PEDAGOGIKA
2015, 2-son
68
metodikasini modernizatsiyalash, yangi talablarga moslashtirish, innovatsion
texnologiyalarni joriy etish asosida amalga oshirilishi lozim.
Axborot faoliyati ko‘nikmalarini shakllantirish nafaqat ta’lim mazmuni
vazifalariga, balki o‘qitish texnologiyalaridan foydalanishga ham bog‘liq.
Ulardan biri veb-kvest texnologiyasi hisoblanadi. Bu texnologiyani o‘rganish,
o‘zlashtirish va qo‘llash juda dolzarb bo‘lib turibdi.
Pedagogikada veb-kvest tushunchasi bugungi kunda turli veb-saytlarda
joylashgan qisman yoki to‘liq ma’lumotlar asosida o‘quvchilar ishlashi mumkin
bo‘lgan internetdagi ta’lim saytlari bilan izohlanadi. “Veb-kvest” (Web Quest)
termini birinchi bo‘lib, 1995-yil yozida San-Diego (AQSH) universiteti
professori Berni Dodjem (Bernie Dodge) tomonidan taqdim etilgan. Olim
ta’limning turli bosqichlari uchun har xil o‘quv fanlarini o‘qitishda o‘quv
jarayonini integratsiyalashga asoslangan internet innovatsion taqdimotini
ishlab chiqdi. Veb-kvestlar alohida muammolarni yoritishi, o‘quv fani, o‘quv
mavzusi, shuningdek, fanlararo sohalarni qamrab olishi mumkin. Veb-kvestlar
qisqa va uzoq vaqtga mo‘ljallangan ishlar uchun yaratilishi bilan farqlanadi.
Qisqa vaqtga mo‘ljallangan veb-kvestlar oddiy ta’lim maqsadlari
–
bilimlarni
kengaytirish va integratsiyalashni tadqiq etadi. Qisqa va tez bajariladigan veb-
kvestlar ko‘pincha bir yoki uch darsni tugatish uchun mo‘ljallanadi. Uzoq vaqtga
mo‘lajallangan veb-kvestlar ta’lim maqsadlari boshqa darajalarda o‘quvchi-
larning axborot manbalaridan, internet, real hayotdan olgan ma’lumotlar asosida
bilimlarini kengaytirish va yangi bilimlar bilan boyitish uchun xizmat qiladi. Har
bir o‘quvchi bilimlari doirasida fanga oid muammoni tahlil qiladi va sinfda o‘z
tushunchalarini yaratilgan veb-sahifalar orqali namoyish etadi. An’anaviy ta’lim
veb-viktorinalaridan (misol uchun, ЯрЦДОШ //
www.rcde.ru
sayti orqali taqdim
etilgan) farqli o‘laroq, veb-kvestlarda o‘quvchilar mustaqil ishlari ma’lumot
zahiralari bilan internetda taqdim etilgan “savol-javobning to‘g‘riligini
tekshirish” tartibida amalga oshirilmaydi. Veb-kvest natijalari o‘quvchilarning
ishlarini veb-sahifa, veb-saytlar ko‘rinishida (lokal yoki internetda) chop etish
bilan yakunlanadi
1
.
Ish natijalarini onlaynli chop etish bir necha maqsadlarda qo‘llanadi:
o‘quvchilarni zarur va yuqori texnologiyali vazifalarni bajarishga
yo‘naltirish;
1
Николаева Н.В.
Образовательные
квест-проекты
как
метод
и
средство
развития навыков информационной деятельности учащихся // Вопросы Интернет-
образования. – Москва, 2002. – № 7. – С. 39-44.
Do'stlaringiz bilan baham: |