PEDAGOGIKA
2015, 2-son
134
halqum yo‘lidagi murtak bezning surunkali kattalashuvini, ya’ni adenoidni
AQSHda ishlab chikarilgan “Chikago” asbobi yordamida olib tashlaydi(shu
kungacha 200dan ziyod shunday operatsiyalar qilgan). Hurmatli olimimiz
nafaqat jarrohlik, balki tig‘ tekizmasdan LOR a’zolarining allergik holatlarini,
gaymorit, frontit, quloqdagi shovqinlarni tuzatib, eshitishini yaxshilaydi. U shu
kungacha xalqimizning hurmatini qozongan ko‘plab san’atkorlarning ovoz
boylamlarini sozlab, yana ham xushovoz bo‘lishiga yordam bergan. “Loradon”
ultratovush asbobi yordamida xurrakni davolaydi va bolalarni gijja kasalligidan
xalos etadi.
Rajabboy Masharipov tomonidan shu kungacha 84 ta ilmiy, ilmiy-uslubiy,
o‘quv-metodik va ilmiy-ommabop ishlar chop etildi. Shu jumladan, olimning
2 ta o‘quv va 14 ta uslubiy qo‘llanmalari, 58 ta ilmiy va ilmiy-ommabop
maqolalari nashr etilgan. Shulardan 2 ta o‘quv-metodik qo‘llanma va 12 ta ilmiy
maqolasi chet davlatlar va OAK jurnallarida chop etilgan.
Rajabboy Rahimovichning xizmatlari hukumatimiz tomonidan ham
munosib taqdirlangan desak xato bo‘lmaydi. Yosh olimga 2011-yil 24-noyabrda
Oliy attestatsiya komissiyasi tomonidan dotsent, 2014-yil 20-noyabrda
universitet professori ilmiy unvonlari berilgan, shuningdek, “O‘zbekiston
Respublikasi 10 yilligi munosabati bilan” ko‘krak nishoni, Sog‘liqni saqlash
vazirligi va Toshkent shahar Kasaba uyushmasi birlashmasi rayosatining “Faxriy
yorliq”lari hamda Toshkent shahar “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakatining
“Sog‘lom bola” yilida qilgan xizmatlari uchun alohida “Tashakkurnoma” bilan
taqdirlangan.
Hozirgi kunda professor Rajabboy Rahimovich qutlug‘ 60 yoshini
nishonlash bilan bir vaqtda, ayni kuch-quvvatga to‘lgan davrda. Shu bois,
yoshlarga bilim berish, xalqimizning sog‘lig‘ini saqlash va yurtimiz ravnaqiga
xizmat qilishdan charchamaydi. U kishi nafaqat ajoyib shogirdlar tayyorlayotgan
olim va pedagog, balki el tanigan shifokor, ajoyib inson, yaxshi do‘st, har doim
turmush o‘rtog‘i, bolalari va nevaralari e’zozidagi sevimli oila boshlig‘i hamdir.
Mustaqil O‘zbekistonimizning yanada gullab-yashnashiga xizmat qilishdan
charchamaydigan fidoyi inson, el ardoqlagan shifokor, yuksak tashkilotchi-
rahbar, ajoyib pedagog-olim, ustoz Rajabboy Rahimovich Masharipovni qutlug‘
60 yoshi bilan qutlaymiz. Mustahkam sog‘liq, uzoq umr, oilaviy baxt,
kelajakdagi ishlariga muvaffaqiyatlar tilaymiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |