Kompaniyaning bajara olmaydigan vazifasi
Belgilangan pozitsiyada qat’iy turish va bu pozitsiyani davom ettirish haqidagi
kompaniyaning o‘z vazifasiga egaligi o‘rtasida katta farq borligini unutmang. Bu
yerda gap xuddi “eng yaxshi xizmat ko‘rsatamiz” kabi shunchaki yozib devorga osib
qo‘yilgan shiorlar haqida ketmoqda. Ha, aynan shunday, hattoki soxta
jaranglaydigan, haqiqatdan ancha yiroq bo‘lgan shiorilar. Ular huddi press-relizdagi
kabi boshqalarni jalb etish uchun yozib qo‘yilganga o‘xshaydi, harakatga
undaydigan vazifaga emas.
Tasavvur qiling, siz avtomobillarni ijaraga beruvchi kompaniya ofisiga tushib
qoldingiz. Xona sovuq. Poli iflos, peshtaxtalar bo‘sh. Keyin esa, e’lonlar doskasida
qadalgan qog‘ozni ko‘rib qoldingiz. Matnda yozilgan:
“Bizning maqsadimiz shundan iboratki, biz yengil avtomobillar, yuk
mashinalari, lizinglar, avtomobillar sotuvi va turli shunga o‘xshash xizmatlar
sohasida mijozlarimizning talablarini to‘liq qondirish, shuningdek, ularni xizmatlar,
sifat va narx borasidagi talablarini kutganlaridan ham a’lo darajada bajarishimiz
kerak.
Biz, adolatli va haqqoniy ish tutish uchun; mijozlarimizning uzoq yillar
davomida sodiqligiga munosib ravishda ularga va’da qilinganidanda ko‘proq xizmat
ko‘rsatish uchun; biznes tajribaning kafolati bo‘ladigan, xizmat ko‘rsatishning
nihoyatda o‘ziga xos darajasiga yetishish uchun bor kuchimizni sarflaymiz.
Biz, xodimlarimizning saviyasini oshirish, ularning shaxsiy o‘sishi uchun
imkoniyat yaratish va ularning muvaffaqqiyatlari va g‘alabalarini adolatli taqdirlash
orqali ularni mijozlarimizga juda yaxshi xizmat ko‘rsatishiga turtki berishimiz,
yo‘naltirishimiz kerak...”
Siz u yerda o‘tirib, mana shu be’manilikni o‘qib, o‘ylaysiz: “ular meni ahmoq
deb o‘ylashgan shekilli?”. Ko‘rinib turibdiki, osib qo‘yilgan qog‘ozdagi so‘zlar siz
to‘qnash kelgan haqiqatdan butunlay yiroq.
Bu esa mana bunday holatni eslatadi: siz kompaniyaga telefon qilganingizda
sizga avtojavob beruvchida yozib qo‘yilgan ovoz gapirayapti: “Sizning
qo‘ng‘irog‘ingiz biz uchun katta ahamiyatga ega. Nahotki? Ehtimol, unda ular
qo‘llab-quvvatlash markaziga yana bir qancha odamni yollashsa, yoki 30 daqiqa
yordamni kutishga to‘g‘ri kelmasligi uchun elektron pochta orqali xizmat
ko‘rsatishni taklif qilishsa arziydi.”
Soxta so‘zlarning keragi yo‘q. Menga avtojavob beruvchini javobi bilan,
qanchalik men haqimda qayg‘urishayotganiga ishontirishga urinishlarining keragi
yo‘q. Bu robot. Men chinakam g‘amxo‘rlik va yaxshi gaplar gapirish
dasturlashtirilgan robot o‘rtasidagi farqni yaxshi bilaman.
O‘z ishonchida qat’iy turish –bu ularni yozib olish kerak degani emas. Bu
degani, ularga ishonish va ular bilan yashash kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |