Mikrobiologiya va immunologiya


Hayvonlarga nisbatan patogenligi



Download 3,93 Mb.
Pdf ko'rish
bet84/101
Sana01.01.2022
Hajmi3,93 Mb.
#280733
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   101
Bog'liq
xususiy mikrobiologiya i-qismi

Hayvonlarga nisbatan patogenligi. Tabiiy sharoitda hayvonlar qorin tifi va 
paratif A bilan kasallanmaydi. 
Odamlardagi  patogenezi.  Infeksiya  manbai-bemor,  bakteriya  tashuvchi  va 
rekonvalenssentlar  hisoblanadi.  Kasallik  og‘iz  orqali  yuqadi.  Yashirin  davri 
o‘rtacha 10-14 kun. Infeksiya patogenezida 7 davr farq qilinadi:  
1)  organizmga  tushish  davri  qo‘zg‘atuvchi  og‘iz  orqali  odam  organizmiga 
kirib  me’daga  tushadi,  so‘ng  ingichka  ichakning  pastki  bo‘limiga  etib  boradi  va 
epiteliy hujayralariga birikadi, limfa follikulalariga kirib, tezda ko‘paya boshlaydi; 


86 
 
2)  invaziya davri.  Bu  davrda  ingichka  ichakning pastki qismidagi solitar  follikula 
va  Peyer  pilakchalarida  yallig‘lanish  jarayoni  rivojlanadi.  Bu  ikki  davr 
kasallikning  inkubatsion  davrini  tashkil  qiladi  va  bu  davrning  oxirida  mikrob 
ingichka  ichakning  limfa  sistemasidan  qonga  o‘tadi.  Bunda  bemorda  kasallikning 
klinik  belgilari  paydo  bo‘la  boshlaydi.  Bu  davrda  qonda  juda  ko‘p  bakteriya 
bo‘ladi, shuning uchun bakteremiya davri deyiladi. 
Qondagi salmonellalar qon bilan butun organizmga tarqaladi. Limfa bezlari, 
taloq, jigar, ilik, buyrak va boshqa a’zolarda ko‘payadi, bu davr 7 kun davom etib, 
kasallikning birinchi haftasiga to‘g‘ri keladi va a’zolarga tarqalish davri deyiladi.  
Qonning bakteriotsid ta’sirida bakteriyalar parchalanadi, natijada qonga ko‘p 
miqdorda  endotoksin  tushadi,  natijada  intoksikatsiya  davri  rivojlanadi.  Bu 
kasallikning  ikkinchi  haftasiga  to‘g‘ri  kelib,  harorat  ko‘tariladi,  yurak,  qon, 
markaziy  nerv  sistemasining  faoliyati  buziladi.  Bu  davrda  organizmda  kasallikka 
qarshi  immun  javob  rivojlanadi,  fagotsitoz  kuchayadiva  qonda  deyarli  mikrob 
qolmaydi.  Parenximatoz  organlar  ham  salmonellalardan  asta-sekin  tozalanadi. 
Lekin  ba’zan  qo‘zg‘atuvchi  o‘t  pufagida  saqlanib  qoladi,  shu  sababli  tif 
bakteriyalari  ko‘payib,  o‘t  yo‘llari  orqali  juda  ko‘p  miqdorda  qaytadan  ichakka 
tushadi.  Bu  erda  Peyer  pilakchalari  va  solitar  follikulalarga  ikkinchi  marta  kiradi, 
ya’ni  invaziya  ro‘y  beradi.  Natijada  pilakchalar  va  follikulalar  yallig‘lanadi, 
shishadi, so‘ngra chiriydi, yaralar paydo bo‘ladi, uning usti parda bilan qoplanadi. 
Ba’zan  bu  yaralar  yorilib  ichakdan  qorin  bo‘shlig‘iga  “oqmalar”  chiqishi  va 
peritonitga  olib  kelishi  mumkin.  Bu  –  kasallikning  eng  zo‘raygan  davri 
hisoblanadi.  Bu  davrda  bakteriyalar  peshob  bilan  organizmdan  tashqariga  chiqadi 
va  bu  holat  bakteriuriya  deyiladi.  Kasallik  patogenzidagi  bu  davr  mikrobning 
tashqariga  chiqarilish  va  allergik  davri  deb  ataladi.  Agar  organizmning  himoya 
faoliyatipatogen  omillarni  engsa,  unda  sog‘ayish  davri  boshlanadi.  Bu  davrda 
bemorning  harorati  normallashadi,  umumiy  ahvoli  yaxshilanadi,  zararlangan  a’zo 
va  to‘qimalar  tiklana  boshlaydi.  Bu  darddan  sog‘ayganlarning  80%  i  ikki 
haftagacha,  3-5%  i  bir  necha  oy  va  yillargacha,  hatto  umrining  oxirigacha 
bakteriya tashuvchi bo‘lib qoladi. 


87 
 
Qorin  tifi  har  xil:  juda  engil  yoki  og‘ir  -  o‘lim  bilan  tugaydigan  shaklda 
kechishi mumkin. Shuning uchun ayrim hollarda klinik jihatdan qorin tifini paratif 
va  boshqa  kasalliklardan  ajratib  olish  qiyin.  Bunda  laboratiori  tekshiriuvini 
o‘tkazish  muhim  ahamiyatga  ega.  Hozirgi  vaqtda  qorin  tifi  va  paratiflar  sporadik 
holda uchraydi, engil kechadi, asoratlar va letallik kam. 

Download 3,93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   101




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish