Tarixiylik prinsipi. Psixologiyada biror voqelikni tadqiq etishni uning ayni
paytgacha o'rganilish tarixi, jarayoni, ijobiy va salbiy jihatlari inobatga olinadi hamda
tadqiqotchi tomonidan avval o'rganilmagan jihatlari yangilik sifatida kashf etiladi.
Bu prinsipga asosan ilmiy tadqiqiy ishlarni amalga oshirishda foydalaniladi.
Nazariya va amaliyot birligi prinsipi. Nazariyada yaratilgan kashfiyotlar,
tadqiqotlar amaliyotda joriy etilishi va aksincha amaliyotda tekshirilgan, kuzatilgan
hodisalarni nazariy jihatdan asoslashni taqozo etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |