Himoya vositalarini saqlash tartibi
1.2.6.
Himoya
vositalarining
sozligi
va
ishlatishga
yaroqliligi
ta‘minlanadigan sharoitda saqlash va tashish zarur. SHuning uchun ular namlikdan,
ifloslanishdan va mexanik buzilishlardan himoyalangan bo‗lishi kerak.
1.2.7. Himoya vositalari berk xonalarda saqlanishi zarur.
Rezinadan qilingan himoya vositalari maxsus shkaf, tokcha, quti va
hokazolarda alohida saqlanishi kerak. Ular yog‗, benzin va rezinani emiradigan
boshqa moddalardan hamda to‗g‗ridan-to‗g‗ri tushadigan quyosh nuri va isitkich
asboblari ta‘sirini himoyalangan bo‗lishi lozim. Ombordagi zaxiraga olib qo‗yilgan
rezinadan tayyorlangan himoya vositalarining harorati 0 — 25° S bo‗lgan quruq
xonalarda saqlanishi kerak.
1.2.8. Izolyasiyalovchi shtanga va qisqichlar xona devorlariga tegmaslik
hamda egilmaslik choralari ko‗rilgan holatda saqlanishi zarur. Kuchlanish
ko‗rsatgichi va elektr o‗lchovchi qisqichlar jild yoki g‗iloflarda saqlanishi lozim.
Ko‗chma erga ulagichlarni saqlashga mo‗ljallangan maxsus joylarga tartib raqami
qo‗yiladi, ularning raqamlari ko‗chma erga ulagichlardagi raqamlarga mos kelishi
kerak.
1.2.9. Protivogazlar maxsus sumkalarga joylangan bo‗lib, quruq xonalarda
saqlanishi shart.
1.2.10. Ishlatilayotgan himoya vositalari maxsus ajratilgan joylarda,
odatda, xonalarning kirish joylarida va elektr uskunalarini boshqaruv shitlarida
joylashtiriladi. Ushbu joylarda himoya vositalarining ro‗yxati bo‗lishi kerak.
Saqlanish joylarida shtangalar, qisqichlar, ko‗chma erga ulagichlar, xavfsizlik
plakatlari va belgilari uchun kronshteyn yoki ilgaklar bo‗lishi, shuningdek,
dielektrik qo‗lqop, dielektrik kalish, dielektrik etik, dielektrik gilamcha, dielektrik
qalpoq, izolyasiyalovchi taglik va qoplama, qo‗lqop, himoya belbog‗i va arqonlari,
himoya ko‗zoynagi, protivogaz va kuchlanish ko‗rsatgichlar va boshqalar uchun
shkaflar hamda tokchalar bilan jihozlangan bo‗lishi zarur.
1.2.11. Tezkor chiqadigan va ta‘mirlash brigadalari, laboratoriyadagi yoki
shaxsiy foydalanishda bo‗lgan elektr himoya vositalari quti, sumka yoki jildlarda
saqlanishi lozim.
1.2.12. Kuchlanish ostida ta‘mirlash ishlarini olib borishda ishlatiladigan
izolyasiyalovchi vositalar quruq va havosi shamollatiladigan xonalarda saqlanishi,
ularni tashqarida va ochiq havoda vaqtinchalik saqlaganda jildlarga solingan
bo‗lishi zarur. Izolyasiyalovchi qurilmalar va moslamalarni ishlatishdan oldin
quruq latta bilan artish, ishlatish mobaynida namlanishiga yo‗l qo‗ymaslik talab
qilinadi. Izolyasiyalovchi vositalar namiqqan bo‗lsa, ularni quritish va navbatdan
tashqari elektr sinovidan o‗tkazish darkor.
Do'stlaringiz bilan baham: |