Mamasoli jumaboyev



Download 12,16 Mb.
Pdf ko'rish
bet40/120
Sana01.01.2022
Hajmi12,16 Mb.
#280478
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   120
Bog'liq
Bolalar adabiyoti va ifodali o'qish (M.Jumaboyev)

ADHAM  RAHMAT
(1909 — 1983)
www.ziyouz.com kutubxonasi


144
bag‘ishlab  yozgan  quvnoq  shå’rlari,  qanotli  qo‘shiqlari,  ajo-
yib-g‘aroyib  ertak-dostonlari  har  bir  xonadonga,  har  bir  bo-
lalar  bog‘chasiga  kirib  borgan.  Bunga  uning  qushlar,  par-
randalar  hamda  hayvonlar  haqida  yaratgan  asarlarini  misol
qilib  ko‘rsatishimiz  mumkin.  „Kåling,  qushlar“  asari  o‘ynoqi
ohangi  va  fikrning  ochiq-ravonligi  bilan  ajralib  turadi.  Bola
tilidan  hikoya  qilingan  bu  asarda  qushlar  o‘zga  yurtlarda
qishlab  qaytib  kålgunlariga  qadar  bizning  ona  o‘lkamizda
qanchadan-qancha  ijobiy  ishlar  amalga  oshirilganligi — kanal-
lar  qazilib,  cho‘l-biyobonlar  o‘zlashtirilib,  bog‘lar  bunyod
qilinganligi,  ayniqsa,  qushlarning  erkin  parvoz  qilib,  quvnab,
sayrab  yashashlari  uchun  båqiyos  katta  imkoniyatlar  muhay-
yo  etilganligi  chiroyli  ifodaga  ega:
Kåling,  qushlar,
Qanot  yoyib
Kåling,  qushlar,
Zårikmayin
Kålinglar!
O‘ynangiz.
Bizlar  qurgan
Xo‘p  yoqimli
Kanallarni
Kuylarni  siz
Ko‘ringlar.
Kuylangiz.
Sizlar  uchun
Kåling,  qushlar!
Yangi  bog‘lar
Kåling  qushlar!
Qildik  biz,
Kålinglar!
Mirzacho‘lga
Shu  guliston
Noyob  gullar
Chamanda  sayr
Ekdik  biz.
Qilinglar!
Hayotda  hamma  bolalar  ham  parranda  va  jonivorlarga
muhabbat  bilan  munosabatda  bo‘lavårmaydilar.  Ayrim  bolalar,
ayniqsa,  qushlarning  qishloq  xo‘jaligida  turli  zararkunanda,
qurt-qumursqalarni  yåb,  bobodåhqonlarga  katta  madad  bårish-
larini  bilmaydilar.  Adham  Rahmat  bunday  holga  båparvo  qara-
maydi,  „Qushcha  o‘g‘risi“  shå’rini  yozadi.  Qosim  o‘jarlik  qilib
na  o‘tkinchi  cholning:  „Qushning  bolasiga  ozor  bårma,  uvol
bo‘ladi,  xudo  bu  ishing  uchun  såni  jazolaydi“,  dåyishiga,  na
ona  qushning  shoxdan-shoxga  uchib  chirillab  yalinib-yolvo-
rishiga  qaramay,  polaponlarni  olayotganida  daraxtdan  qulab,
qo‘li  sinadi.  Adham  Rahmat  o‘jar  Qosimga  ortiqcha  pand-
nasihat  qilmaydi.  Aksincha,  kimki  o‘jar,  o‘zboshimcha  bo‘lsa,
o‘zidan  kattalarning  gaplariga  quloq  solmaydigan  bo‘lsa,  un-
day  bolalarni  hayotning  o‘zi  jazolaydi,  dågan  chiroyli  xulosani
to‘rt  misra  shå’rida  bårib  qo‘ya  qoladi:
www.ziyouz.com kutubxonasi


145
Qushning  azobin
Tortdi  bir  oylab,
Sindirib  qo‘lin
Yotdi  voy-voylab.
Adham  Rahmatning  „Qaldirg‘och,  ilon  va  båshiktårvatar“
asari  juda  zavqli.  Yosh  kitobxon  asarni  o‘qiy  boshlashi  bilan
såhrlanib,  oxiri  nima  bilan  yakunlanishini  sabrsizlik  bilan  ku-
tadi.  Asar  g‘oyasi  juda  oddiy  va  hayotiy.  Qushlarning  bolasini
ilon  yaxshi  ko‘radi,  dåydi  bobolar.  Buni  Adham  Rahmat  ma-
salda  juda  chiroyli,  hayajonli  qilib  bårgan.  Ona  qaldirg‘och
ovqatga  kåtgan.  Vaqtdan  foydalanib,  ilon  xariga  yopishib  po-
laponlarning  oldiga  chiqadi.  „Oh,  onasi  kålmasa,  ish  bo‘ladi
ko‘p  yomon!“
Ona  qaldirg‘och  voqåadan  xabar  topib,  do‘sti  båshiktår-
vatarni  zudlik  bilan  topib  kåladi.  Båshiktårvatar  ilonning  do-
dini  båradi:
Bolalarni  yåyman  dåb
Rostlaganda  o‘zini,
Birdan  båshiktårvatar
O‘yib  oldi  ko‘zini.
Ilon  ko‘zdan  ayrilib
Tushdi  yårga  yumalab.
Bir  tåshikka  kirdi  u
O‘zin  zo‘rg‘a  amallab,
Shunday  qilib  qushchalar
Qutilishdi  o‘limdan.
Masalda  birovga  choh  qazisang,  unga  o‘zing  yiqilasan,
dågan  fikr  ilgari  suriladi.
Shoirning  „Hayvonot  bog‘ida“  nomli  shå’ri  ham  qushlar
mavzusidadir.  Turli  hayvonlar  qatorida  bu  yårda  to‘ti  haqida
gap  kåtadi.  Shå’rning  boshqa  bandlari  kabi  to‘tiga  bag‘ish-
langan  misralar  ham  jozibali  chiqqan.  Shoir  badiiy  adabiyot-
ning  dialog  komponånti  yordamida  o‘zining  didaktik  qarash-
larini  ifodalaydi.  Shå’rda  olti  yoshli  Karima  ismli  qizcha  bilan
to‘tining  savol-javoblari  kåltiriladi.  Qizcha  qafasdagi  to‘tini
ko‘rib,  såvinganidan  uning  yoniga  kåladi  va  „To‘ti!“  dåb  cha-
qiradi.  To‘ti  bo‘lsa,  Karimadan  yuzini  o‘girib  oladi.  Shunda:
Achchiqlanib to‘tiqushdan Karima,
Dådi:  „Någa  många  salom  bårmaysan?“
10 — Bolalar  adabiyoti  va  ifodali  o‘qish
www.ziyouz.com kutubxonasi


146
To‘ti  g‘azab  bilan  uning  yuziga
„Någa, — dådi, — båt-qo‘lingni  yuvmaysan?“
San’atkor  kichkinagina  dåtal  vositasida  ozoda  bo‘lish,  yu-
vinib-taranib  yurish  lozimligini  juda  o‘rinli  targ‘ib  qiladi.
Adham  Rahmat  o‘zining  qushlar,  parrandalar  haqidagi
shå’rlarida  kichik  yoshdagi  bolalar  hayotidagi,  psixologiyasidagi
muhim  tarbiyaviy  tomonlarni  qalamga  oldi.  Ularda  qanotli
do‘stlarni  madh  etdi,  o‘zaro  hamkorlik  va  måhr-oqibat,  måh-
natsåvarlik,  kattalarga  hurmat  va  yaxshi  fazilatlardan  o‘rnak
olish  g‘oyalarini  tashviq  qildi.
Kichkintoylarning  muayyan  muhitga,  voqåa  va  hodisa-
larga,  turli  munosabatlarga  qarashlarining  o‘zi  ajib  bir  olam
ekanligini  ijodkor  shå’rlari  misolida  ko‘rish  mumkin.
„Hayvonot  bog‘ida“  nomli  shå’rida  turli  hayvonlar  va
ularning  xilma-xil  få’l-atvorlari  ham  bolalarcha  sodda,  o‘ynoqi
qilib  bårilgan.  Hayvonot  bog‘iga  kålgan  kichkintoylarning  diq-
qat-e’tibori  har  xil  jonivorlarni  ko‘rishga  oshiqish  bilan  band
bo‘ladi,  ularning  har  biri  haqida  oz  bo‘lsa  ham  so‘rab-bilib
olish,  har  qaysisining  harakati,  qilig‘i,  ovqat  yåyishi,  hatto
yotish-turishlarigacha  kuzatishga  qaratiladi.  Shoir  ham  kich-
kintoylarning  ana  shu  holatdagi  fikr-o‘ylarini  haqqoniy  aks
ettirishga  intilgan.  Shå’rning  qariyb  har  bir  bandida  turli  hay-
von  kulgili  mubolag‘a  yo‘li  bilan  go‘yo  ongli,  fahm-farosatli
zot  sifatida  tasvirlanadi:
Maymun  bilan  hazillashsa  bolalar,
Qarab  turar  qora  xachir  o‘ksinib.
Agar  kimki,  xachir  bilan  o‘ynashsa,
Tulki  turar  qovoq  solib,  xo‘rsinib.
Jahon  bolalar  adabiyotining  ko‘zga  ko‘ringan  vakillaridan
biri  Sårgåy  Mixalkov  Adham  Rahmatning  „Dum“  asari
haqida  so‘z  yuritib:  „Bu  dumning  uzilib  tushmay,  bolalarni
kuldirish  uchun  haligacha  qimirlab  turgani  yaxshi,  albatta“,
dåb  ertak-dostonning  tarbiyaviy  ahamiyatiga  yuksak  baho
bårgan  edi.  Haqiqatan  ham  Adham  Rahmatning  (sujåti
Vitaliy  Biankidan  olingan)  bu  ertak-dostoni  kitobxonlar
orasida  katta  shuhrat  topdi  va  ularning  såvimli  asarlaridan
biriga  aylanib  qoldi.
Bu  asar  bolalarning  tushunchasini  kångaytirishda  va  so‘z
boyliklarini  oshirishda  katta  rol  o‘ynaydi,  ularni  aqlli,  fahm-
www.ziyouz.com kutubxonasi


147
farosatli  bo‘lishga  da’vat  etadi,  haddan  ziyod  o‘y-xayolga
bårilmaslikka  chaqiradi.
Fahm-farosatsiz  pashsha  hayvon,  jonivor  va  hasharotlar-
dagi  o‘zlariga  yarashiq  dumlarni  ko‘rib,  o‘zida  ham  ana  shun-
day  chiroyli  dum  bo‘lishini  orzu  qilib  qoladi.  U  o‘zining  bu
orzu-niyatini  amalga  oshirish  maqsadida  turli  narsalardan  dum
so‘raydi,  farosatsizligi  tufayli  o‘zini-o‘zi  sharmanda  qiladi.
Mana  kiyikning  pashshaga  javobi:
— O‘zing  qanday  maxluqsan,
Dumni  bårib  bo‘lmaydi.
Agar  dumim  bo‘lmasa
Bolalarim  ko‘rmaydi.
Quvib  qolsa  bo‘rilar
Båkinaman  o‘rmonga,
Bolalarim  yugurar
Mån  båkingan  tomonga.
Mån  båkingan  joyimdan
Chiqarmayman  unimni,
Ko‘rsataman  ularga
Faqat  oppoq  dumimni.
Dumni  ko‘rgan  bolalar
Måni  topib  olarlar.
Dushmanlarim  topolmay
Og‘zin  ochib  qolarlar.
Surbåt  pashsha  barchadan  dakki  eshitishiga  qaramay,  dum
so‘rashda  davom  etadi.  Oxiri  sigirga  murojaat  qiladi.
Sigir  oqko‘ngillilik  bilan  uning  iltijosini  rad  etadi.  Låkin
surbåt  pashsha  undan  uzr  so‘rab,  nari  kåtish  o‘rniga  sigirning
ustiga  qo‘nib,  uni  chaqa  boshlaydi.  Shoir  ham:
Jahli  chiqdi  sigirning,
Indamayin  tik  turdi.
Pashsha  yana  chaqqanda
Dumi  bilan  bir  urdi.
Dum  zarbidan  pashshaning
Nafaslari  tiqildi.
Til  tortmasdan  shum  pashsha
Shunda  yårga  yiqildi, —
dåya  asarga  yakun  yasaydi.
Shoir  qurt,  baliq  qizilishton,  tulki,  sigir  obrazlari  orqali
bolalarga  hayvonlar,  turli  jonivorlarning  tuzilishlarini,  ular-
www.ziyouz.com kutubxonasi


148
ning  hayotlarini  hikoya  qilib  bårish  vositasida  pashshaning
iflos,  zararkunanda  ekanligini  ochib  tashlaydi.
Adham  Rahmatning  „Botir  bola“  ertak-dostonini  kichik
bolalar  såvib  tinglaydilar.  O‘zbåk  xalqining  „Urto‘qmoq“  nomli
juda  ajoyib  bir  ertagi  bor.  Ertakda  kambag‘al-qashshoq  ovchi
chol  va  uning  kampiri  ishtirok  etadi.
Ovchi  cholning  tuzog‘iga  nogahon  turnalarning  podshohi
tushib  qoladi.  O‘sha  turnaning  sovg‘a-salomlari  bilan  chol  bi-
lan  kampir  boyib  kåtishadi.
Bolalar  shoiri  bu  sujåtni  saqlab  qolgani  holda  chol  o‘rniga
bola  obrazini  ijod  cho‘qqisiga  ko‘taradi.  Bu  esa  yosh  kitobxon
uchun  ma’qul  tushadi.  Dåmak,  xalq  ertagi  asosida  yozilgan  bu
ertak-dostonda  kambag‘al-qashshoq  ovchi  bola  haqida  gap
boradi.  Ovchi  kunlardan  bir  kuni  turna-podshoni  tutib  oladi.
Turna  yigitdan  måni  qo‘yib  yubor,  dåb  iltijo  qiladi.  Ovchi
ishonuvchan.  Bu  kambag‘al  yigit  hayotda  hammaga  ishonadi,
hatto  turnaga  ham.  Bola  qo‘lidan  ozod  bo‘lgan  turna:
— Rahm  qilding  många  sån,
Yaxshi  bola  ekansan.
Ko‘p  tortiqlar  bårurman
Agar  borsang  sånga  mån, —
dåb  unga  va’da  båradi.
Kambag‘al  bola  yaxshi  niyat,  katta  umidlar  bilan  turna-
podshonikiga  boradi.  Turna  va’dasida  turib,  bola  talab  qilgan
„Ochildasturxon“ni  båradi.  Bu  dasturxon  oddiy  emas,  såhrli
ekan:
Såvingandan  bolajon
Dåbdi:  „Ochil,  dasturxon“,
Kång  ochilib  kåtibdi
Birdan  shunda  dasturxon.
Turli-tuman  ovqatlar
Dasturxonga  to‘libdi,
Ona-bola  yåyishib,
To‘yib  xursand  bo‘libdi.
Kambag‘alni  tuyaning  ustida  it  qopibdi,  dåganlaridåk,  das-
turxonning  ta’rifini  shu  yårning  podshosi  eshitib  qolib,  uni
boladan  tortib  oladi.
Oddiy  ovchi  bola  endi  podshodan  qanday  bo‘lmasin  qasd
olish,  o‘zi  kabi  ezilgan,  båva-båchoralar  uchun  jangga  kirish
www.ziyouz.com kutubxonasi


149
o‘y-xayoli  bilan  yonadi.  Bu  yo‘lda  unga  do‘sti  turna-podsho
yordam  qo‘lini  cho‘zishi — qovoqni  bårishi  va  bolaning
dovyuraklik  bilan  jangda  g‘olib  chiqishi  o‘quvchilarda  yaxshi
taassurot  qoldiradi:
Podsho  qarab  turarmish,
Bola  qo‘yib  qovog‘in
Dåbdi:  „Qani,  chiqinglar!
Chuqurlarga  tiqinglar!“
Shunda  qovoq  ichidan
Båhad  askar  chiqibdi.
Ular  zolim  podshoning
Askarlarin  yiqibdi.
Bola  yångib  podshoni
Xursand  bo‘lib  kåtibdi.
El-yurti  bolani
Quchib  tabrik  etibdi.
Bugina  emas,  Adham  Rahmat  „Bizning  bog‘chamiz“,
„Pilla  qurti  boqamiz“,  „Oilamiz“,  „Yoz  oylari“  kabi  asarlarida
ham  kichik  bolalarni  kattalarning  måhnatlari  bilan  tanishti-
radi,  bolalar  ham  måhnat  jarayonida  ota-onalariga  båvosita
ko‘mak  båradilar.
Adham  Rahmat  „Abdulla  Nabiyåv“,  „Do‘stlik“  pyåsalari
bilan  ham  katta-kichik  bolalar  o‘rtasida  yaxshi  tanilgan.
Adham  Rahmat  urushdan  so‘ng  harbiy  vatanparvarlik  ru-
hi  bilan  sug‘orilgan  bir  nåcha  kitoblar  yozdi.

Download 12,16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   120




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish