Darsni mustahkamlash uchun savollar:
1. Oybåk — bolalar shoiri.
2. Oybåk qissalari.
3. Oybåk dostonlari.
8 — Bolalar adabiyoti va ifodali o‘qish
www.ziyouz.com kutubxonasi
114
Hozirgi zamon o‘zbåk bolalar adabiyotining taraqqiyotiga
katta hissa qo‘shgan qalam sohiblaridan biri Uyg‘unning
kichkintoylarga bag‘ishlab yaratgan „Qorbobo“, „Hadya“,
„Bahor va mån“, „Ikki ona“ va boshqa shå’riy to‘plamlari
bolalar adabiyotida yåtakchi o‘rinda turadi. Shoir bolalarga
atab yozgan barcha katta-kichik shå’rlarida o‘qimishli, ona-
Vatan va måhnatni jon-dildan såvgan chin do‘st, rostgo‘y,
sofdil bolalarning his-tuyg‘ularini ifodalaydi, yoshlarni Vata-
nimizning go‘zal tabiati, boyliklari va kishilarimizning ajoyib
fazilatlari bilan tanishtiradi.
Shoir bolalarga bag‘ishlab yozgan barcha shå’rlarida mav-
zuni o‘ziga xos jihatdan aks ettirishga harakat qiladi. Shu ji-
hatdan uning ona-Vatan mavzusiga bag‘ishlangan „Ikki ona“
shå’ri xaraktårlidir. Shå’r qahramonining ikkita onasi bor: biri
unga oq sut bårgan; ikkinchisi esa o‘z bag‘rida avaylab parva-
rish qilgan. Ikkala onasi ham aziz, muqaddas va mo‘tabar. Bi-
ri — uning tug‘gan måhribon onasi, ikkinchisi — jonajon va-
tani. Lirik qahramon ana shu bir-biridan mo‘tabar ikki onasi
bilan g‘ururlanadi, faxrlanadi. O‘zini boqqan, tarbiyalagan bu
ikki ona oldida bir umr qarzdor. Zarur bo‘lib qolsa, ular
uchun qurbon bo‘lishga ham tayyor:
Biri — tug‘gan onamdir,
Ikkinchisi — hur Vatan,
Ikkisiga barobar
Qurbon bo‘lsin jon-u tan.
Uyg‘un bolalar adabiyotida vatanparvarlik to‘g‘risida ko‘p-
lab shå’rlar yozgan shoir sifatida e’zozlanadi. „Måning akam“,
„Chågarachi“, „Saodat soqchilari“ kabi asarlari bunga misol
UYG‘UN
(1905 — 1990)
www.ziyouz.com kutubxonasi
115
bo‘la oladi. Shoir bu shå’rlarda chågara soqchilarining o‘z
postlarida sårgak turib, uni qo‘riqlayotganini va jangchilarning
Vatan oldidagi qahramonliklarini tasvirlash orqali bolalarni
harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalaydi.
Bolalarning ona-Vatan oldidagi muqaddas burchi, fidoyi-
ligi, e’tiqodi va sadoqati shoirning „Qasos“ (1944) asarida ya-
nada chuqur ifodasini topgan. Asarda muqaddas Vatan, dush-
manga nisbatan nafrat, g‘alabaga bo‘lgan komil ishonch g‘o-
yasi ifodalanadi.
Shoirning „Qizaloqning o‘limi“, „O‘g‘irlangan husn“, „In-
son“ kabi bir qator shå’rlari mudhish urush dahshatlari va
yosh go‘daklar taqdiri haqida yozilgan.
Ikkinchi jahon urushi yillarida fashistlar tomonidan qan-
chadan-qancha shahar va qishloqlar vayron bo‘ldi, kishilar
jang maydonlarida qahramonlarcha halok bo‘ldi, nåcha-nåcha
bågunoh go‘daklar ota-onasidan tirik yåtim qoldi, qanchalari
fashist gazandalarining qo‘lida halok bo‘ldi.
„Qizaloqning o‘limi“da ana shunday mudhish va fojiali
ko‘rinishlardan biri quyidagicha tasvirlanadi:
Qarang, bu manzara naqadar mudhish,
Tilka-tilka bo‘lingan yurak burdasi:
Jonsiz onasining qonli ko‘ksida
Yotar chaqaloqning kichik murdasi.
Paxtaday yuzlari¾ jajji qo‘llari¾
Uyg‘un tabiat va fasllar kuychisi sifatida ham e’zozlanadi.
Sårquyosh O‘zbåkistonning bir-biridan ajoyib fasllarining o‘ziga
xos fazilatlari, xosiyati, jozibasi shoirning „Bahor haqida“,
„Kuz kåldi“, „Qor“, „Yoz“, „Qorbobo“ kabi qator asarla-
rida zo‘r hayajon bilan kuylanadi. Uyg‘un fasllarning båtakror
sirlarini bolalarga turli usullar bilan ularning yoshi, saviyasiga
mos holda sodda, ixcham va jozibali misralarda ifodalab båradi.
Ularni hayotdagi turli-tuman muammolar bilan tanishtiradi,
fasllar shoirnnig niyatini amalga oshirishda bir vosita sanaladi.
Shoir fasllar va ularga xos bo‘lgan o‘yinlardan o‘z qahramo-
ni — bolalarning ruhiyatini ochish va ularning xaraktårini ko‘r-
satishda unumli foydalanadi. Mana, uning „Fasllar“ shå’ri:
Yilimizning salmoqdor ishi
To‘rt faslga tåkis bo‘linar:
Qish tayyorlar, bahor ekadi,
Kuz yig‘adi, yoz tarbiyalar.
www.ziyouz.com kutubxonasi
116
Shoir har faslning xislati va fazilati inson måhnati bilan
go‘zal ekanligini „Bahor“ shå’rida yaxshigina tasvirlab båradi:
Bog‘bon chiqar bog‘iga,
Cho‘pon kåtar tog‘iga.
Bolarilar g‘uvillab,
Qo‘nar gul yaprog‘iga¾
Suvlar shildirab oqar,
Qo‘shig‘i dilga yoqar.
Bizga shodlik kåltirding,
Salom sånga, gul bahor.
Turli-tuman qushlarning uchib kålishi, dala va qirlarning
gul va maysaga burkanishi, rang-barang jonivorlarning paydo
bo‘lishi kabi bolalar uchun noma’lumdåk ko‘ringan hodisa-
larni ularga tushuntirish fikrini, g‘oyasini ko‘p hollarda ba-
hor bilan borliq hodisalar orqali tasvirlaydi. Bu borada „Gul
o‘tqazdim bog‘imga“, „Qushlar kåldi“, „Boychåchak“, „Bul-
bulga“, „Laylak“ kabi shå’rlari xaraktårlidir.
Shoir qushlarga atalgan shå’rlarida bolalarni qushlar ola-
miga olib kiradi. Qushlar bahor elchisi ekanligi, qushlar bilan
olam yanada go‘zallashib yashnashi, ularning sayrashi bola-
larga zavq-shavq bag‘ishlashi jozibali misralarda tarannum
etiladi.
Uyg‘un qish fasli haqida ham anchagina badiiy pishiq
shå’rlar yozgan. Bolalar hamma fasllarni, jumladan, qishni
ham juda såvadilar. Chunki bu davrda bolalar o‘ynaydigan
o‘yinlarning turlari ko‘payadi. Ayniqsa, bolalarning eng så-
vimli archa bayramlari ham qishda bo‘ladi. Har bir bola uchun
archa bayramida ishtirok etish bir olam quvonch bag‘ishlaydi.
Shuning uchun shoirlarimiz bolalarga atab yozgan asarlarida
archa, qorbobo, yaxmalak, chana uchish, qor o‘yinini zavq
bilan tasvirlaydilar.
Uyg‘unning „Qish“, „Qorbobo“, „Archa“, „Xoliq qo‘r-
qoq“, „Yangi yil qo‘shig‘i“ kabi shå’rlarida ham qish fasli
o‘zining butun go‘zalligi bilan namoyon bo‘ladi.
Uyg‘un adabiyotimizda tabiat manzarasi tasvirining mohir
ustasi sifatida tanilgan. Bu uning bolalar uchun yozgan ko‘p-
lab shå’rlarida yaqqol ko‘rinadi. Shoir „Bahor“ shå’rida:
Osmon tiniq ko‘k shohi,
Oq bulut kåzar gohi,
www.ziyouz.com kutubxonasi
117
Gullarga ko‘miladi
Qandak o‘rikning shohi¾
Suvlar shildirab oqar,
Qo‘shig‘i dilga yoqar.
Bizga shodlik kåltirding,
Salom sånga, gul bahor!
dåb Vatanimiz husniga husn qo‘shayotgan bahor go‘zalligini
tarannum etadi va bolalar qalbida shodlik hislarini qo‘zg‘atadi,
måhnatga bo‘lgan g‘ayratini yanada oshiradi.
Uyg‘unning maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarga ba-
g‘ishlab yozgan shå’rlaridan biri „Laylak“dir. Shoir:
Laylak kåldi yoz bo‘ldi,
Qanoti qog‘oz bo‘ldi, —
dåb uni yoz elchisi ekanini bolalarga soddagina tushuntiradi va
laylak kålishi bilan bolalardagi tabassum, shodlik hislarini ta’-
sirli ifodalaydi. Shoir bolalarga laylakning butun qiyofasini qu-
yidagicha chizishga intiladi:
Laylakning bo‘yi novcha,
Tumshug‘i bor tarnovcha.
Lapanglaydi uchganda,
Uyasidan ko‘chganda.
Uzun ekan oyog‘i,
Xuddi cholning tayog‘i,
Qanoti ola ekan,
Sayrashga balo ekan.
Kichik maktab yoshidagi bolalar ko‘pgina narsa, hodisa-
larni tushunavårmaydilar, låkin ularni bilishga, tushunishga
qiziqadilar. Uyg‘unning „Laylak“, „Guldor kapalak“, „Boy-
chåchak“, „Qushlar kåldi“ kabi shå’rlari shu jihatdan xarak-
tårlidir. Shoirning bu kabi shå’rlari kichkintoylarni parran-
dalar, o‘simliklar hayoti bilan tanishtiradi.
„Guldor kapalak“ shå’rida Ahmad dasta-dasta gullar tå-
rib, do‘stlarimni xursand qilay, dåb bog‘ga kiradi. Ammo u
o‘ziga notanish hodisaga duch kålganidan hayratga tushadi:
Uzaman dåb qo‘l cho‘zuvdi,
Gul to‘satdan uchib kåtdi.
Avvaliga shoshib qoldi,
Ahmad birdan cho‘chib kåtdi.
www.ziyouz.com kutubxonasi
118
Shoir Ahmad uzmoqchi bo‘lgan gulning „uchib“ kåtga-
nida bolada tug‘ilgan hayajon va ichki holatidagi o‘zgarishni
juda ustalik bilan ifodalab, kitobxonda yoqimli ruhiy kåchinma
uyg‘otadi. Kåyinchalik shoir bu voqåaning sababini bolaga
tushuntirib båradi:
Kåyin bilsa, gul dågani —
Gul emas, bo‘lak ekan.
Cho‘p boshiga qo‘nib turgan
Guldor kapalak ekan.
Shoir „Boychåchak“, „Qushlar kåldi“ shå’rlarida tabiat-
ning ajoyib go‘zallagini tasvirlab, bolalarga Vatan va uning
tabiatiga muhabbat tuyg‘usini singdiradi:
— Yo‘q, boychåchak, såndan aslo kulmaymiz,
Xotirjam bo‘l, såni sira yulmaymiz.
Havas bilan yuzlaringga qaraymiz,
Bizlar såni qo‘riqlashga yaraymiz.
Shafqat bilan boshlaringni silaymiz,
Sånga yana uzoq umr tilaymiz.
Uyg‘un bolalarning tabiat go‘zalligiga bo‘lgan muhabbatini
ularning parrandalarga bo‘lgan måhridan ajratib qaramaydi:
Qushlarim, hoy qushlarim,
Qanoti kumushlarim,
Måhmon bo‘lib qolingiz,
Bog‘imda dam olingiz.
Shoir o‘zining ko‘pgina shå’rlarida har faslning o‘ziga xos
gashtini shoirona tarannum etadi. Yozning to‘kin pishiqchi-
ligini („Yoz“), ko‘rkam, chamanday oromgohlarda quvnab
dam olayotgan baxtiyor yoshlarni („Oromgohda“), quyosh
nurida, suv qo‘ynida yayrab-yayrab suzib yurgan sho‘x bola-
larni („Suv quchog‘ida“) qalamga olib, ularning såvinchli
kayfiyatlari orqali yozning naqadar nash’ali ekanligini yozadi.
Bundan tashqari, shoir yozning gashtini unumli måhnatda
dåb hisoblaydi. Bu jihatdan qaraydigan bo‘lsak, Uyg‘unning
„Handalak“, „Ishkomda uzum pishdi“, „Tårimchi qiz qo‘-
shig‘i“ shå’rlari o‘zbåk bolalar adabiyotida alohida ahami-
yatga ega.
Shoir „Handalak“ shå’rida handalakning shakli va rangini
„Usti yo‘l-yo‘l, sariq-ko‘k, båqasamga o‘xshaydi“ dåb bola
www.ziyouz.com kutubxonasi
119
ko‘z oldida tasvirlash bilan birga uning tilni yorar shirinligini
ham mohirona ifodalaydi.
Ayni choqda, shirin-shakar handalakni, „sharbatlarga
to‘lib-toshgan“ uzumlarni yåtishtirgan dehqonboboning måh-
natiga bolalarda muhabbat uyg‘otadi va bunday måhnatning
rohatini to‘lqinlanib kuylaydi:
Olib kålib so‘ygandi
Sharbati oqib kåtdi.
Yegan chog‘da måvasi
Juda ham yoqib kåtdi.
Shunda toza såvindim,
Yozda qilgan ishimga,
Uni qand, asal qilgan
Yaxshi parvarishimga¾
Uyg‘un ijodida folklor mavzusi yaqqol såzilib turadi. Uning
Navoiy, Gulxaniy, Hamza asarlaridan ta’sirlangan va xalq
og‘zaki ijodidan ruhlangan holda yaratgan „Yolg‘onchining
jazosi“ ertak-dostoni yosh kitobxonlar muhabbatini allaqa-
chon qozongandir.
Garchand bu asarning sujåt chizig‘i „Shår va Durroj“ga
o‘xshab kåtsa-da, dostonda butunlay boshqa voqåa, boshqa
obrazlar talqin etiladi. Uning asosiy obrazlaridan biri — Xol-
voy yolg‘onchi, xasis boy timsolida gavdalanadi. U boylik
kåtidan quvgan kimsa. Shuning uchun ham „ishonmasdan
cho‘ponga, o‘zi boqardi qo‘yni“.
Xolvoy qo‘y boqib yurib, bir kuni saharda juda zårikadi,
nima qilarini bilmay, odamlarni sinab ko‘rmoqchi bo‘ladi:
— Dod kålinglar, kålinglar!
Yuguringlar, yålinglar!
Qo‘yimga tågdi bo‘ri,
Quridi qo‘yning sho‘ri! —
dåya ovozining boricha baqiradi, dodlaydi. Odamlar shirin uy-
qularini buzib, „qo‘lga tayoq olishib, chopib, charchab, to-
lishib“, yordamga yåtib kåladilar. Låkin boy quvonchini såz-
gan olomon undan qattiq ranjiydi. Xolvoy xalq qahr-g‘azabiga
duchor bo‘ladi, o‘ziga ishonchni yo‘qotadi. Boshqa kuni
qo‘ylariga chindan ham bo‘ri tåkkanda u har qancha baqirib-
chaqirmasin, unga håch kim yordamga kålmaydi.
www.ziyouz.com kutubxonasi
120
Bo‘rilar, hatto boyning o‘zini ham yåb qo‘yishiga oz qo-
ladi. Aldangan xalq ertasi kuni bu voqåani ko‘rib, Xolvoyga
achinmaydi, aksincha:
Zararlaring ko‘p bo‘pti,
Ajab bo‘pti, xo‘p bo‘pti!
Yolg‘onchiga shu sazo
Shunga loyiqdir jazo!
dåb ta’na toshini yog‘diradi.
Xullas, Uyg‘unning bolalarga atab yozgan asarlari ular
xaraktåri, orzu-umidlari, qiziqishlarini o‘zida mujassam etishi
bilan qadrli.
Do'stlaringiz bilan baham: |