Prakticheskaya rabota№14
Elektr uskunalaridan foydalaniladigan himoya vositalarini
qo‗llash va sinash qoidalari
«O‗zdavenergonazorat» agentligining 2001 yil 29 noyabrdagi 374-sonli buyrug‗i
bilan
«TASDIQLANGAN»
«O‗zbekenergo» Davlat aksiyadorlik kompaniyasi
O‗zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi
O‗zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi bilan
«KELISHILGAN»
ELEKTR USKUNALARIDAN FOYDALANILADIGAN HIMOYA
VOSITALARINI QO‗LLASH VA SINASH
QOIDALARI
1. UMUMIY NIZOMLAR
1.1. Qoidalarning maqsadi va qo‗llanilishi
326
1.1.1. Ushbu Qoidalar «O‗zbekenergo» Davlat aksionerlik kompaniyasi
qaramog‗idagi
barcha
qurilish-montaj
tashkilotlari,
trestlar,
zavodlar,
mexanizatsiyalashgan kolonnalar va boshqa korxona hamda tashkilotlar uchun
taalluqlidir.
Ushbu Qoidalarni elektr uskunalarini ta‘mirlovchi, foydalanuvchi, quruvchi
va montaj qiluvchi muhandis-texnik xodimlar va ishchilar egallab turgan lavozimi
yoki kasbi hajmida bilishlari shart.
1.1.2. Qoidalarda himoya vositalarining tasniflari, ularga qo‗yiladigan
talablar bayon qilingan, foydalanish usullari va sinov me‘yorlari bo‗yicha
ko‗rsatmalar keltirilgan.
Mazkur Qoidalar talablariga javob bermaydigan himoya vositalarini
ishlatish man qilinadi.
1.1.3. Himoya vositalari, ularni amalga tatbiq qilish xarakteriga qarab ikki
turga bo‗linadi: kollektiv himoya vositalari va shaxsiy himoya vositalari (GOST
12. 4. 011-75).
Elektr
uskunalari konstruksiyalarining himoya vositasi funksiyasini
bajaruvchi (muntazam to‗siqlar, statsionar erga ulagich pichoqlar va hokazolar)
qismlari himoya vositalari tushunchasiga kirmaydi.
1.1.4. Elektr himoya vositalariga quyidagilar kiradi:
izolyasiyalovchi shtangalar (operativ, o‗lchov, erga ulagichni o‗rnatish
uchun), izolyasiyalovchi va elektr o‗lchovchi qisqichlar (saqlagichlar bilan ishlash
operatsiyalari uchun), kuchlanish ko‗rsatgichi, fazalarni sozlash uchun kuchlanish
ko‗rsatgichi va hokazolar;
1000 V dan yuqori kuchlanish ostida ta‘mirlash ishlarini olib borish uchun
ishlatiladigan izolyasiyalovchi vositalar va moslamalar, 1000 V gacha kuchlanish
ostidagi elektr uskunalarida ish olib borish uchun ishlatiladigan izo lyasiyalovchi
dastakli chilangarlik-yig‗uv asboblari;
dielektrik qo‗lqoplar, etiklar, kalishlar, gilamchalar, izolyasiyalovchi
qoplamalar va izolyasiyalovchi tagliklar;
shaxsiy ekranlovchi komplektlar;
ko‗chma erga ulagichlar;
to‗siq qurilmalari va dielektrik qalpoqlar;
xavfsizlik plakatlari va belgilari.
YUqorida
keltirilgan
elektr
himoya
vositalaridan
tashqari,
elektr
uskunalarida ish olib borilganda himoya ko‗zoynagi va kaskalar, protivogazlar,
qo‗lqoplar, montyorning himoya belbog‗lari va xavfsizlik arqonlari kabi shaxsiy
himoya vositalarini qo‗llash mumkin.
1.1.5. 1000 V kuchlanishdan yuqori elektr uskunalarida ish bajarish
mobaynida ishlatiladigan asosiy himoya vositalariga quyidagilar kiradi:
izolyasiyalovchi
shtangalar,
izolyasiyalovchi
va
elektr
o‗lchovchi
qisqichlar, kuchlanish ko‗rsatgichlari, fazalarni sozlash uchun aniqlovchi
kuchlanish ko‗rsatgichlari;
elektr montyorlar havo elektr uzatish tarmoqlarida bevosita tok o‗tkazuvchi
qismlarga tegib turib ta‘mirlash ishlarini olib borishda ko‗llaniladigan
327
izolyasiyalovchi
qurilma
va
asbob-uskunalar
(izolyasiyalovchi
narvonlar,
havozalar, bevosita simlarga tegib turadigan izolyasiyalovchi tortqilar, arqonlar,
teleskopik minoralar savatchasi, simlarda ishlash uchun mo‗ljallangan ko‗chma
minoralar va hokazolar).
1.1.6. Asosiy himoya vositalarining izolyasiyalovchi qismi dielektrik
xususiyati chidamli bo‗lgan materiallardan (chinni, qog‗ozbakllet quvurlari, ebanit,
getinaks, yog‗och qatlamli plastiklar, plastik va shisha epoksid materiallar va
hokazolardan) tayyorlanishi zarur.
O‗ziga nam tortuvchi materiallar (qog‗ozbakelit quvurlar, yog‗och va
boshqalar) namga chidamli lok bilan qoplangan va bu materiallar yorilmagan, darz
ketmagan, tekis yuzali va tirnalmagan bo‗lishi kerak.
1.1.7. 1000 V kuchlanishdan yuqori elektr uskunalarida qo‗llaniladigan
qo‗shimcha elektr himoya vositalariga quyidagilar kiradi:
dielektrik qo‗lqoplar;
dielektrik etiklar;
dielektrik gilamchalar;
shaxsiy ekranlovchi komplektlar;
izolyasiyalovchi tagliklar va qoplamalar;
dielektrik qalpoqlar;
ko‗chma erga ulagichlar:
to‗siq qurilmalari;
xavfsizlik plakatlari va belgilari.
1.1.8. 1000 V kuchlanishgacha bo‗lgan elektr uskunalarida qo‗llaniladigan
asosiy elektr himoya vositalariga quyidagilar kiradi:
izolyasiyalovchi shtangalar;
izolyasiyalovchi va elektr o‗lchovchi qisqichlar;
kuchlanish ko‗rsatgichlari;
dielektrik qo‗lqoplar;
izolyasiyalovchi dastakli chilangarlik-yig‗uv asboblari.
1.1.9. 1000 V kuchlanishgacha bo‗lgan elektr uskunalari uchun qo‗shimcha
elektr himoya vositalariga quyidagilar kiradi:
dielektrik kalishlar;
dielektrik gilamchalar;
ko‗chma erga ulagichlar;
izolyasiyalovchi tagliklar va qoplamalar;
to‗siq qurilmalari;
xavfsizlik plakatlari va belgilari.
1.1.10. Elektr uskunalarini operativ holda almashlab ulashlarda va boshq a
ishlarni bajarish uchun zarur himoya vositalarini tanlab olish mazkur Qoidalar
asosida, «Elektr uskunalarini ishlatishda xavfsizlik texnikasi qoidalari», «Sanoat
chastotasida ishlayotgan o‗zgaruvchan tokli 500 kV kuchlanishli elektr uzatish
havo tarmoqlari va podstansiyalarida ish bajarish jarayonida mehnatni muhofaza
qilish me‘yorlari va qoidalari» hamda boshqa tegishli me‘yoriy texnik hujjatlar
328
bilan, shuningdek, mazkur hujjatlarda talab etilganidek mahalliy sharoitga qarab
aniqlanadi.
1.1.11. Asosiy himoya vositalaridan foydalanilganda qo‗shimcha himoya
vositalarining birini ishlatish kifoyadir, bundan faqat elektr uskunalari tokidan
shikastlangan odamlarni qutqarish holati mustasnodir. Bunday hollarda qadam
kuchlanishdan saqlanish uchun shuningdek, dielektrik etik yoki kalish ham
ishlatiladi.
1.1.12. Himoya vositalari elektr uskunalari ishchi kuchlanishning
1
eng
yuqori qiymatida ishlatishga mo‗ljallangan bo‗lishi zarur (GOST 1516.1-76 va
20690-75).
1
Bu erda va bundan keyin kuchlanish deganda himoya vositalari uchun
mo‗ljallangan kuchlanish sinfi tushuniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |