16 баллдан паст: сиз сайёрамизда жуда юмшоқ юрасиз ва изингиз бошқаларникига нисбатан
кичик. Атрофимизда шундай одамлар кўпроқ бўлишини xохлар эдик.
17 баллдан 30 гача: сизнинг изингиз ўртача ва сайёрамизга зарар келтирмоқдасиз. Атроф муxит
сизга ўхшаган кўп кишиларни таoминлай олмайди.
30 дан юқори: Бонг! Агар сайёрамиздаги ҳар бир киши шундай изга эга бўлса, барчани эxтиёжини
қондириш учун бизга яна бир неча Ер сайёраси керак бўлади.
Шу балларни тўплаган талаба барқарор ривожланиш концепциясида айтилганидек, “
Табиат – бу
аждодлардан қолган мерос эмас, балки авлодлардан қарзга олинган бойликдир” эканлигини англаб,
табиий ресурслардан оқилона фойдаланишга ҳаракат қилишади. Бу эса уларнинг барқарор
ривожланишга қўшган xиссасидир. Чунки,
барқарор ривожланиш ғоясининг мақсади – келажак авлод
эxтиёжларини инобатга олган xолда xозирги замон кишилик жамиятини узвий боғланган экологик,
иқтисодий ва ижтимоий тараққиётини бир меъёрда таъминлашдир.
Фойдаланилган адабиётлар:
1.Турсунов Х.Т., Рахимова Т.У. Экология. Т. “Чинор ЭНК”, 2006.
2. Рафиқов А.А., Абирқулов Қ.Н., Xожиматов А.Н. Экология. Т. “Ўзбекистон ёзувчилар уюшмаси
адабийт жамғармаси”, 2004.
3. “Экологик таълимдан барқарор ривожланиш таълими сари” . “Талқин” нашриёти, 2007.
KICHIK BIZNES KORXONASI BIZNES-REJASINING MOLIYAVIY MODELI
SH.M. Sattorov *,
D.SH. Husanova
TMI* , JIDU
Bozor iqtisodiyoti sharoitida korxonalarda moliyaviy hisob va hisobot tizimini joriy qilish va
samaradorligini oshirish eng dolzarb masala bo‘lib qolmoqda. Bunda ichki va tashqi xarajatlarni kamaytirish
natijasida foydani ko‘paytirsa bo‘ladi.
Xo‘jalik yurituvchi subyektlarning moliyaviy hisobotini takomillashtirish, taqdim etish va nashr qilish
qoidalari va yo‘nalishlarini muvofiqlashtirish, mulk egasi va sarmoyachilarning manfaatlarini himoya qilish
dolzarb muammoga aylanmoqda.
O‘zbekistonda ilk bor moliyaviy hisobni olib borishda moliyaviy modellar kiritilgan.
Moliyaviy model – tanlangan ob’ekt faoliyati mexanizmini, undagi iqtisodiy hodisalarni, pul oqimlari
nuqtai nazaridan o’rganib, hisoblash jarayonini aks ettiradigan tizimdir. Moliyaviy model ob’ektning mo`jaz
andozasi bo’lib, qiymatlar, cheklanishlar va maqsad funksiyasini tanlash orqali tuziladi. Birinchi moliyaviy
model kichik korxonaning pul oqimlar harakatini aks ettirishda va normativga asosan foydani tarqatishda
qo’llaniladi. Birinchi model savdo va umumiy ovqatlanish tashkilotlaridan tashqari hamma korxonalarda
xarajatlar kalkulyatsiyasini hisoblash, smeta tuzish va moliyaviy natijalarni shakllantirishda qo’llaniladi.
Moliyaviy model – xo‘jalik yurituvchi subyektda biror bir davr ichida pul oqimlar harakatini izohli
shemasiga aytiladi. Korxona bo‘limlari orasida pul mablag`lari taqsimlanib, ularning ishlash faoliyati
ta‘minlanadi. Agarda pul oqimlari me`yordan kam miqdorda kirib kelsa, bo‘limlar faoliyatiga salbiy ta‘sir
etadi. Ichki nazorat asosida pul oqimlar me‘yori aniqlanadi.
Xo`jalik yurituvchi sub`yektlar buxgalterining asosiy vazifasi o‘z faoliyati jarayonida maxsulot ishlab
chiqarishning buxgalter hisobini olib borishdir. Bu vazifani bajarish 3 bosqichdan iborat faoliyatni yo‘lga
qo‘yish va nazorat etishdir.
Birinchi navbatda ta‘minot jarayonini, ikkinchi bosqichda ishlab chiqarish, uchinchi bosqichda sotish
jarayonini moliyaviy hisobini amalga oshirishdir. Birinchi moliyaviy modelda quyidagi ko’rsatkichlar
hisoblanadi. Sof tushum, balans foyda, tarqatilayotgan foyda va sof foyda.
Sof tushum (T), soliq to’langandan keyin qolgan daromad hisoblanadi:
Do'stlaringiz bilan baham: