Kimyoviy sterillash
Kimyoviy sterillash asosan zaharli kimyoviy moddalar bilan
mikroorganizmlarni yo'q qilishdir. Qizdirib sterillash mumkin
bo'lmagan materiallar (o'simlik urug'lari, binolar dorilanganda)
dezinfeksiya qilinadi, ya'ni dorilanadi. Dezinfeksiya qilish uchun
kimyoviy moddalar sulema 1:1000, 1:10000 eritmasi, karbol kislota 2-
5%, ohak 4-10% va boshqa kimyoviy moddalar ishlatiladi.
MIKROORGANIZMLARNI O'STIRISH UCHUN OZIQA
MUHITLARI TAYYORLASH USULLARI
Mashg'ulot o'tish tartibi: Mikroorganizmlarni o'stirish uchun
tayyorlanadigan
oziqa
muhitlarining
tarkibi
va
tayyorlash
texnologiyalari bilan tanishiladi (go'sht-pepton buloni, kartoshkali
oziqa va Chapeka oziqasi). pH ni 7,4-7,6 ga teng qilib, oziqa
muhitlarni probirka va kolbalarga solib avtoklavda sterilizasiya
qiladilar. Avtoklavdan olingan probirkadagi agarli oziqalar qiya qilib
qo'yiladi, kolbadagilar esa Petri likobchalarga solib qotiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |