A k a d e m I y a axborot xavfsizligi



Download 1,24 Mb.
Pdf ko'rish
bet51/75
Sana01.01.2022
Hajmi1,24 Mb.
#286078
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   75
Bog'liq
344360.5yf0wk4bzs

GOST  28147-89  shifrlash  standarti  –  Rossiya  shifrlash  standarti 
bo‘lib,  simmetrik  shifrtizimlarda  foydalanish  uchun  mo‘ljallangan.  Blok 
kattaligi  56  bit,  kalit  uzunligi  256,  512  bitga  teng  bo‘lgan  bazaviy  blokli 
shifrlash algoritmiga asoslangan. Shifrlashning 4 rejimiga ega.
 
Ko‘p  sonli  turli  ochiq  kalitli  kriptotizimlar  ichida  keng  tarqalgani 
1977-yilda ixtiro qilingan va uning mualliflari Ron Rivest, Ada Shamir va 
Leonard Eydelman nomiga qo‘yilgan RSA kriptotizimidir. Ular, katta tub 
sonlarni  aniqlash,  hisoblash  jihatdan  oddiy  ekanligidan  hamda  shunday 
ikkita  katta  sonlarning  ko‘paytmasi  bo‘lgan  sonni  ko‘paytuvchilarga 
ajratish judayam qiyin, amalda mumkin emasligidan foydalanishgan. RSA 
shifrini  ochish  shunday  ko‘paytuvchilarga  ajratishga  tengligi  isbotlangan 
(Rabin  teoremasi).  Shuning  uchun  kalit  uzunligi  qanday  bo‘lishidan  qat’i 
nazar shifrni ochish uchun talab qilinadigan amallarning quyi chegarasini 
baholash,  zamonaviy  kompyuterlarning  tezligini  bilgan  holda  shifrni 
ochish  uchun  kerak  bo‘ladigan  vaqtni  ham  aniqlash  mumkin.  RSA 
algoritmining  himoyalanganlik  kafolatini  aniqlash  imkoniyati,  uning 
boshqa  ochiq  kalitli  algoritmlar  orasida  mashhur  bo‘lishining  sababi 
hisoblanadi. Shuning uchun RSA algoritmidan bank kompyuter tizimlarida 
foydalanilmoqda, ayniqsa uzoq masofadagi mijozlar bilan ishlashda (kredit 
kartochkalarga xizmat ko‘rsatishda) qo‘llanilmoqda. 
Xabar xesh-funksiyasi – qiymati kirish ketma-ketligining, ya’ni ikkilik 
sanoq tizimida berilgan xeshlovchi sonning har bir bitiga yoki xeshlovchi 
dastlabki  matnning  har  bir  ramziga  bog‘liq  bo‘lgan  funksiya
1
.  Xeshlash 
                                           
1
 Ахборот-коммуникация технологиялари изоҳли луғати (иккинчи нашр). – 
Т., 2010. 


 
77 
algoritmi  kirish  matnidan  bir  xil  uzunlikda  natija  chiqaradi.  Bunda 
uzunlik  deganda,  ikkilik  sanoq  tizimida  berilgan  ifodadagi  bitlar  soni 
nazarda  tutiladi.  Masalan,  kirish  matni  «AKT  lug‘ati»  bo‘lsa  va  xesh-
funksiya  qiymati  «10110111010100101»ga  teng  chiqsa,  xesh-funksiya 
qiymati uzunligi 17 bitga teng bo‘ladi. Chiqish uzunligi 128, 192, 256 bit 
bo‘lgan  xesh-funksiyalar  ham  mavjud.  Xesh-funksiya  samarali  bo‘lishi 
uchun  kirish  xabari  uchun  natija  noyob  bo‘lishi  lozim.  Odatda,  xesh-
funksiyalar  bir  tomonli  funksiyalardir.  Chunki,  chiqish  qiymati  asosida 
dastlabki  matnni  hisoblab  topish  juda  qiyin.  Xesh-funksiyalar  axborot 
uzatish  va  saqlashda  uning  xavfsizligini  muhofaza  qilish  uchun 
qo‘llaniladi. 
Elektron raqamli imzo va ochiq kalitlar strukturasi. Elektron raqamli 
imzoni  qo‘llashdan  maqsad,  birinchidan  elektron  hujjatdagi  axborot  asl 
nusxa ekanligini tasdiqlash, ikkinchidan uchinchi tarafga (arbitr, sudga va 
boshqalarga)  hujjatni  muallifi  ushbu  shaxs  ekanligini  isbotlash.  Ushbu 
maqsadga  erishish  uchun  muallif  o‘zining  maxfiy  individual  raqami 
(individual kalit, parol) bilan hujjatga o‘rnatilgan tartibda «elektron imzo 
qo‘yish»  jarayonini  bajarishi  lozim.  Bunday  imzo  qo‘yishda,  har  gal 
individual  kalit  elektron  hujjatdagi  ma’lumotlar  bilan  ma’lum  qoidaga 
muvofiq  aralashib  ketadi.  Bunday  biriktirilish  natijasida  hosil  bo‘lgan 
raqam  (ma’lum  razrad  uzunligidagi  raqamlar  ketma-ketligi)  ushbu 
hujjatga muallif tomonidan qo‘yilgan elektron raqamli imzo hisoblanadi. 
Shunday  qilib,  elektron  raqamli  imzo  qo‘yish  va  uni  tekshirish 
protsedurasining  har  birida  ishlatiladigan  ikkita  kalitdan  bittasi 
foydalaniladi.  Lekin  bunda  imzo  qo‘yish  kalitini  tekshirish  kaliti 
yordamida  aniqlash  imkoniyati  umuman  mumkin  emasligi  kafolatlangan 
bo‘lishi  kerak.  Hozirda  taklif  etilgan  usullarda,  amalda  imzo  qo‘yish 
kalitini (yopiq kalit), tekshiruv kaliti yordamida (ochiq kalit) qayta tiklash 
uchun  uzoq  davom  etadigan  murakkab  hisoblash  ishlarini  bajarish 
lozimligi nazarda tutiladi.  
Elektron  imzo  g‘oyasi  birinchi  marta  Diffi  va  Xellman  asarida 
hujjatning  asl  nusxa  ekanligini  va  muallif  tomonidan  imzolanganligini 
aniqlash uchun taklif etilgan.  
Hozirgi paytda raqamli imzo keng qo‘llanilmoqda (uzatiladigan yoki 
saqlanadigan  shifrlangan  matnga  biriktirilgan  raqam,  bu  axborotning 
butunligini  va  muallifni  haqiqiyligini  tekshirish  imkoniyatini 
kafolatlaydi). Simmetrik shifrlash algoritmlariga asoslangan raqamli imzo 
modellari ham mavjud.  
 


 
78 

Download 1,24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   75




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish