Navoiy kon-metallurgiya kombinati navoiy davlat konchilik instituti


Himoya vositalari holatini nazorat qilish va ularning hisobini olib borish



Download 4,15 Mb.
Pdf ko'rish
bet314/379
Sana01.01.2022
Hajmi4,15 Mb.
#284777
1   ...   310   311   312   313   314   315   316   317   ...   379
Bog'liq
MAJMUA HQ 2018й

Himoya vositalari holatini nazorat qilish va ularning hisobini olib borish  
1.2.13.  Raqamlanishi  zarur  bo‗lmagan  gilamchalar,  tagliklar  hamda 
xavfsizlik 
plakatlari 
va 
belgilaridan 
tashqari, 
ishlatilayotgan 
barcha 
izolyasiyalovchi  himoya  vositalari,  himoya  belbog‗lari  ham  raqamlangan  bo‗lishi 
zarur.  Elektrostansiya,  elektr  tarmoqlari  va  podstansiyalarda  har  bir  himoya 


330 
 
vositasi  uchun  alohida  raqamlanadi.  Inventar  raqamlar  bevosita  himoya  vositasiga 
yozib qo‗yiladi. 
Agar  himoya  vositalari  bir  necha  bo‗laklardan  iborat  bo‗lsa  (kuchlanish 
ko‗rsatgichlari,  izolyasiyalovchi  shtangalar  va  hokazolar),  ushbu  vosita  uchun 
umumiy  bo‗lgan  raqam  jami  bo‗laklarga  alohida  yozilishi  zarur.  Himoya 
vositalarining  raqami  barcha  bo‗laklarda  bir  xilda  bo‗lsa,  zavod  raqamini  ko‗llash 
mumkin. 
1.2.14.  Elekrostansiya  sexlari,  podstansiya  (markazlashtirilgan  xizmat 
ko‗rsatilganda  bo‗lim  va  uchastkada),  laboratoriya,  qurilish-montaj  tashkilotlari 
uchastkalari  va  boshqa  joylarda  himoya  vositalarini  hisobga  oluvchi  va  holatini 
nazorat  qiluvchi,  ularning  nomi  va  raqami  qayd  qilingan,  saqlanish  joyi 
ko‗rsatilgan,  vaqti-vaqti  bilan  sinash  va  ko‗rikdan  o‗tkazish  muddati  ko‗rsatilgan 
qayd  etish  jurnali  olib  borilishi  zarur.  Jurnal  tavsiya  qilingan  shaklda  (1-ilovaga 
qaralsin)  to‗ldirilib  borilishi  va  har  6  oyda  bir  marta  himoya  vositalari  holatiga 
javobgar  ma‘muriy  texnik  xodim  tomonidan  nazorat  qilib  turilishi  zarur.  SHaxsiy 
foydalanishda  bo‗lgan  himoya  vositalari  ham,  himoya  vositalarini  hisobga  olish  va 
saqlash  jurnalida  qayd  qilinishi,  ularning  berilgan  vaqti  va  xodimning  vositani 
olganligi  to‗g‗risidagi imzosi  bo‗lishi zarur. 
1.2.15.  Himoya  vositalari  tayyorlangandan  so‗ng  har  bir  himoya  vositasi 
namunasini  qabul  qilish  va  topshirish,  davriy  (vaqti-vaqti  bilan)  va  namunaviy 
sinovlardan  o‗tkazish  talab  qilinadi  (GOST  16504-81).  Ishlatilayotgan  himoya 
vositalari  davriy  va  navbatdan  tashqari  (ta‘mirlashdan  keyin  o‗tkaziladigan) 
sinovlardan  o‗tkazilishi  lozim. 
1.2.16.  Izolyasiyalovchi  tagliklar,  dielektrik  gilamchalar,  ko‗chma  erga 
ulagichlar,  to‗siqlar,  plakat  va  belgilardan  tashqari,  zavodlardan  yoki  omborlardan 
ishlatish  uchun  olingan  hamma  himoya  vositalari  ishlatish  sinovlari  me‘yorlari 
bo‗yicha sinovdan tekshirilishi  shart. 
1.2.17.  Izolyasiyalovchi  dastakli  uskuna  va  1000  V  gacha  bo‗lgan 
kuchlanish  ko‗rsatgichlaridan  tashqari,  sinovga  bardosh  bergan  barcha  himoya 
vositalariga  quyidagi  shakllarda  keltirilgan  shtamplardan biri  qo‗yilishi  zarur. 
Elektr  himoya  vositalari  uchun shtamp namunasi: 
№ ______________________________________ 
_______________________ kV kuchlanishgacha  yaroqli. 
Keyingi  sinov muddati 200_____y «______»___________________ 
______________________________________________________________ 
(laboratoriya  nomi) 
Elektr  uskunalari  kuchlanishidan  qat‘iy  nazar  ishlatiladigan  himoya 
vositalari  va  saqlagich  moslamalari  (dielektrik  qo‗lqoplar,  protivogazlar, 
montyorning  himoya  belbog‗lari,  xavfsizlikni  ta‘minlovchi  xavfsizlik  arqonlari  va 
h.k.lar)  uchun shtamp namunasi: 
№ _____________________________________ 
Keyingi  sinov muddati 200_____y «______»_____________________ 
__________________________________________________________________ 


331 
 
(laboratoriya  nomi) 
SHtamp  rezina  mahsulotlari  chetiga,  saqlagich  moslamalari  va  elektr 
himoya  vositalarining  izolyasiya  qismidagi  chegaralovchi  halqa  yoniga  chidamli 
hamda  yuvilib  ketmaydigan  bo‗yoq  bilan  bosilgan  bo‗lishi  yoki  elimda 
yopishtirilishi  kerak.  Bir  necha  bo‗lakdan  iborat  bo‗lgan himoya vositasiga shtamp 
himoya  vositasining faqat bir bo‗lagiga bosilishi lozim. Ishga yaroqsiz deb topilgan 
himoya  vositasining  eski shtampi qizil  bo‗yoq bilan o‗chirib tashlanishi  zarur. 
1.2.18.  Himoya  vositalarini  sinovdan  o‗tkazuvchi  laboratoriya  elektr  va 
mexanik  sinov  natijalarini  ixtiyoriy  shakldagi  jurnalda  qayd  qiladi.  Dielektrik 
rezinadan  qilingan  ko‗p  miqdordagi  himoya  vositalarining  sinov  natijalarini 
alohida  jurnalda  qayd  qilish  mumkin  (
2-ilova
).  Begona  tashkilotlarga  tegishli 
himoya  vositalariga  ham  shtamp  bosiladi  va  bundan tashqari, buyurtmachiga sinov 
bayonnomasi beriladi  (
3-ilova
). 

Download 4,15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   310   311   312   313   314   315   316   317   ...   379




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish