjavoblik, topqirlik xususiyatlarini rivojlantirish. 

III. Yangi mavzu bayoni: 

Baland tog‗larning ulug‗vor manzarasi: bahaybat qoyalar, qor va muz bilan qoplangan, havo ochiq 

kunlarda olisdan kumushday yarqirab ko‗rinadigan osmono‗par cho‗qqilar ko‗p zamonlardan beri 

odamlarni o‗ziga maftun etib keladi. Juda ko‗p kishilar qorli cho‗qqilarga ko‗tarilishga harakat qilganlar, 

ammo ularning bu urinishlari muvaffaqiyatsiz  tugagan. 

1786-yili  shveytsariyalik  ikki  kishi  birinchi  marta  Alp  tog‗ining  (Yevropadagi  eng  baland tog‗)  Monblan 

cho‗qqisiga  ko‗tarildi.  Shu  vaqtdan  boshlab  chiqish  qiyin  bo‗lgan  tog‗  cho‗qqilariga  ko‗tarilish  alpinizm 

deb ataladigan bo‗ldi. 

Alpinist bo‗lish oson emas. Buning uchun avval uzoq va qunt bilan mashq qilish, marshrutlarni o‗rganish 

kerak,  asta-sekin  chiqish  uncha  qiyin  bo‗lmagan  tog‗larni,  so‗ngra  qiyinroq  marshrutlarni  tanlash  lozim. 

Shundan keyingina yuksak cho‗qqilar sari otlanish mumkin. 

Alpinistlar boshqa kishilar chiqa olmaydigan joylarda bo‗ladilar. Masalan, aytaylik, tog‗da  biror baxtsizlik 

yoki avariya ro‗y berdi. U yerga eng zamonaviy vertolyot ham qo‗na olmaydi. Faqat alpinistlargina u yerga 

ko‗tarila oladilar. 

Alpinistlarning  maxsus  anjomlari  bo‗ladi.  Bu  anjomlarga  shamol,  yomg‗ir  va  qordan  saqlaydigan  kiyim, 

tishli  poyabzal,  arqon,  muzliklar  ustiga  chiqayotganda  oyoq  qo‗ymoq  uchun  muzni  o‗yib,  pillapoya 

qiladigan boltacha, oyoq kiyimiga mahkamlanadigan maxsus ilgak, qoya  va muzliklarga ilinadigan ilgak, 

bolg‗acha, chodir, uxlash uchun qopko‗rpa kiradi. 

Alpinistlar tog‗ cho‗qqilariga ko‗tarilish bilan birga ilmiy tadqiqot ishlarini ham olib boradilar. Ular baland 

tog‗larda  joylashgan  meteorologik  stansiyalarda  ishlaydilar,  tog‗larda  quriladigan  gidroelektr  stansiya 

qurilishlarida  quruvchilarga  yordam  beradilar.  7  ming  metrdan  yuqori  bo‗lgan  balandliklarga  ilmiy 

apparatlarni o‗rnatadilar. 

Alpinizm  mamlakatimizda  keng  tarqalgan.  O‗rta  Osiyodagi  barcha  eng  baland  tog‗  cho‗qqilari 

alpinistlarimiz  tomonidan  zabt  etilgan.  Xizmat  ko‗rsatgan  sport  ustasi,  muhandis-konstruktor  V.  M. 

Abalakov,  uning  ukasi,  saqlaydigan  kiyim,  tishli  poyabzal,  arqon,  muzliklar  ustiga  chiqayotganda  oyoq 

qo‗ymoq uchun muzni o‗yib, pillapoya qiladigan boltacha, oyoq kiyimiga mahkamlanadigan maxsus ilgak, 

qoya va muzliklarga ilinadigan ilgak, bolg‗acha, chodir, uxlash uchun qopko‗rpa kiradi. 

Alpinistlar tog‗ cho‗qqilariga ko‗tarilish bilan birga ilmiy tadqiqot ishlarini ham olib boradilar. Ular baland 

tog‗larda  joylashgan  meteorologik  stansiyalarda  ishlaydilar,  tog‗larda  quriladigan  gidroelektr  stansiya 

qurilishlarida  quruvchilarga  yordam  beradilar.  7  ming  metrdan  yuqori  bo‗lgan  balandliklarga  ilmiy 

apparatlarni o‗rnatadilar. 

                       

 

 



 

Uyga vazifa: Mavzuni o`qib kelish.  

 



17-   -Mashg‘ulot                                  Sana ____________ 

Mavzu: Yerning og‘irligi qancha?  

 Mashg‘ulot   maqsadi:  

Ta‘limiy maqsad: O`quvchilarni geografiya faniga bo`lgan qiziqishini oshirish. 

Tarbiyaviy maqsad:  Vatanimizga mehr-muhabbat hislarini shakllantirish. 

Rivojlantiruvchi  maqsad:O`quvchilarni  mustaqil  fikrlashga  o`rgatish,  nutq  madaniyatini  o`stirish,  o`z-

o`zini boshqarishga yo`naltirish, hozirjavoblik, topqirlik xususiyatlarini rivojlantirish. 

III. Yangi mavzu bayoni: 

Yer Koinotda muallaq turgani uchun uning vaznini tarozi pallasiga qo‘yib ulchab bulmaydi. Yerning vazni 

tugrisida  gapirilganda, avvalo, u tarkib topgan moddalar miqdori nazarda tutiladi. 

Yer Koinotda muallaq turgani uchun uning vaznini tarozi pallasiga qo‘yib ulchab bulmaydi. Yerning vazni 

tugrisida  gapirilganda, avvalo, u tarkib topgan moddalar miqdori nazarda tutiladi.                                         

  

Yerning massasi, taxminan, 5,976 sekstillion tonnani tashkil etadi. Yaxshiroq tasavvur qilishingiz uchun 



ushbu raqamni tula keltiramiz: 5 976 000 000 000 000 000 000 000. Olimlar Yerning massasi aynan 

shuncha ekanini qanday aniqlashgan?                                               

Ular buni aniqlash uchun ikki jismning uzaro tortishish qonunidan foydalanishadi. Gravitatsiya kuchi 

aynan shu tortishishga  boglik.. Oddiy so‘z bilan aytganda, ikki jismning uzaro tortishishi ularning massasi 

va o‘rtasidagi masofaga boglik.  Narsalar qancha katta bulsa, ular  bir-birini shuncha katta kuch bilan 

tortadi. Ular bir-biridan qancha olisda bulsa, bu kuch shuncha kichik buladi.                                                   

                                      

Yerning vazni quyidagicha ulchanadi: kichkina bir yuk ipga osib suyiladi, so‘ngra bu yukning holati 

o‘lchanadi. Usha yukning yoniga  bir tonna qurgoshin qo‘yiladi. Yuk va qo‘rgoshin urtasida tortishish 

paydo buladi, natijada yuk bir oz chetga ogadi. (Bu ogish  amalda 0,000 02 mm.ni tashkil qiladi. Shuning 

uziyoq o‘lchov qanchalik aniq, bo‘lishi lozimligini ko‘rsatadi.)    Olimlar bunday o‘lchashlardan keyin 

matematika yordamida Yerning vaznini hisoblab chikishdi. Ular Yerning vazniga  nisbatan tortish kuchini 

o‘lchashdi hamda bir tonna qurgoshin osigliq  turgan yukni uziga tortishini o‘lchashdi. Hisoblab  chiq;ilgan 

nisbiy farq Yerning massa-sini kursatadi.     

Massa nimadan hosil bo‘ladi?  Unga  qattiq  tog‘  jinslaridan iborat qobiq, mantiya deb ataladigan qattiq 

 jinslardan  iborat qatlam, so‘ngra ichki qism - yadro kiradi. 

 

Uyga vazifa: Mavzuni o`qib kelish.  



 

 

 




18 -Mashg‘ulot                                    Sana ____________ 

Mavzu:   YANGI YILNI QAYERDA QANDAY KUTISHADI 

 Mashg‘ulot   maqsadi: Ta‘limiy maqsad: O`quvchilarni geografiya faniga bo`lgan qiziqishini oshirish. 

Tarbiyaviy maqsad:  Vatanimizga mehr-muhabbat hislarini shakllantirish. 

Rivojlantiruvchi maqsad:O`quvchilarni mustaqil fikrlashga o`rgatish, nutq madaniyatini o`stirish, o`z-

o`zini boshqarishga yo`naltirish, hozirjavoblik, topqirlik xususiyatlarini rivojlantirish. 

II,O‘tgan  mashg‘ulot  yuzasidan muloqot  uyushtirish. 

III  Yangi  mavzu  bayoni:  Har  bir  xalqning  ota-bobolaridan  qolgan  urf-odatlari,  udumlari  bo‗ladi.  Yangi 

yilni bayram etish ham shunday odatlardan biridir. Biz Yangi yil haqida gapirar ekanmiz, beixtiyor ko‗z o 

‗ngimizda sovg‗a-salomli Qorbobo va yasatilgan archa gavdalanadi. Qorbobo qachondan buyon Yangi yil 

mehmoni bo‗la boshlagan? Qorboboning yoshi ming yildan ham ortiq qadimgi majusiylar diniy tasawuriga 

ko‗ra,  Qorbobo  shimolda  sovuq  shamol  tangrisining  timsoli  bo‗lgan.  Rivoyatlarda  aytilishicha  sovuq 

shamol tangrisi  — Qorbobo muzdan bunyod etilgan saroyda  yashab, har  yili qishda Quyosh  yuzini parda 

bilan  to'sib  qo‗yar  va  bahordagina  pardani  коЧагаг  ekan.  Vaqt  o‗tishi  bilan  Qorbobo  majusiylar 

e‘tiqodidagi  muqaddaslik  ramzini  yo‗qotadi  va  bizning  tushunchamizdagi  Qorboboga,  Yangi  yil  kirishi 

arafasida  xaltasini  sovg‗a-salomlar  bilan  to‗ldirib,  o‗rmondan  chiqib  keladigan,  insonlarga  baxtsaodat 

tilaydigan  Qorboboga  aylanadi.  Yangi  yil  bayramida  nega  archa  bezatiladi?  Shimol  xalqlari  bilan 

birgalikda  qadimgi  slavyan  xalqlarining  e‘tiqodiga  ko‗ra,  archa  baxt  keltiruvchi  daraxtdir.  Baxt  ramzi 

bo‗lmish  archa  keyinchalik  Yangi  yil  bayramlarida  odamlarning  uylaridan  o‗rin  oladigan  bo‗lib  qolgan. 

Yangi  yilni bayram qilish qachondan odat tusiga kirgan? Qadimgi vaqtlarda ko‗pchilik xalqlar 21-martni 

yil boshi hisoblab, shu kunni bayram qilishgan. Sharq xalqlarining barchasi, shuningdek, Italiya, Angliya, 

Rossiya  xalqlari  ham  Yangi  yilni  martda  kutib  olishgan.  21-  mart  muchal  yili  va  o‗n  ikki  buij  hisobi 

bo‗yicha  hutning,  binobarin,  yilning  oxirgi  kuni  boigan.  22-martdan  yangi  yilning  birinchi  oyi  —  hamal 

boshlangan. 21-martda quyosh nuri ekvatorga tik tushgan. Shu kuni yer sharining hamma joyida tun bilan 

kun  bir-biriga  teng  bo‗ladi.  Bunga  kecha-kunduz  baravarligi  deyiladi.  21-mart  bahorgi  kecha-kui'duz 

baravarligi  bo‗lib  hisoblanadi.  www.ziyouz.com  kutubxonasi  22-martdan  shimoliy  yarim  sharga  quyosh 

nuri  ko‗proq  tusha  boshlaydi.  Tabiat,  butun  borliq  jonlanadi,  dehqonchilikda  dolzarb  kunlar  boshlanadi. 

Qadim  zamonlarda  yangi  yilning  martda  kutib  olinganligining  boisi  ham  shu.  Yangi  yilni  1-yanvarda 

bayram  qilishni  dastlab  rimliklar  boshlagan.  Rossiyada  ham  Yangi  yil  awallari  martda  kutib  olingan. 

Ammo  Rossiyaning  janubida  martda  bahor  nafasi  esgan  paytda  shimoliy  o‗lkalarda  qahraton  qish  hukm 

suradi.  Shuni  e‘tiborga  olib,  Rossiyada  yangi  yilni  kuzda,  sentabrda  kutib  olish  rasm  qilinadi.  Pyotr  I 

davridan boshlab Rossiyada ham yangi yil 1- yanvardan bayram qilinadigan bo‗ladi. 1699- yil 15-dekabrda 

Pyotr  I  tomonidan  chiqarilgan  farmonda:  «...yil  sanasi  bundan  buyon...  Iso  payg‗ambaming  tug‗ilgan 

kunidan  8  kun  o  ‗tkazib  boshlansin,  yangi  yil  1-sentabrda  emas,  1700-yilning  birinchi  yanvarida 

boshlangan  deb  hisoblansin»  deyilgan.  Shu  farmonda  yana  «Yangi  yil  boshlanishi  munosabati  bilan 

kishilar 

bir-birlarini 

Yangi 


yil 

bayrami 


bilan 

tabriklasinlar.                                            

 

 

Uyga vazifa : Mavzu boyicha ma'lumot toplab kelish 



 

 

 



 

 



19-   Mashg‘ulot                                     Sana ____________ 

Mavzu:  YANGI YILNI KIMLAR BIRINCHI BO‗LIB KUTIB OLADI? 

 Mashg‘ulot    maqsadi:  

Ta‘limiy maqsad: O`quvchilarni geografiya faniga bo`lgan qiziqishini oshirish. 

Tarbiyaviy maqsad:  Vatanimizga mehr-muhabbat hislarini shakllantirish. 

Rivojlantiruvchi  maqsad:O`quvchilarni  mustaqil  fikrlashga  o`rgatish,  nutq  madaniyatini  o`stirish,  o`z-

o`zini boshqarishga yo`naltirish, hozirjavoblik, topqirlik xususiyatlarini rivojlantirish. 

II,O’tgan  mashg’ulot  yuzasidan muloqot  uyushtirish. 

III. Yangi  mavzu  bayoni:Yaponlar qadimdan o‘z  yurtlarini  «kun chiqar mamlakat» deb  atashadi.  Yer shari bo‘yicha 

yangi kun va yangi yilni birinchi boiib yaponlar kutib oladi, degan fikr ularning miyasiga singib qolgan. Aslida bunday 

emas, chunki har bir yangi kun kabi yangi yil  ham  sanalar  o  ‘zgarish  chizigidan  boshlanadi.  180°-meridian  sanalar 

o‘zgarish  chizigi  deb  qabul  qilinganligi  va  bu  chiziq  Osiyo  bilan  Amerikani  bir-biridan  ajratib  turgan  Bering 

bo‘g‘ozidan  o‘tishi  yuqorida  aytilgan  edi.  Sanalar  o‘zgarish  chizigiga  eng  yaqin  hudud  esa  Rossiyaning  sharqiy 

chekkasi,  ya’ni  Chukotka  yarimorolidir.  Demak,  yangi  yilni  Chukotka  yarim  orolida  istiqomat  qiluvchi  xalqlar 

dunyoda birinchi boiib kutib oladi. Sayyoramizda yangi yil boshlanib rosa ikki soat o‘tgandan keyingina Yaponiyaga 

yetib keladi. Yaponlar yangi yilni Chukotka xalqlaridan ikki soat keyin kutib oladilar. Chukotkada boshlangan yangi 

yilni  mongollar chukotkaliklardan  5  soat keyin,  toshkentliklar  7  soat keyin, samarqandliklar 8  soat keyin,  Moskva, 

Sankt-Peterburg va Kiyev aholisi 10 soat keyin, fransuzlar va inglizlar 12 soat keyin, kubaliklar va nyu-yorkliklar 17 

soat keyin kutib oladi. YANGI YIL NECHANCHI YIL? Hammamiz dekabr oyi boshidayoq yangi yilni kutish taraddudiga 

tushib  qolamiz.  Sarvqomat,  yam-yashil  archa,  saxiy  Qorbobo,  sovg‘a-salomlar,  shinam  bayram  dasturxoni, 

tabriknomalar,  ezgu  tilaklar  —  bular  biz  uchun  odat  boiib  qolgan.  Ammo  yangi  yil  boshqa  oylarda  ham  bayram 

qilinishini bilasizmi? Axir, mart oyidagi Navro‘z ham yangi yil bayrami-da! Bunda sumalak, yalpiz somsa pishiriladi. 

Yoshlar qir-adirlarga lola sayliga chiqishadi. Navro‘z faqat bizdagina emas, Afg‘oniston, Eron, Iroq, Pokistonda ham 

yangi yil boshi. Buning ilmiy sababi ham bor. www.ziyouz.com kutubxonasi Quyosh 21-mart kuni ekvator ustida tik 

turadi,  keyinchalik  shimoliy  yarimsharga  ko‘proq  yog‘du  bera  boshlaydi,  o‘lkamizga  bahor  va  yoz  keltiradi.  Shu 

kezda  dehqon  dalaga  chiqadi,  ko‘chat  o‘tqazadi  —  tabiat  uyg‘onadi.  Afg‘oniston  poytaxti  Kobul  shahrida  Bog‘i 

Bobur deyiladigan oromgoh bor. Zahiriddin Muhammad Bobur o‘sha yerga dafn etilgan. Har yili Navro‘z kunlarida 

muxlislar shu bog‘ ichiga ko‘chat o‘tqazadilar. Sanab o‘tilgan mamlakatlarda Navro‘z bayrami 12 kun davom etadi. 

Efiopiyada  yangi  yil  sentabr  oyi  o‘rtalariga  to  ‘g‘ri  keladi.  Shu  kuni  hamma  daryoda  cho‘miladi,  tunda  mash’ala 

yoqib,  raqsga  tushadi.  Birmaliklar  yangi  yilni  bahor  faslida  —  17-aprelda  tinjan  m  a’rakasi  bilan  boshlashadi. 

Odamlar  shlangdan,  chelakdan,  suvotar  to  ‘pponchalardan  bir-birlarini  suvga  bo‘ktirishadi.  Hech  kim  qochib 

qutulolmaydi,  hech  kim  xafa  ham  bo‘lmaydi.  Shunaqa  bayram-da,  yangi  yil  ularda.  Malayziya  ahli  esa  bir  yilda 

to‘rtta  yangi  yilni  nishonlashadi:  yevropacha  yangi  yil,  hindcha,  xitoycha  va  musulmoncha  yangi  yil.  Millati,  dini, 

yoshi va jinsiga qaramay, kimning bayrami bo‘lishidan qat’i nazar, hamma aralashib ketaveradi. Vyetnamliklar yangi 

yilni fevral oyida kutishadi. Eng chekka shimolda  — Grenlandiya va Kanada shimolida yashovchi eskimoslar uchun 

qutbiy  tunlar  tugagan  kun  yangi  yil  boshi  boiadi.  Yangi  yilni  har  yerda  har  kim  turli  vaqtda  kutib  olsa,  yil  sanog‘i 

qanday bolarkin? Bizda nechanchi yil deb so‘rasangiz bog‘cha bolasi ham «2010-yil!» deb javob beradi. Bu xalqaro, 

butun  dunyoda  qabul  qilingan  yil  hisobi,  Grigoriy  kalendari  ekanligi  m  a’lum.  Ammo  dunyoning  ko‘pgina 

mamlakatlarida bu xalqaro yil hisobi bilan bir qatorda mahalliy yil hisoblari ham bor. Arabiston, Eron, Afg‘oniston va 

Pokiston singari mamlakatlarda Oy kalendari-sanasi Qamariya bo‘yicha mart oyidan boshlab 1427-hijriy yil kirgan. 

Eronda maxsus  yil hisobi ham  qabul qilingan.  Eron  kalendari  miloddan  awalgi  558-yildan boshlangan  —  o‘sha yili 

qadimgi  Eron  shohi  Qurush  (Kir)  taxtga  o  ‘tirgan  ekan.  Demak,  bizdagi  2006-yil  mart  oyidan  Eronda  2564-yil 

boshlangan.  Isroil  davlatining  ham  milliy  —  diniy  yili  bor.  Yahudiylar  kalendari  «dunyo  yaratilish»  afsonasidan 

boshlanadi. Emishki,i odamzod — Odamato miloddan 3761-yil muqaddam paydo boigan. U yilni hozirgi yil bilan jam 

qilinsa, Isroil davlatidagi 5767-yil hosil boiadi. 

                                                                                          

 

Uyga vazifa : Mavzu boyicha ma'lumot toplab kelish. test krassvordlar tuzib kelish 



 


20-  Mashg‘ulot                                      Sana ____________ 

Mavzu:   O

ylar nomlarining kelib chiqishi

 

 Mashg‘ulot  maqsadi:  



Ta‘limiy maqsad: O`quvchilarni geografiya faniga bo`lgan qiziqishini oshirish. 

Tarbiyaviy maqsad:  Vatanimizga mehr-muhabbat hislarini shakllantirish. 

Rivojlantiruvchi  maqsad:O`quvchilarni  mustaqil  fikrlashga  o`rgatish,  nutq  madaniyatini  o`stirish,  o`z-

o`zini boshqarishga yo`naltirish, hozirjavoblik, topqirlik xususiyatlarini rivojlantirish. 

II,O‘tgan  mashg‘ulot  yuzasidan muloqot  uyushtirish. 

III. Yangi mavzu bayoni: Qadimgi Rimda Oy kalendari (qamariy kalendar) ga amal qilingan. Bu kalendar bo‘yicha bir 

yil 10 oydan — 304 kundan iborat bo‘lgan.  Awaliga oylarning nomi bo‘lmagan, ular tartib raqami bilan yuritilgan. 

Rimliklarning  304  kunlik  yili  na  Oy  yili  hisobiga  va  na  Quyosh  yili  hisobiga  to‘g‘ri  kelar  edi.  Shuni  nazarda  tutib, 

eramizdan awalgi VII asrda islohot o‘tkazilib, kalendar yiliga yana ikki oy: o‘n birinchi yanvar va o‘n ikkinchi — fevral 

oylari  qo‘shiladi.  Shunday  qilib,  qadimgi  rimliklarning  o  ‘n  oylik  kalendari  o‘n  ikki  oylik  kalendarga  aylandi.  Bu 

kalendar  hozir  amal  qilib  kelinayotgan  kalendaming  asosini  tashkil  etdi.  Islohotdan  oldingi  qadimgi  rimliklar 

kalendaridagi  oylar  nomi  12  oylik  kalendarda  ham  saqlanib  qolgan.  10  oylik  kalendarda  yangi  yil  bahorda 

boshlangan. Ko'pchilik kalendarlarda, shu jumladan, qadimgi rimliklar kalendarida yilning birinchi oyi mart boigan. 

Bu  oy  urush  xudosi,  dehqonlar  va  chorvadorlar  homiysi  Mars  sharafiga  mart  deb  atalgan  (mart  martius  so‘zidan 

olingan).  Maqbul kalendarlardan  biri hisoblangan  Umar  Xayyom  kalendarida ham  yil mart oyidan  boshlangan. XV 

asrgacha  Rossiyada  ham  yangi  yil  mart  oyidan  boshlangan.  Hozirgi  kalendarda  mart  yilning  uchinchi  oyidir. 

Kalendarimizdagi to‘rtinchi oyning nomi aprel (aprilis) lotincha «apfire» degan so‘zdan kelib chiqqan. Apfire  — o‘z 

in’omlarini namoyon qiluvchi degan m a’noni bildiradi. Boshqa manbalarda aprel so‘zi ma’buda Afrodit — go‘zallik, 

muhabbat,  shuningdek,  hosildorlik  tangrisi  nomidan  kelib  chiqqan  deyiladi.  Aprel  —  bahor  oyi,  butun  borliq 

uyg‘onib  kishilarga orom  bagishlaydigan  oy;  bahorda  hatto  keksalar ham  o‘zlarini go‘yo  yasharayotgandek, ancha 

bardam  his  qiladi.  Aprelda  kelgusi  hosil  uchun  taraddud  boshlanadi.  Birinchi  aprel  —  xushchaqchaqlik  kuni. 

Xushchaqchaqlikni  hazil-mutoyibasiz,  kulgisiz  tasaw  ur  qilish  qiyin.  Ko‘ngil    kutubxonasi  ochish,  kulish  maqsadida 

Pyotr  I  zamonidayoq  1-aprelda  birbirini  hazillashib  aldash  odat  tusiga  kirgan.  Kalendarimizdagi  beshinchi  oyning 

nomi may (mayus) m a’buda Mayya ismidan olingan: Qadimgi rimliklar e’tiqodi bo‘yicha, Mayya Merkuriyning onasi 

—  Yer  tangrisidir.  May  —  go‘zallik,  shod-xurramlik  oyi  hisoblanadi.  Kalendarimizdagi  oltinchi  oyning  nomi  iyun 

(yunius) qadimgi rimliklar e ’tiqodiga ko‘ra, Yupiter xotini — ma’buda Yunona sharafiga atalgan. Afsonalarga ko‘ra, 

Yunona  Oy  xudosi,  ayollar  homiysi  boiib,  er-xotinga  qo‘sha  qarishni,  uvali-juvali  boiishni  ravo  ko‘rarkan. 

Kalendarimizdagi yettinchi oyning nomi Rim davlat arbobi va lashkarboshisi Yuliy Sezar (eramizgacha 100—44-y.y.) 

sharafiga iyul deb atalgan. Eramizdan oldingi 46-yilda Yuliy Sezar tashabbusi bilan 12 oylik shamsiy kalendar isloh 

etilgan  va  Yuliy  kalendari  deb  yuritiladigan  boigan.  Kalendarimizdagi  sakkizinchi  oyning  nomi  Rim  imperatori 

Oktavian Avgust sharafiga (eramizning 14-yili) avgust deb atalgan. Imperator Avgust—Yuliy Sezarning nabira jiyani 

— vorisidir. U vaqt (kalendar) hisobidan to‘planib qolgan farqni isloh qilib tugatgan. Kalendarimizdagi to ‘qqizinchi 

oy — sentabrning nom i (qadimgi rimliklarning 10 oylik kalendarida bu yettinchi oy hisoblanadi) lotincha September 

(septem  —  yetti degani) so‘zidan  olingan. Kalendarimizdagi  o  ‘ninchi  oy  (qadimgi rimliklar kalendarida sakkizinchi 

oy) lotincha oktober so‘zidan olinib, oktabr deb atalgan (okto — sakkiz degani). Kalendarimizdagi o‘n birinchi oy — 

noyabming nomi lotincha november so‘zidan olingan. Qadimgi rimliklar kalendarida bu to‘qqizinchi oydir, lotincha 

novem  so‘zi  to‘qqiz  degan  m  a’noni  bildiradi.  Kalendarimizdagi  o  ‘n  ikkinchi  oyning  nomi  —  dekabr  lotincha 

desember so‘zidan olingan, chunki bu oy qadimgi rimliklar kalendarida o ‘ninchi oy boiib hisoblanadi (dekem — o‘n 

degan  ma’noni bildiradi).  Yuliy kalendaridagi  o‘n  birinchi  oy ikki yuzli xudo  Yanus sharafiga yanuarius (yanva) deb 

atalgan. Rimliklarning e’tiqodicha, ikki yuzli xudo Yanus har bir narsaning boshi va oxirining homiysi boigan emish. 

Hozirgi kalendarda yanvar yilning birinchi oyi hisoblanadi, rimliklar kalendarining oxirgi — o‘n ikkinchi oyi fevraldir.  

Fevral  lotincha  «februum»  so‘zidan  olingan.  Rimliklar  bu  oxirgi  oyga  oiiklar  tangrisi  Februariy  nomiga  bag‘ishlab 

februarius  deb  nom  bergan.  Lotincha  «februarius»  so‘zi  —  tozalanish,  poklanish  degan  m  a’noni  ham  bildiradi. 

Fevral hozirgi kalendarning ikkinchi oyi hisoblanadi 

                                                                                                            

 

Uyga vazifa : Mavzuni oqib mavzu boyicha ma'lumot to'plab kelish. 




21        Mmashg‘ulot                             Sana ____________ 

Mavzu: 


OB-HAVO INJIQLIKLARI

 

 Mashg‘ulot  maqsadi:  



Ta‘limiy maqsad: O`quvchilarni geografiya faniga bo`lgan qiziqishini oshirish. 

Tarbiyaviy maqsad:  Vatanimizga mehr-muhabbat hislarini shakllantirish. 

Rivojlantiruvchi  maqsad:O`quvchilarni  mustaqil  fikrlashga  o`rgatish,  nutq  madaniyatini  o`stirish,  o`z-

o`zini boshqarishga yo`naltirish, hozirjavoblik, topqirlik xususiyatlarini rivojlantirish. 

II,O‘tgan  mashg‘ulot  yuzasidan muloqot  uyushtirish. 

III. Yangi mavzu bayoni: 

Sayyoramiz atmosferasi pastki qatlamining holati  va  uning  turli-tuman  o‘zgarishlari ob-havo  deb  ataladi.  Ob-havo 

so‘zini m a’lum vaqtda muayyan joydagi havoning holati deb tushunish kerak. Ob-havo mudom o ‘zgarib, turli tabiat 

hodisalari ro‘y berib turadi. 1976-yilda yer sharida ob-havo misli ko‘rilmagan darajada o ‘zgarib, turli ofatlar keltirib 

chiqardi. Masalan, G ‘arbiy Yevropada, chunonchi, Angliya, Fransiya, Belgiya va Italiyada so‘nggi yuz yil mobaynida 

haddan tashqari issiq va qurg‘oqchilik bo‘ldi. Shu tufayli bu mamlakatlarning ba’zi o‘lkalarida o  ‘rmonlarda yong‘in 

chiqdi.  Sena,  Temza,  Reyn  va  Maas  kabi  daryolar  benihoya  sayozlandi.  Angliya  hatto  xorijiy  ellardan  ichimlik  suv 

sotib olishga majbur bo‘ldi. Keyin ob-havo yana o ‘zgarib, bir necha kun to ‘xtovsiz jala quyib, ko‘p joylami suv bosdi, 

qurg‘oqchilikdan omon qolgan don ekinlari namgarchilikdan nobud bo‘ldi. Yer sharining boshqa joylarida ham ob-

havoga  bog‘liq  tabiat  hodisalari  ro‘y  berdi.  Masalan,  Braziliyada  to  ‘rt  oy  davom  etgan  qurg‘oqchilikdan  so‘ng 

to‘satdan qor yog‘di. Qizig‘i shundaki, braziliyaliklaming ko‘pchiligi umrida qor ko‘rmagan, chunki bu o‘lkada deyarli 

qor  yog‘maydi.  Argentinaning  ayrim  joylarida  havoning  harorati  —7°C  gacha  pasayib  ketdi.  Afrikada  Sahroi 

Kabirning  janubida  joylashgan  mamlakatlar  qurg‘oqchilik  dastidan  katta  zarar  ko‘rsa,  subtropik  o‘lkalar 

toshqiniardan  ozor  chekdi.  Ob-havoning  bu  qadar  katta  ko'lamdagi  ofatlarni  keltirib  chiqarajagini  hatto 

meteorologlar  ham  oldindan  bilolmadilar.  Ular  XX  asr  mobaynida  yer  sharida  iqlim  shu  tarzda  uch  marta  keskin 

o‘zgarganligini qayd qilganlar, xolos. Iqlimning  dastlabki  o  ‘zgarishi  1920-yilda sodir bo‘lgan, shu vaqtda Arktikada 

iqlim  birdaniga  ilib  ketgan.  1940-yillardan  boshlab  shimoliy  yarimsharda  iqlim  yana  soviy  boshlaydi,  keyin  tag‘in 

biroz  isiydi.  1969  va  1976-yillarda  0  ‘zbekistonda  qish  ancha  sovuq  keldi,  1977-yil  bahorida  yog‘ingarchilik  kam 

bo‘ldi.  Keyingi  yillardagi  ob-havo  o‘zgarishlariga  qarab  iqlim  keskin  o  ‘zgarmoqda  desa  bo‘ladimi?  Bu  shunchaki, 

oddiy  masala  ham  emas,  shu  bilan  birga  bekorchi  gap  ham  emas.  Iqlim  qadimdan  o  ‘zgarib  kelmoqda,  iqlimning 

o‘zgarishi  davriy  xarakterga ega. 0  ‘tgan million  yillar  mobaynida shimoliy  yarimsharda  bir necha muzlanish  davri 

kuzatilgan.  Muzlanish  davrida  Yevropa,  Osiyo  va  Shimoliy  Amerikaning  katta  qismlari  qalin  muz  qatlami  bilan 

qoplangan.  Muzlanish  davrlari  almashinib  turadi.  Bir  muzlanish  davridan  ikkinchi  muzlanish  davrigacha  taxminan 

10—12 ming yil vaqt o‘tadi. Juda uzoq davom etadigan bu oraliq davrda ham nisbatan qisqa vaqt iqlim o‘zgarishlari 

ro‘y  beradi.  Masalan,  1600—1850-yillar  oralig‘ida  undan  keyingi  yillardagiga  nisbatan  iqlim  sovuqroq  bo‘lgan. 

Yuqorida  aytib  o‘tilganidek,  XX  asming  birinchi  yarmida  Arktika  ancha  ilidi.  1940-yillardan  to  1972-yilgacha  iqlim 

yana sovigan.  Hozir yer sharining ayrim  joylarida  iqlim  ilimoqda.  Ob-havodagi bunday  o‘zgarishlarga asosiy sabab 

Quyosh faoliyatidagi tebranishlardir.   

 

 



Uyga vazifa : Mavzuni o'qib test krassvordlar tuzib kelish  


 

22   Mmashg‘ulot Sana ____________ 

Mavzu:  

CH O ‗LDAGI KUY YA SAMUM

 

  Mashg‘ulot maqsadi:  



Ta‘limiy maqsad: O`quvchilarni geografiya faniga bo`lgan qiziqishini oshirish. 

Tarbiyaviy maqsad:  Vatanimizga mehr-muhabbat hislarini shakllantirish. 

Rivojlantiruvchi  maqsad:O`quvchilarni  mustaqil  fikrlashga  o`rgatish,  nutq  madaniyatini  o`stirish,  o`z-

o`zini boshqarishga yo`naltirish, hozirjavoblik, topqirlik xususiyatlarini rivojlantirish. 

II,O‘tgan  mashg‘ulot  yuzasidan muloqot  uyushtirish. 

III. Yangi mavzu bayoni: 

Choidagi eng dahshatli va mudhish hodisa  — samum deb ataluvchi shamoldir.  Bu shamol esganda cho‘1 bamisoli 

kuylaydi.  Havoga  ko‘tarilgan  chang-to‘zon  Quyoshni  to  ‘sib  qo‘yadi,  havo  juda  ogirlashadi,  nihoyat  darajada  qizib 

ketadi,  kishining  nafas  olishi  qiyinlashadi.  Rus  sayyohi  A.V.  Yeliseyev  Sahroi  Kabirda  boigan  samumni  bunday 

tasvirlaydi:  «Karvonimiz  uch  kun  yurgandan  keyin  с  h  o  i  xuddi  tuman  tushgandek  qorongilasha  boshladi.  Y  o  i 

boshlovchilar  bir  mudhish  hodisani  sezayotgandek,  bir-birlariga  qarab  qo‘yishdi.  Nimagadir  ko‘ngil  g‘ash.  Quyosh 

qattiq qizdirar, havo diqqinafas, tevarak-atrofda sokinlik hukm surardi. Bir necha soatlab  y o i yursak ham qizigan 

qum dengizida hayot asari ko‘rinmadi. Tush paytida dam olish uchun to ‘xtadik va jazirama issiqdan qochib chodir 

ichiga  bekindik.  Shu  payt  qizigan  havoda  qandaydir  sirli  ohang  quloqlarga  chalindi,  ohang  tobora  zo‘rayib,  goh 

hamma tomondan eshitilayotgandek, goh osmondan kelib yer bag‘riga singib ketayotwww.ziyouz.com kutubxonasi 

gandek tuyulardi.  Y o i boshlovchilardan  biri:  «Qumning  kuylashi  yaxshilikka olib  bormaydi.  Qum kuylab shamolni 

chaqiradi, shamol ketidan ajal keladi», deb qo‘ydi. Qum goh sho‘x, goh g‘amgin ohangdor kuylardi; jonsiz qumning 

kuylayotganiga odamning ishongisi kelmasdi. To‘satdan kuy to'xtadi. Atrofni sukunat bosdi. Tuyalar ham dahshatli 

shamol yaqinlashib kelayotganini sezgandek bezovtalana boshladi. Shamol turib, chodirimiz yaqinidagi baland qum 

tepaligidan  qumlarni sekin-asta uchirib, atrofdagi  qum  uyumlarini ham  to  ‘zg‘ita boshladi; havo  xiralashdi, osmon 

go‘yo  yerga  yaqinlashgandek  ko‘rindi.  Janub  tomonni  qizg‘ish  changto'zon  qoplab  oldi.  Shiddat  bilan  osmonga 

ko‘tarilgan  changto  ‘zon  bir  necha  minut  o‘tar-o‘tmas  Quyoshni  to‘sib  qo‘ydi.  Qum  bo‘ronining  tezligi  oshaverdi. 

Havo  juda  dim  boiib  qoldi.  Hatto  tuyalar  ham  nafas  olishga  qiynalishardi.  Tevarak-atrof  qoramtir-qizgish  to  ‘zon 

ichida  qoldi.  Shu  on  yana  yigiga  o‘xshash,  g‘alati  ovoz  eshitila  boshladi.  Xullas,  qum  bo‘roni  yer  yuzidagi  jamiki 

mavjudotni sidirib olib ketgudek b o ia r edi. Biz qandaydir ofat yaqinlashib kelayotganini sezib, vahimaga tushdik, 

buni  samum  deyishga  tilimiz  kelmas  edi.  Yaqinlashib  kelayotgan  mash’um  samumni  xuddi  qismatimizni 

kutayotgandek kutardik-u, ammo u bilan kurashishga ojiz edik. Qum kuylay boshlab, yarim soat o‘tgach, tabiatning 

eng dahshatli hodisasi — samumning markazida qoldik. Endi, muloyim kuy to‘s-to‘poloni chiqayotgan qumlarning 

shovqiniga  aylandi.  Bunday  dahshatli  shovqinni  biron  narsaga  o‘xshatish  qiyin.      Samum  tabiatda  bo‘ladigan 

hodisalarning atigi bittasidir 

 

Uyga vazifa : Yangi mavzuni oqib mavzu boyicha malumot toplab kelish  



 


 

23-  Mmashg‘ulot                                    Sana ____________ 

Mavzu:  

QUYUNLAR


 

  Mashg‘ulot maqsadi:  

Ta‘limiy maqsad: O`quvchilarni geografiya faniga bo`lgan qiziqishini oshirish. 

Tarbiyaviy maqsad:  Vatanimizga mehr-muhabbat hislarini shakllantirish. 

Rivojlantiruvchi  maqsad:O`quvchilarni  mustaqil  fikrlashga  o`rgatish,  nutq  madaniyatini  o`stirish,  o`z-

o`zini boshqarishga yo`naltirish, hozirjavoblik, topqirlik xususiyatlarini rivojlantirish. 

II,O‘tgan  mashg‘ulot  yuzasidan muloqot  uyushtirish. 

III. Yangi mavzu bayoni: 

M  o‗tadil  kengliklarda  ham  kuchli  dovullar  bo‗lib  turadi.  Shimoliy  Amerikada  bo‗ladigan  dovulni 

«tornado»  deb  yuritishadi  («tornado»  ispancha  so‗z  bo‗lib,  «uyurma»  degan  m  a‘noni  bildiradi).  AQSH 

dagi  gazetalardan  birida  mana  bunday  satrlar  bosilgan edi:  «Biz  bilan  «tornado»  orasidagi  masofa  tobora 

qisqarib  to‗rt-besh  kilometr  bo‗lib  qolganda  uning  bir  uchi  yergacha  yetib  keldi,  shu  vaqt  to‗satdan 

shunday  qattiq  shovqin  chiqdiki,  oramizdagi  eng  dovyurak  kishilar  ham  jonini  hovuchlab  qoldilar. 

«Tornado» daryodan o ‗tib, eng chekkadagi bir uyning oldiga yetib keldi va bolaxonali bu uyni poydevori 

bilan  birga  o‗ttiz  besh  metrcha  nariga  uloqtirib  tashladi.  Uning  yonginasidagi  yana  bir  uy  ham  shimoli 

g‗arb  tomon  to‗rt-besh  metr  siljib,  xuddi  ichida  bomba  portlaganday,  devorlari  turli  tarafga  otildi. 

«Tornado»  uylarnigina  emas,  odamlarni  ham  uzoqqa  uloqtirib  tashladi,  xizmatkor  ikki  qo‗lidan  ajradi, 

fermer devor tagida qolib halok bo‗ldi, uning sho‗rlik qizini quyun yetmish metrcha masofaga uchirib ketib 

temir  panjaraga  urdi  ...»  (30-  rasm).  «Tornado»  hatto  avtomobillarni  ham  uchirib  ketadi.  Bunchalik 

vayrongarchilikka  sabab  bo‗lgan  «tomado»ning  o  ‗zi  nima?  Amerikada  «tornado»  deb  ataladigan  qattiq 

shamolni bizda «quyun» deyishadi. Quyun yer yuzining hamma joyida quruqlikda ham, suvda ham, ba‘zi 

joylarda tez-tez, ayrim joylarda kam sodir bo‗lib turadi. Dengiz quyunini o‗z ko‗zi bilan ko‗rgan kishining 

hikoyasi: «Ro‗paramizda ulkan tutun ustuni paydo bo‗ldi. Unga yaqinlashib qolganimizda kichikroq yana 

bir ustun ko‗zga tashlandi. Ajabo, dengizda tutun nima qiladi?! Biz tutun deb o‗ylagan ustun bug‗ va suv 

qatralaridan  tarkib  topgan  ekan.  Fil  www.ziyouz.com  kutubxonasi  30-pasm.  Quyun.  xartumini  eslatuvchi 

bu  suv  ustuni  naq  bulutga  qadar  bo‗y  cho‗zgan  —  balandligi  350  metrcha  kelardi».  Tabiatda  bunday 

g‗aroyibotlarni  vujudga  keltiruvchi  kuch  —  havo  oqimlaridir.  Havoning  bunday  harakatlanishiga  sabab 

nima?  Dengiz,  daryo  va  anhorlardagi  girdobni  har  birimiz  ko‗rganmiz.  M  a‘lumki,  girdob  to‗g‗onlar 

atrofida, ko‗prik ustunlari, umuman, suv yoiidagi to‗siqlar oldida tez-tez hosil boiib turadi. Buning sababini 

tushunish  qiyin  emas.  Oqar  suv  to‗siqqa  urilib  orqasiga  qaytganida  orqadan  «bostirib»  kelayotgan  suv 

oqimi  bilan  to  ‗qnashadi,  natijada  girgirakka  o‗xshab  aylana  boshlaydi.  Quyun  vujudga  kelishi  uchun 

Quyosh nurlari yer sathini qattiq qizitishi hamda havoning yonma-yon qatlamlari o‗rtasidagi harorat bilan 

havo bosimi o‗rtasida katta tafovut boiishi kerak. Suv to ‗siqqa urilib girdob hosil  qilganidek, yerdan ko‗- 

tarilayotgan  issiq  havo  oqimi  ham  sovuqroq  havo  oqimiga  urilib  aylana  boshlaydi,  buning  natijasida 

uyurma hosil boiib, shiddat bilan yuqori ko‗tariladi, yengilroq narsalami, ba‘zan esa imoratlarning tomini 

ham «varrak qilib» uchirib ketadi. Quyunlar aksari hollarda elektr zaryadiga ega boiadi  

          

 

Uyga vazifa : Yangi mavzuni o'qib qo'shimcha ma'lumotlar to'plab kelish 



 


24-  Mashg‘ulot                                    Sana ____________ 

Mavzu: 


DUNYODAGI ENG UZUN DARYO

 

 Mashg‘ulot maqsadi:  



Ta‘limiy maqsad: O`quvchilarni geografiya faniga bo`lgan qiziqishini oshirish. 

Tarbiyaviy maqsad:  Vatanimizga mehr-muhabbat hislarini shakllantirish. 

Rivojlantiruvchi  maqsad:O`quvchilarni  mustaqil  fikrlashga  o`rgatish,  nutq  madaniyatini  o`stirish,  o`z-

o`zini boshqarishga yo`naltirish, hozirjavoblik, topqirlik xususiyatlarini rivojlantirish. 

II,O‘tgan  mashg‘ulot  yuzasidan muloqot  uyushtirish. 

III. Yangi mavzu bayoni: 

Ko‗pincha, Nil daryosi Viktoriya koiidan boshlanadi, deb hisoblaniladi. Bu — noto‗g‗ri fikr. Aniqrog‗i, Nil 

daryosi Viktoriya ko‗lidan oqib o ‗tadi. Nil daryosi Viktoriya ko‗liga quyiladigan Kagera daryosidan 

boshlanib 0 ‗rta yer dengizga quyiladi. Nil daryosining uzunligi 6671 kilometr. U yer sharidagi eng uzun 

daryodir. Nil daryosining boshlanish joyida qayiqqa o‗tirgan kishi har kuni 100 kilometr y o i bosib o‗tsa, 

daryoning deltasiga, Qohiraga ikki oydan keyingina yetib keladi. Nil daryosi suvidan, asosan, Misrning 

shimolida yashovchi kishilargina bahramand bo‗ladilar. Eramizdan oldingi V asrda yashagan yunon olimi 

Geradot «Misr Nilning sovg‗asidir» degan. Darvoqe, qadimgi madaniyat markazlaridan biri — Misr Nil 

daryosi tufayligina vujudga kelgan. Har yili kuzda, ya‘ni oktabr-noyabr oylarida Nil daryosi 40 kun 

toshadi. Toshqin paytida qishloqlarni suv bosmasligi uchun ular nisbatan balandroq joylarga qurilgan. 

Toshqin vaqtida qishloqlardagi aholi bir-birlari bilan qayiqlar yordamida aloqa bogiaydi. Shunga qaramay, 

Nil daryosining toshishidan aholi faqat xursand boiadi, chunki suv qancha ko‗p toshsa, ekin hosili shuncha 

m o i boiadi. Suv qaytgandan keyin yerlarda unumli loyqa qatlami qoladi, dehqon (fallax)lar ekin ekishga 

kirishadilar. Bahorda hosil yigishtirib olingandan keyin yerlar yoz bo‗yi yana qaqrab yotaveradi. Viktoriya 

koiidan oqib chiquvchi daryo Viktoriya-Nil daryosi deyilib, Kioga koiiga quyiladi. Kioga koiidan oqib o 

‗tgach 40—50 metrcha balandlikdan tushib Myorchison sharsharasini vujudga keltiradi, keyin Albert 

koiiga quyiladi.  N il daryosi. shara suvi pastga tushayotganda changdek mayda zarralarga bo‗linib ketadi, 

bu suv zarralari quyosh nurida rang-barang tovlanib, chiroyli kamalak hosil qiladi. Albert ko‗lidan Albert-

Nil daryosi oqib chiqadi. Bu daryo tog‗lar orasidan o‗tib ostona va daralar hosil qilganligi uchun Bahril 

Jabal, ya‘ni «Tog‗ daryosi» deb yuritiladi. Bahril Jabal daryosiga o‗ng tomondan Habashiston tog‗idan 

Sobat daryosi kelib qo‗shilgandan keyin daryo Oq Nil—Bahril Abyod nomi bilan atala boshlaydi. Bahril 

Abyod sohillarida kiyiklar, tuyaqushlar, fillar, begemot, hatto sher ham uchraydi. Yowoyi hayvonlar 

ba‘zan qishloq, hatto shahar aholisini ham bezovta qilib turadi. Oq Nilning Tana ko‗lidan oqib chiqqan 

Ko‗k Nil (Bahril Azrok) bilan qo‗shilishidan haqiqiy Nil daryosi hosil bo‗ladi. Xartum shahridan 

Asvongacha Nil daryosi 6 ta ostona hosil qilib oqadi

 

 

Uyga vazifa : Yangi mavzuni o'qib mavzu boyicha qo'shimcha ma'lumot to'plab kelish  



 

 

 



 


25- mashg‘ulot                                     Sana ____________ 

Mavzu:  


VIKTORIYA SHARSHARASI

 

 Mashg‘ulot  maqsadi:  



Ta‘limiy maqsad: O`quvchilarni geografiya faniga bo`lgan qiziqishini oshirish. 

Tarbiyaviy maqsad:  Vatanimizga mehr-muhabbat hislarini shakllantirish. 

Rivojlantiruvchi  maqsad:O`quvchilarni  mustaqil  fikrlashga  o`rgatish,  nutq  madaniyatini  o`stirish,  o`z-

o`zini boshqarishga yo`naltirish, hozirjavoblik, topqirlik xususiyatlarini rivojlantirish. 

II,O‘tgan  mashg‘ulot  yuzasidan muloqot  uyushtirish. 

III. Yangi mavzu bayoni: 

Tabiat  yaratgan  ajoyib  m  o‗jizalardan  biri  hisoblanuvchi  Viktoriya  sharsharasini  1855-yili  sayyoh  D. 

Livingston  kashf  etgan.  Zambezi  daryosi  bo‗ylab  daraxtzorlar  orasidan  o‗tib  borayotib,  sayyoh,  uzoqda 

tutunga  o‗xshash  «bulutni»  ko‗rib  qolgan.  Qalin  o‗rmondagi  daraxtlami  ko‗p  mashaqqatlar  bilan  oralab 

«bulut»ga  yaqinlashgan sari o‗sha tomondan eshitilayotwww.ziyouz.com kutubxonasi 38-rasm. Viktoriya 

sharsharasi.  gan  g‗uvullash  ovozi  tobora  balandlashaveradi.  Nihoyat,  sayyoh  Zambezi  daryosi  yoqasiga 

borib  qoladi  va  ulkan  daryoning  to  ‗satdan  tik  pastga  tushayotganini  ko‗radi.  Sharsharaga  yaqinlashgan 

sayin  daryoning  eni  kengayib  borgan.  122  metr  balanddan  otilib  tushayotgan  suvning  shovqini 

momaqaldiroqning gumburlashini eslatadi. Suv tushgan joyda 60—90 metr balandlikka sachrayotgan suv 

zarralari  havoda  muallaq  turgan  bulutga  o‗xshab  ko‗rinadi.  Mahalliy  aholi  uni  Mozi—oa—  tunya,  ya‘ni 

«Guldurayotgan  bug4»  deb  ataydi.  Sekundiga  o‗rta  hisobda  1400  m3  suv  tushadi.  Viktoriyada  kichikroq 

GES  qurilgan.  Viktoriya  va  unga  yondosh  hududlarning  tabiat  manzaralari  va  noyob  hayvonlarini 

muhofaza  qilish  maqsadida  Zembezi  daryosining  janubiy  sohilida  Viktoriya  —  Fols  milliy  parki  tashkil 

etilgan.  

