Mamasoli jumaboyev



Download 12,16 Mb.
Pdf ko'rish
bet42/120
Sana01.01.2022
Hajmi12,16 Mb.
#280478
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   120
Bog'liq
Bolalar adabiyoti va ifodali o'qish (M.Jumaboyev)

SULTON  JO‘RA
(1910 — 1943)
www.ziyouz.com kutubxonasi


151
og‘ayni  botirlar“,  „Nayzamiz“  (1941),  „Qahramon  Qo‘chqor“
(1942),  „Jahon  seni  olqishlar“,  „Berlin  aptekasida“  (1943)
she’rlari  shular  jumlasidandir.
Sulton  Jo‘ra  kattalar  uchun  jo‘shqin  lirik  she’rlar,  yirik
dostonlar  yaratish  bilan  birga,  bolalarga  atab  ham  ajoyib
asarlar  yozdi.
Shoir-pedagog  Sulton  Jo‘ra  bolalar  uchun  yozgan  asarla-
rida  baxtli  bolalik,  Vatanga  muhabbat  va  dushmanga  nafrat,
mehnat  ahllariga  e’tiqod  tuyg‘ularini  ifodaladi.  Ayni  chog‘da,
u  yaxshi  va  a’lo  baholarga  o‘qish  uchun  kurashish,  rostgo‘y
va  intizomli  bo‘lish,  madaniy  va  pokiza  kiyinish,  savodxon  va
chiroyli  yozuv  malakasini  egallash  kabi  ta’lim-tarbiyaviy  ma-
salalarni  ham  badiiy  vositalarda  talqin  etdi.  Bunday  g‘oyalar
shoirning  „Yozgi  yomg‘irdan  so‘ng“  (1936),  „Qizlar“,  „A’lo“
va  „Yaxshi“ning  maqtovi“,  „Zangori  gilam“  (1939),  „Lola“,
„Oy  nechta?“,  „Òinish  belgilarining  majlisi“,  „Cho‘ntak“,
„Sirkda“  (1940),  „Qarzdor“,  „Qaldirg‘och“,  „Yolg‘onchi“,
„Dengiz  tagida“  (1941),  „Sog‘inib“  (1942),  „Sog‘inchli  sa-
lom“,  „Salom  xat“  (1943)  kabi  asarlarida  o‘z  ifodasini  topdi.
U  o‘z  asarlarida  bolalar  va  maktab  hayotini,  ularning
o‘qishi,  ko‘cha  va  oilada  o‘zini  tutishini  haqqoniy  aks  ettirdi.
Shoir  yosh  kitobxonning  diqqatini  o‘ziga  tortuvchi  asarlar
ijodkori  sifatida  tanildi.
Bolalar  ilmiy-ommaviy  mavzularda  yozilgan  san’at  asar-
larini  ham  sevib  o‘qiydilar.  Sulton  Jo‘raning  bunday  mavzu-
dagi  asarlaridan  biri  „Oy  nechta?“dir.  Bunda  shoir  kichkin-
toylarning  orzu-umidlarini  ona  va  bolalarning  suhbati  orqali
ifoda  etadi.  Ona  dedi:
— Yotinglar  endi,
Faqat  bitta  osmonning  oyi!
Katta  bo‘lgach,  aylanaylarim,
Oyning  o‘zin  minib  ko‘rarsiz.
— O‘shanda-chi,  oyijon,  bizga,
Katta  toti
1
  olib  berarsiz.
Måhnatkash  xalq  azal-azaldan  jamoa  bo‘lib,  birlashib,
bir-birlari  bilan  hamjihat,  hamfikr  bo‘lib  umr  kåchirgan,  ja-
moaga  suyanish,  u  bilan  bamaslahat  ish  yuritish  doimo
omadlar  kaliti  bo‘lib  kålgan.  Bunday  hol  barcha  katta-kichikka
1
Òoti — ot.
www.ziyouz.com kutubxonasi


152
baxt,  shodlik,  omad  kåltirgan.  Agar  aksincha  bo‘lsa,  kishi
omadsizlik,  baxtsizlikka  mubtalo  bo‘lgan.
Bu  g‘oya  shoir  Sulton  Jo‘raning  „Mamatning  kåchirmi-
shi“  asarining  asosini  tashkil  etadi.  Shoir  Mamatning  jamoa-
dan,  do‘stlaridan  ajralib,  yolg‘izlanib  qolishini  shirali  til  bilan
tasvirlaydi.  Ayniqsa,  Mamatning  ichki-ruhiy  kåchinmalari,  ish-
yoqmasligi,  yalqovligi,  to‘ngligi  orqasida  darslardan  qoloq  bo‘-
lib,  iztirob  chåkishini  ishonarli  aks  ettirgan.  Mana,  hamma
uxlagan,  ammo  tanho  Mamat  uyg‘oq.  Shoir  uning  ana  shu
daqiqalardagi  qalb  iztirobini,  ruhan  qiynalayotganini,  notinch
ruhiy  holatini  sodda,  ravon  tasvirlaydi.  Shoir  qoloqlik  sabab-
larini  birovdan  emas,  balki  qahramonning  o‘zidan  qidiradi  va
buni  Mamatning  o‘zini  gapirtirish  orqali  ochadi.
Darsdan  qoloqligi  orqasida  ruhan  azob  chåkib,  qiynalib
yurgan  Mamat  o‘jarligi,  o‘zboshimchaligini  tan  olib,  do‘stlari
yordamida  oyoqqa  turib,  endilikda  astoydil  o‘qishga  ahd  qiladi:
— Bo‘ldi¾  Mån  bas  qildim  yalqovlikni,
Do‘stlarimday  olay  bilimni.
Achchiq  tajribamning  o‘zi  saboq,
Ol,  darsxonam,  ishq  dilimni!
Bor  kuchimni  bårayki,  bu  „yomon“
Yondoshmasin  många  ertadan.
Nomim  Mamat  bo‘lmay  kåtsin  agar
Va’da  qilgan  bo‘lsam  jo‘rttaga!
Sulton  Jo‘ra  qissadan  hissa  chiqarib,  a’lo  o‘qish  katta  aha-
miyatga  ega  ekanligini  bolalarga  uqtiradi:
A’lo  o‘qish  o‘zi  yuksak  shuhrat,
Har  shuhrating  tillarda  doston.
Shå’rda  barcha  tasviriy  vositalar  g‘oyaviy,  badiiy  niyatni
yorqin  amalga  oshirishga  qaratilgan.  Shoir  tabiat  lavhalari,  go‘-
zal  hayotiy  tasvirlar  vositasida  qahramonning  ichki  holatini
ochadi  va  ta’sirchanlikka  erishadi:
Barcha uxlar¾
Kumush  ariqchaning
Eshitilar  shildir-shildiri,
Yaproqlar  ham  „alla“  dåb  tåbratar
Sirtlariga  qo‘ngan  oy  nurin.
„Mamatning  kechirmishi“  asarida  yalqovlikni  tashlab,  a’lo
o‘qishga  mahkam  bel  bog‘lagan  bolaning  ijobiy  namunasida  o‘z
www.ziyouz.com kutubxonasi


153
kuchiga  ishonish,  nuqsonlarga  tanqidiy  qaray  bilish  g‘oyat
katta  kuch  degan  ta’lim-tarbiyaviy,  pedagogik  o‘git  ilgari  suri-
ladi.  Òa’lim-tarbiya  sohasida  yozma  nutq  san’atini  egallash  eng
muhim  masalalardan  biri  hisoblanadi.  Ba’zi  o‘quvchilar  gram-
matik  mashqlar  bilan  jiddiy  shug‘ullanmasligi,  badiiy  adabi-
yotni  kam  o‘qishi  natijasida  yozma  ishlardan  oqsaydilar.  Chi-
royli  yozuv  qoidalarini  buzib,  xunuk  xat  yozishdan  tashqari,
turli  xatolarga  yo‘l  qo‘yadilar.  Pedagog-shoir  Sulton  Jo‘ra  ta’-
lim-tarbiya  ishidagi  bunday  nuqsonlarni  tugatishda  o‘quvchi-
larga  yordam  berish  maqsadida  „Kimning  xati  chiroyli?“,  „Òi-
nish  belgilarining  majlisi“,  „Harflar  paradi“  she’rlarini  yozdi.
„Kimning  xati  chiroyli?“  she’rida  bolaning  sog‘lom,  ba-
quvvat  bo‘lib  kamol  topishida,  yozuvining  go‘zal  bo‘lishida
Download 12,16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   120




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish