R e j a :
1.
Kasb psixologiyasi fanining predmeti, maqsad va vazifalari.
2.
Kasb psixologiyasi fanining shakllanish tarixi.
3.
Kasb psixologiyasining boshqa fanlar bilan bog`liqligi.
4.
O`quv fanlari tizimida kasb psixologiyasi.
T a ya n ch s o' z v a i b o r a l a r :
Kasb psixologiyasi, rux, aks ettirish, psixika, Aristotel, refleks, emperizm,
sensualizm, faktlar, jarayonlar, individual xususiyatlar, vazifalar, psixik holatlar.
Prinsip, determinizm, ong, faoliyat, amaliyot, nazariya, soha, ijtimoiy psixologiya,
psixika, tadqiqot, psixik taraqqiyot, ijtimoiy borliq.
Psixologiya
lotincha
“psyuxe"-ruh,
"logos"-fan,
ta'Iimot
degan
so'zlardanoiinganbo'iib, psixologiya fani inson ruhi haqidagi ta'limotdir. Boshqacha
qilib aytgandapsixologiya ruhshunoslik,insonshunoslik haqidagi fandir.
O„zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov: «Psixologiya fani biz
uchun eng zarur sohalardan biri. Psixologiyani o„rganish - hayotni, insonni o„rganish
degani. Kerak bo„lsa, rahbarlik qilmoqchi ekansiz, yetakchi bo„lib, odamlarga
ko„rsatma bermoqchi ekansiz, oldin ularning psixologiyasini har tomonlama
o„rganish kerak)), - degan edi. Ushbu fikr kasbiy psixologiya fanining metodologik
asoslaridan birini tashkil qiladi.
Har qanday inson kundalik hayotida odamlar bilan uchrashib, muloqotga
kirishar ekan, u o„zining bosiq yoki qiziqqon, beparvo yoki qiziquvchan, mehribon
yoki bag„ritosh, jahldor yoki bosiq va hokazolardan iborat ichki va tashqi ruhiy
olamini namoyon qiladi. Bu ruhiy holatlar ongli va ongsiz tarzda namoyon bo„ladi.
Ana shu holatlar- ning barchasi insonning psixikasini tashkil qiladi.
Inson psixikasi moddiy va ma‟naviy borliqdagi narsa va hodisalarni jonli in‟ikos
etuvchi murakkab jarayon bo„lib, u insoniyatning uzoq davom etgan fiziologik rivoji
uyg„unligining mahsuli hisoblanadi
Xo„sh, psixika nimaq
Psixika - yuqori darajada tashkil topgan materiyaning tizimli xossasi
(xususiyati), subyekt tomonidan obyektiv borliqni faol aks ettirish, mazkur borliq
manzaralarini subyekt o„zidan uzoqlashtirmay ifodalashi, xuddi shu asnoda o„z xulqi
va faoliyatini shaxsan boshqarishdir. Psixikada o„tmishning, hozirgi davr va kelgusi
zamonning hodisalari ifodalangan, tartibga solingan
1
. Psixikaning asosiy vazifalari -
aks ettirish - faoliyat va xatti-harakatlarni boshqarishdir.
Uning namoyon bo„lish shakllari va ularning o„zaro bog„liqligi psixik (bilish)
jarayonlar (sezgi, idrok, xotira, tafakkur, xayol, nutq va diqqat), psixologik holatlar
(hissiyot, emotsiya, e‟tiqodlilik, bardamlik, tetiklik, qiziquvchanlik, hayratlanish,
ishonchlilik, ijodiy ruhlanish), shaxsning xususiyatlari (yo„nalishlar, temperament,
xarakter, qobiliyat, iqtidor, aqliy salohiyat, xulq motivatsiyasi, ish uslubi,
mas‟uliyat)da kuzatiladi.
Psixologiya - psixikaning kelib chiqishi, rivojlanish qonuniyatlari, shuningdek
insondagi onglilik va ongsizlik fenomenlarining xilma-xil ko„rinishlarini o„rganuvchi
fan.
Psixologiya yunoncha «psixologos» so„zidan olingan bo„lib, «jon», «ruh»
haqidagi fan, ta‟limot degan ma‟noni anglatadi. Biroq hozirgi davr ilmida «jon»
tushunchasi o„rniga «psixika» atamasini qo„llash qabul qilingan. Chunki lingvistik
nuqtai nazardan «jon», «psixika» tushunchalari aynan bir ma‟noni bildiradi. Lekin
«psixika» atamasi bugungi kunda «jon»ga nisbatan kengroq ma‟noga, ko„lamga ega
bo„lib, inson ruhiyatining ham ko„zga ko„rinuvchi, ham ko„zga ko„rinmas
tomonlarini o„zida aks ettiradi.
Psixologiya fanining obyektiga psixika, ong va ongsizlik, shaxs va uning faolligi
kirsa, uning predmetini ana shu obyekt haqidagi muayyan bilimlar tashkil qiladi
(Obyekt - kishilarning diqqatini o„ziga tortadigan moddiy va ma‟naviy borliq.
Predmet - moddiy va ma‟naviy borliq haqidagi bilimlar majmuasi va o„rganiladigan
masalalar).
Yuqorida ta‟kidlab o„tganimizdek, kasbiy psixologiya kasb psixologiya tarkibida
yuzaga kelgan bo„lib, aniq faoliyat, ya‟ni ichki ishlar idoralari faoliyatidagi
psixologik jihatlarning muhim tomonlarini o„rganishga bag„ishlangan fan
hisoblanadi.
Kasbiy psixologiya ilmiy-amaliy fan bo„lib, umumiy psixologiyaning
qonuniyatlarini o„rganadi va bu fanni samaradorligini oshirish uchun tavsiyalar ishlab
chiqadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |