Mikrobiologiya va immunologiya


Hayvonlarga  nisbatan  patogenligi



Download 3,93 Mb.
Pdf ko'rish
bet78/101
Sana01.01.2022
Hajmi3,93 Mb.
#280733
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   101
Bog'liq
xususiy mikrobiologiya i-qismi

Hayvonlarga  nisbatan  patogenligi. Tabiiy sharoitda  hayvonlar dizenteriya 
bilan kasallanmaydi. 
Kasallikning  odamlarda  patogenezi.  Dizenteriyaning  patogenezi  yo‘g‘on 
ichak  distal  qismining  epitelial  hujayralariga  bakteriyalarning  kirishi,  u  erda 
ko‘payishi  hamda  toksin  ajratishiga  bog‘liq.  Bunda  yo‘g‘on  ichakning  shilliq  va 
shilliq  osti  qavati  ham  zararlanadi  va  organizm  zaxarlanadi.  O‘tkir  va  surunkali 
dizenteriya    bilan  og‘rigan  bemor,  rekonvalessent  va  bakteriya  tashuvchilar 
infeksiya manbai hisoblanadi, chunki dizenteriya antroponoz kasallik bo‘lib, faqat 
odamlardan  yuqadi.  Kasallik  shigella  bakteriyalari  tushgan  ovqat  mahsulotlari, 
ayniqsa ifloslangan sut, suv, qo‘l, pashsha (chivin), suvarak va boshqalardan og‘iz 
orqali yuqadi. 
Ichburug‘  kasalligida  bakteriemiya  kuzatilmaydi,  ammo  organizm  yo‘g‘on 
ichakning  shilliq  qavati  orqali  so‘rilgan  shigella  toksini  ta’sirida  zaxarlanadi. 
Sh.dysenteriae  qo‘zg‘atgan  kasallik  og‘ir  kechadi.  Dizenteriyada  organizm 
zaxarlanadi  va  yo‘g‘on  ichak  kuchli  jarohatlanadi.  Shu  sababli  yo‘g‘on  ichakda 
giperemiyali  yara,  shish  paydo  bo‘ladi,  kasallikning  bu  turi  tropik  va  subtropik 
mamlakatlarda  keng  tarqalgan,  bizda  kam  uchraydi.  Bizda  asosan,  Fleksner 
shigellasi  keltirib  chiqaradigan  ichburug‘  kuzatiladi.  Ichburug‘    maktabgacha 
yoshdagi bolalarga xos. Zonne dizenteriyasi, asosan, ovqat orqali, chunki u boshqa 


80 
 
shigellalarga  nisbatan  ovqatda  va  ichakda  tez  ko‘payadi  va  enterotoksin  hosil 
qiladi, natijada ovqatdan zaxarlanish ro‘y beradi. 
Ichburug‘  kasalligining  yashirin  davri  1-7  kun.  Bemorning  tana  harorati 
yuqori  bo‘lib,  qorni  burab  og‘riydi,  “soxta  xojat”,  shilliq  yiring  va  yangi  qon 
aralash  diareya  kuzatiladi.  Kasallik  o‘tkir  boshlanib  surunkali  o‘tishi  mumkin. 
Yosh bolalarda letallik 0-1% ni tashkil qiladi. 
Immuniteti.  Dizenteriyadan  sog‘aygandan  so‘ng,  gurux  maxsus  uncha 
kuchli  bo‘lmagan  va  uzoq  davom  etmaydigan  immunitet  hosil  bo‘ladi,  shuning 
uchun dizenteriya bilan bir necha bor qayta kasallanish mumkin. 
Ichburug‘da  umumiy  va  mahalliy  immunitet  rivojlanadi.  Mahalliy 
immunitetda  sekretor    IgA  ning  ahamiyati  katta.  Sekretor  immunoglobulinlar 
kasallikning  birinchi  haftasida  ichak  shilliq  qavati  yuzasini  qoplaydi,  natijada 
shigellalarning epiteliy hujayralariga yopishib olishiga to‘sqinlik qiladi.  

Download 3,93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   101




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish