PEDAGOGIKA
2015, 2-son
81
uzluksiz ravishda o‘z-o‘zi, boshqalar va boshqa madaniyatlar bilan muloqot tarzi
sifatida aniqlashtirish maqsadga muvofiqdir.
Falsafiy-antropologik yondashuvning o‘quvchilarda tarixiy tafakkurni
rivojlantirishdagi pedagogik imkoniyatlari uning quyidagi asosiy tushunchalarini
tahlil etishda yorqin namoyon bo‘ladi: hayot, turmush tarzi, hayot falsafasi,
borliq, ma’naviyat, ruh, individ, inson, individuallik, shaxsiy tajriba, dialog,
dialogik harakat, hayot mazmuni, tarbiya, o‘z-o‘zini tarbiyalash, o‘z-o‘zini
rivojlantirish, ishonch, o‘zaro bir-birini tushunish.
“Hayot” tushunchasi ko‘p mazmunli va murakkab bo‘lib, o‘zining xilma-
xil talqiniga ega. Ana shu sababli “hayot” tushunchasiga tabiiy-biologik,
kosmologik va madaniy-tarixiy nuqtayi nazardan yondashuv mavjud:
1) hayot – fazoviy hayotiy shiddat, uning mohiyati ong va yuqori ongda
namoyon bo‘ladi;
2) hayot kechinmalar oqimidir, lekin bu kechinmalar tarixiy-madaniy
jihatdan shartlanadi.
Mazkur talqinlarda hayot uzluksiz, yagona, ijodiy, doimiy shakllanish va
rivojlanish jarayoni sifatida ko‘riladi. Bu jarayon mexanik, noorganik turlarga,
har qanday noaniqlikka, qotib qolganlikka, “muqimlikka” qarshi qo‘yiladi.
Tarix fanini o‘rganish jarayonida o‘quvchilar turli davrlar bilan
bog‘liqlikda kishilar hayotining maqsad-muddaosi va mazmuni bilan tanishib
boradi. O‘sha davr odamlari hayotining hozirgi kishilari bilan o‘xshash va farqli
jihatlarini bilib oladi. Ana shu nuqtayi nazardan har qanday davrning ham
siyosiy, ham ijtimoiy-iqtisodiy, ham madaniy hayotini o‘rganishga alohida
e’tibor qaratiladi.
Turmush tarzi ijtimoiy guruhlar, elat va millatlarning kundalik hayotini
ifodalovchi tushuncha bo‘lib, falsafiy, sotsiologik, ijtimoiy-iqtisodiy, ijtimoiy-
ruhiy yo‘nalishlarni o‘z ichiga oladi. Turmush ijtimoiy hodisa sifatida inson
hayotining obyektiv shart-sharoitlari hamda hayotiy faoliyat shakllari, ongi va
xulqining dialektik birligini taqozo etadi
1
.
Turmush tarzi mavjud ijtimoiy-iqtisodiy davrdagi shart-sharoitlarning
butun majmuasi bilan belgilanadi. Ya’ni, odamlarning, ijtimoiy-etnik
birliklarning muayyan ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy sharoitlarda shakllangan
hayot faoliyati uslubi bo‘lib, ularning kun kechirishi, muomalasi, xulq-atvori va
tafakkur tarzida namoyon bo‘ladi.
O‘quvchilar tarix darslarida turli davrlar bilan bog‘liqlikda xilma-xil
xalqlarning turmush tarzidagi quyidagi o‘ziga xosliklarni o‘rganadi:
1
Фалсафа: энциклопедик луғат. – Тошкент: Ўзбекистон миллий энциклопедияси, 2010.
– Б. 405.
Do'stlaringiz bilan baham: |