 

Uyga vazifa:  Mavzu bo'yicha ma'lumot to'plab kelish 



 

 



26-  mashg‘ulot                                         Sana ____________ 

Mavzu:  


QIZIL DENGIZ

 

 Mashg‘ulot maqsadi:  



Ta‘limiy maqsad: O`quvchilarni geografiya faniga bo`lgan qiziqishini oshirish. 

Tarbiyaviy maqsad:  Vatanimizga mehr-muhabbat hislarini shakllantirish. 

Rivojlantiruvchi  maqsad:O`quvchilarni  mustaqil  fikrlashga  o`rgatish,  nutq  madaniyatini  o`stirish,  o`z-

o`zini boshqarishga yo`naltirish, hozirjavoblik, topqirlik xususiyatlarini rivojlantirish. 

II,O‘tgan  mashg‘ulot  yuzasidan muloqot  uyushtirish. 

III. Yangi mavzu bayoni: 

Qizil  dengiz  —  Hind  okeanining  materiklar  oralig‗idagi  dengizdir.  Afrika  va  Arabiston  yarimoroli 

oralig‗ida, Misr, Sudan, Eritreya,  Isroil,  Iordaniya,  Saudiya  Arabistoni va  Yaman davlatlari qirg‗oqlariga 

tutash.  Afrikadagi  chollar  oralig‗ida  www.ziyouz.com  kutubxonasi  joylashganligi  uchun  ancha  quruq. 

Cho‗llardagi harorat dengiz suvini isitib yuboradi. Qizil dengiz suvining isib ketishiga yil davomida deyarli 

tik  tushib  turadigan  Quyosh  nurlari  ham  sababchidir.  Qizil  dengizda  kemada  suzayotgan  kishi  jazirama 

issiq dastidan ta‘zirini  yeydi: Quyosh uzluksiz ravishda isitaverganidan kemaning metall palubasi tovaga 

o‗xshab qizib ketadi, hatto botinkada ham oyoq kuyadi. Shuning uchun palubada qo‗lbola oyoq kiyimda — 

oyoqqa  «taxtakach»  bog‗lab  yurishga  majbur  bo‗lishadi,  «taxtakach»  dan  issiq  kam  o‗tadi.  Odatda 

dengizlarda bo‗ladigan salqin, yoqimli va mayin shabada kemada suzuvchilarga orom bag‗ishlaydi. Lekin 

Qizil  dengizda  bunday  holni  ko‗rmaysiz.  Qizil  dengiz  yuzasidagi  havo  chidab  bo‗lmas  darajada  issiq  va 

dim bo‗lib, nafas olganda o‗pkani bamisoli kuydiradi, badandan ter oqqani-oqqan, diqqinafas havo odamni 

gangitib  qo‗yadi.  Kishi  kech  kirishini  sabrsizlik  bilan  kuta  boshlaydi.  Kechasi  harorat  biroz  pasaysada, 

havo  dimligicha  qoladi.  Ertalab  qaralsa,  kema  palubasini  «simob  donalari»dek  yirik-yirik  suv  tomchilari 

qoplab  olgan  bo‗ladi,  bu  —  issiq  o‗lka  shudringidir.  Shunisi  qiziqki,  Qizil  dengiz  atrofida  yil  bo‗yi  bir 

tomchi yomg‗ir yog‗maydi, faqat shudring tushadi. Qizil dengizdan havoga yiliga bir necha metr qalinlikda 

suv bug‗i ko'tariladi, bu dengiz Bobilmandob bo‗g‗ozi orqali Hind okeaniga tutashmaganda va bu bo‗g‗oz 

orqali Hind okeanidan muttasil suv kirib turmaganda Qizil dengiz allaqachon qurib qolgan bo‗lur edi. Bu 

dengizga  nega  Qizil  dengiz  deb  nom  berilgan?  Qum  bo‗ronlari  vaqtida  dengiz  atrofidagi  cho‗llardan 

ko‗tarilgan  qizg‗ish  chang  hammayoqni  qoplab  oladi.  Shunday  paytda  dengiz  dahshatli  qizg‗ish  tusga 

kiradi.  Suvda  va  sohil  yaqinida  qizg‗ish  rang  suvo‗tlari  ko‗p  bo‗lganligidan  ham  suv  qip-qizil  bo‗lib 

ko‗rinadi.  Dengizning  nomi  shundan  kelib  chiqqan  bo‗lishi  ehtimoldan  uzoq  emas.  Dengiz  suvi  haddan 

tashqari tiniq, dengiz tubida maijonlardan tashkil topgan gulzor-xiyobonlar, turli-tuman suvo ‗tlari, dengiz 

bulutlari  ko‗rinib  turadi.  Tinch  havoda,  ertalab  ular,  ayniqsa,  go‗zal  va  maftunkor  manzara  kasb  etadi. 

Afsonaviy  rang-barang  ko‗rinishdagi,  xilma-xil  shakldagi  marjonlardan,  nilufar,  dengiz  qo‗qongulidan, 

ular orasida sayr qilib yurgan ajoyib tilla baliqlardan ko‗z uzolmaysiz. Dengiz osti dunyosining go‗zalligi, 

rang-barang ochilib turishi gulzorlamikidan qolishmaydi. Dengiz osti dunyosi tunda o ‗ziga xos i afsonaviy 

go‗zallik  kasb  etadi:  suvo‗tlari,  dengiz  gullari,  suvosti  jonivorlarining  kichigidan  tortib  kattasigacha 

allaqanday nur chiqarib dengiz ostini yoritib turadi. 

 

Uyga vazifa : Yangi mavzuni o'qib o'tilganlar bo'yicha test va krassvordlar tuzib kelish 




 

26 mashg‘ulot                                         Sana ____________ 

Mavzu: 

0 ‗LIK DENGIZ

 

 Mashg‘ulot  maqsadi:  



Ta‘limiy maqsad: O`quvchilarni geografiya faniga bo`lgan qiziqishini oshirish. 

Tarbiyaviy maqsad:  Vatanimizga mehr-muhabbat hislarini shakllantirish. 

Rivojlantiruvchi  maqsad:O`quvchilarni  mustaqil  fikrlashga  o`rgatish,  nutq  madaniyatini  o`stirish,  o`z-

o`zini boshqarishga yo`naltirish, hozirjavoblik, topqirlik xususiyatlarini rivojlantirish. 

II,O‘tgan  mashg‘ulot  yuzasidan muloqot  uyushtirish. 

III. Yangi mavzu bayoni: 

Uzunligi 76, eni 10—15 kilometr keladigan bu ко in i ko‗rgan kishi hayron qoladi. Axir, suv — hayot 

manbayi, suv bor joyda hayot farovon deymiz. Uning qirg‗oqlarida na bir giyoh va na bir parranda bor. 

Hatto, suvida birorta baliq zoti uchramaydi. Suvi shu qadar sho‗rki, yuz yuvsangiz sal o ‗tmay betingiz 

oppoq tuzga bo‗yaladi, cho‗milmoqchi boisangiz — harakatingiz zoye ketadi — suvga kirolmaysiz, 

oyogingiz botmay, bamisoli pufakdek qalqib yurasiz. Uning bir litr suvida 250—300 gramm tuz boigani 

sababli suvi juda ogir, hayotdan mahrum. Tevarak-atrofi toshloq cho‗1 va jazirama issiq boiganidan, k o i 

suvi tez bugianadi. Iordan daryosidan kelayotgan suv bu koining asosiy manbayidir. Uni arablar «Bahri 

lut», ya‘ni «O iik dengiz» deb atashadi. Ushbu k o i hayotdan mahrum boisa-da, ikki xususiyati bilan 

mashhurdir. Birinchisi shuki, o iik dengiz dunyodagi eng chuqur havzalardan biri. U G ‗arbiy Osiyodagi 

yer yorigida o ‗mashgan boiib, suvining sathi 0 ‗rta yer dengiz yuzasidan 392 metr pastda, suvining tubi 

esa yana 356 metr chuqur. Binobarin, O iik de-ngiz tubi okean sathidan 748 metr pastlikdadir. Dengiz 

suvida bir necha o‗n milliard tonna xilma-xil mineral tuzlar, jumladan kaliy, magniy, natriy xlorid, 

bromning mavjudligi dengizning ikkinchi xususiyatidir. Bu tuzlar ximiya, meditsina va harbiy sanoat 

uchun xomashyo manbayidir. Mazkur dengiz tuzini tevarakdagi bir qancha ximiya zavodlari qabul qiladi. 

Demak, nomi «oiik» boisa ham, dengiz foydasi «tirik» 

 

    



 

Uyga vazifa: Mavzu bo'yicha ma'lumot to'plab kelish 



 

 

 




27-  mashg‘ulot                                         Sana ____________ 

Mavzu:  


SUNAMI

 

 Mashg‘ulot  maqsadi:  



Ta‘limiy maqsad: O`quvchilarni geografiya faniga bo`lgan qiziqishini oshirish. 

Tarbiyaviy maqsad:  Vatanimizga mehr-muhabbat hislarini shakllantirish. 

Rivojlantiruvchi  maqsad:O`quvchilarni  mustaqil  fikrlashga  o`rgatish,  nutq  madaniyatini  o`stirish,  o`z-

o`zini boshqarishga yo`naltirish, hozirjavoblik, topqirlik xususiyatlarini rivojlantirish. 

II,O‘tgan  mashg‘ulot  yuzasidan muloqot  uyushtirish. 

III. Yangi mavzu bayoni: 

Kuchli zilzilalar paytida dengiz tubi to ‗satdan koiarilishi yoki pasayishi mumkin. Okean tubining to‗satdan 

qattiq silkinishi, larzaga kelishidan kuchli, bahaybat tolqinlar vujudga keladi. Tabiatdagi bu hodisa Sunami 

deb ataladi. Sunami qirg‗oqdan uzoqda, okean o ‗rtasida suzayotgan kemalarga xavf tug‗dirmaydi, ammo 

sohilga  yaqinlashgan  sari  tolqinning  balandligi  ortib,  dahshatli,  yemiruvchi  kuchga  aylanadi.  Sunami 

soatiga  400  dan  800  kilometrgacha  tezlikda  tarqaladi.  Sunami  tolqinlari  qirg‗og‗idagi  qoyalar  va  tor 

joylarda  15  metrdan  30  metrgacha  balandlikka  kolariladi.  Sunami  katta  talofat  keltiradi.  Sunamining  85 

foizi  Tinch  okean  sohillariga  to  ‗g‗ri  keladi.  1883-yilda  Krakatau  vulqoni  otilgan  vaqtda  hosil  boigan 

sunami  30—40  metr  balandlikka  kolarilib,  Yava  orolining  qirg‗og‗iga  yopirilgan  va  36  ming  kishining 

yostigini  quritgan.  104  www.ziyouz.com  kutubxonasi  1896-yili  Yaponiyaning  Xonsyu  oroli  sohiliga 

yopirilib  kelgan  sunami  toiqinlarining  balandligi  30  metrga  yetgan,  to  iq  in  10000  uyni  yuvib  ketgan, 

27000  odam  qurbon  bo‗lgan.  1960-yil  may  oyi  oxirida  Chilida  ro‗y  bergan  zilzila  vaqtida  ham  dengiz 

tubining relyefi o‗zgardi va kuchli sunami vujudga keldi. Sunami Chili sohilida yashovchi yuzlab kishini 

okeanga oqizib olib ketdi. Sunami toiqinlari reaktiv samolyot tezligida harakatlanib Kaliforniyaga, Gavay 

orollariga,  Yangi  Zelandiya,  Avstraliya,  Filippin,  Yapon  va  Kuril  orollariga,  shuningdek,  Kamchatka 

sohillariga borib urildi. T oiqin Yangi Zelandiya sohillaridagi kemalarni ag‗dardi, Filippin sohillaridagi bir 

necha shahar suv ostida qoldi. 24-may kuni 10 metr balandlikdagi to iq in Chilidan 1500 kilometr uzoqda 

joylashgan  Yaponiya  qirg‗oqlariga  kelib  uril39-rasm.  Sunami.  105  www.ziyouz.com  kutubxonasi  di, 

natijada 36 ming uy suv ostida qoldi. Baliq ovlaydigan 900 ta kema ag‗darildi, yuzlab odam halok bo‗ldi. 

Hozirgi  vaqtda  sunami  to‗lqinlarining  qayerga,  qay  vaqtda  yetib  borishini  oldindan  aytib  berish  yo‗llari 

topildi. Masalan, 1960-yili 24-mayda Rossiya mutaxassislari Kuril orollari va Kamchatka sohiliga sunami 

to‗lqinlari yetib kelajagini 20 minut oldin aytib berdilar. Shu 20 minut ichida sohildagi aholi bexatar joyga 

ko‗chirildi. Kishilar o‗sha joydan turib tabiatdagi bu dahshatli hodisaning guvohi boMdilar.  

 

Uyga vazifa: Mavzu bo'yicha ma'lumot to'plab kelish 



 


28-  mashg‘ulot                                         Sana ____________ 

Mavzu:  


 SOS NIMA?

 

 Mashg‘ulot maqsadi:  



Ta‘limiy maqsad: O`quvchilarni geografiya faniga bo`lgan qiziqishini oshirish. 

Tarbiyaviy maqsad:  Vatanimizga mehr-muhabbat hislarini shakllantirish. 

Rivojlantiruvchi  maqsad:O`quvchilarni  mustaqil  fikrlashga  o`rgatish,  nutq  madaniyatini  o`stirish,  o`z-

o`zini boshqarishga yo`naltirish, hozirjavoblik, topqirlik xususiyatlarini rivojlantirish. 

II,O‘tgan  mashg‘ulot  yuzasidan muloqot  uyushtirish. 

 Okeanlarda suzib yurgan kemalaming radiostansiyalari har soatning 15-minutidan 18-minutigacha va 45-

minutidan 48- minutigacha taqa-taq jim bo‗Ub, radist diqqat bilan quloq solib turadi. Shunday kelishilgan. 

Kemaning  ayvonlarini  alanga  olsa,  to‗lqin  kema  darchalarini  sindirsa,  machta  va  narvonlami  ag‗darsa, 

hujjatlami  suv  bosib,  motorlami  to‗xtatsa,  oqibatda  kishilar  xavf  ostida  qolib,  hech  najot  bo‗lmasa  — 

havoga SOS  signali yuboriladi. Radioda uch nuqta-uch tire-uch nuqta eshitilsa, demak: Qayerdadir kema 

g‗arq  bo‗lmoqda!  Kishilar  xavf  ostida!  Tez  yordam  bering!  Yaqin  oradagi  kema  qaysi  davlatniki 

bo‗lishidan  va  qayerga  ketayotganidan  qat‘i  nazar,  halokatga  uchragan  kemaga,  albatta,  yordamga 

oshiqishi kerak. SOS signali ana shunday xalqaro va najot chaqirig‗idir. Sobiq sho‗ro davlati kemalarining 

uzoq-uzoq dengizlarda chet el kemalariga, baliqchi va to‗satdan betob bo‗lib qolgan dengizchilarga bergan 

beg‗araz  yordamlari  haqidagi  xabarlar  gazetalarda  tez-tez  yozib  turilardi.  Masalan,  1976-yil  dekabrida 

Qizil  dengizda  sodir  bo‗lgan  fojia  va  dengizchilaming  jasoratini  eslab  ko‗raylik.  Yuk  tashuvchi  kema 

«Lenino»  shimol  tomon  suzib  borardi.  To‗satdan  21  gradus  shimoliy  kenglik  va  38  gradus  sharqiy 

uzunlikda SOS xabari olindi — «Patna» nomli Misr kemasiga o‗t tushibdi! Aksiga, «Lenino» omborida 33 

ming  tonna  neft  bor,  alangaga  yaqinlashish  juda  xavfli.  Biroq  dengiz  qoidasi  shunday,  qolaversa, 

«Patna»da  yuzlab  odamlar  taqdiri  hal  boiyapti!  G  ‘arq  bo‗layotgan  kemaga  befarqlik  dengizchilarga  xos 

emas! «Lenino» darhol yo‗lni o‗zgartirib tutun va alanga og‗ushida qolgan «Patna»ga yaqinlashdi. Kemani 

ko‗rgan jafokashlar o ‗zlarini suvga tashlab, yolvorib qutqaruv qayiqlarga tirmashar, holdan toyib, cho‗kib 

ketayotganlami matroslar tortib olishardi. Behush qolgan, suvga bo‗kkan, vahimadan esi og‗ganlar bo‗ldi. 

Matroslar,  kema  vrachi,  restoran  xodimlari  tun-u  kun  jonbozlik  qildilar. Jami  209 kishi  xalos  etildi.  SOS 

signali ko‗plami qutqarib qolgan. 


Download 10,78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish