PEDAGOGIKA
2015, 2-son
49
Har qanday ijodkor o‘qituvchi matematika o‘qitish jarayonida ekologik
mazmundagi masalalarni tanlashi, yoki mavjud materiallar, ma’lumotlar asosida
masalalar tuzishiga to‘g‘ri keladi. Izlanishlar olib borish davomida umumta’lim
maktablarida matematika o‘qitish jarayonida foydalanish mumkin bo‘lgan
ekologik mazmundagi matematik masalalar tizimini yaratishga harakat qildik.
Quyida ekologik mazmundagi masalalarga namunalar keltiriladi:
1- masala. BMT ma’lumotlariga ko‘ra, sayyoramizdagi tropik maydonlar
400 million gektar. Bu o‘rmonlarning kesib yuborilishi va yong‘inlar tufayli
yiliga 7 million gektarga kamaymoqda. Shunday holat saqlanib boraversa, necha
yildan so‘ng tropik o‘rmonlar yo‘qolib ketadi?
2- masala. Bir tonna neft 6 km
2
maydondagi suv yuzasini ifloslaydi. Agar
500 tonnalik neft tashuvchi tanker halokatga uchrasa, qanday maydondagi suv
yuzasini iflos qiladi.
3- masala. 1 million aholi yashaydigan shahar uchun bir sutkada 0.5
million m
3
suv ishlatiladi. Bir yilda qancha miqdordagi suv kerak bo‘ladi?
Ekologik mazmundagi masalalarni yechish orqali o‘quvchilar, avvalo,
matematik bilimlarni puxta egallaydi, yangi axborotlar olib ekologik
muammolarning mazmunini o‘zlashtirib olishadi, ularda qiziqish paydo bo‘ladi.
Bunday qiziqish o‘quvchilarda o‘z mamlakatining, o‘zi yashayotgan hududning
tabiiy boyliklarini ularga yetkazilayotgan ziyonni anglab olishlariga xizmat
qiladi. Insonlarning tabiatga ta’siri oqibatlarini bilib olishadi.
Kuzatishlar shuni ko‘rsatdiki, ta’lim jarayonida ekologik mazmundagi
masalalardan foydalanish o‘quvchilarda tabiatdan tejamli foydalanish va uni
muhofaza qilish zarurligi to‘g‘risidagi tasavvurlar shakllantiriladi.
Ekologik mazmundagi masalalarni yechish orqali ular o‘quv-izlanish
faoliyatiga jalb etiladi. Bunday masalalar o‘quvchilarning integrativ bilimlar
egallashlarini ta’minlaydi.
Ta’kidlash lozimki, ekologik masalalardan tizimli foydalanish
o‘qituvchidan ma’lum metodik yondashuvni amalga oshirishni taqozo etadi.
Masalan, o‘qituvchi o‘quvchilarga tabiat boyliklaridan rejali foydalanish
zarurligi, ulardan foydalanish qoidalariga rioya qilishlik, tabiiy boyliklarni isrof
qilmaslik, ifloslanishning oldini olish zarurligini izohlab, tushuntirib borishi
lozim. Tabiiy resusrlardan me’yordan oshiq foydalanish tabiiy muvozanatning
buzilishiga olib kelishi va ko‘ngilsiz hodisalarni keltirib chiqarishi olimlar
tomonidan isbotlab berilganligi dalil sifatida keltiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |