Russ nashriyotiga so‘z boshi


Qaeringiz qichishsa, o‘sha yeringizni qashlang



Download 1,61 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/97
Sana01.01.2022
Hajmi1,61 Mb.
#280098
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   97
Bog'liq
Rework (lotincha)

Qaeringiz qichishsa, o‘sha yeringizni qashlang  

  

Eng yaxshi mahsulot va xizmatni yaratishning eng oson va oddiy usuli bu siz 

o‘zingiz  foydalanishni  xohlagan  narsani  yarating.  Bu  esa  sizga  haqiqatdan  ham 

                                           

2

 Турли эълонларни жойлаш учун интернет-ресурс  




yaqin  bo‘lgan  muammolarni  hal  etishga  yordam  beradi  va  siz  qilayotgan  ish  qay 

darajada qimmatga ega yoki yo‘qligini darhol tushunasiz.  

Biz 37 signalsda o‘z biznesimizni yuritish uchun zarur bo‘lgan mahsulotlarni 

yaratamiz.  Masalan,  bizga  kim  bilan  muloqot  qilayotganimiz,  gap  nima  haqida 

ketayotgani  kuzatish  va  kerak  bo‘lganda  mijoz  qayta  bog‘lanishni  o‘rganishning 

zarurati  bo‘ldi.  Shu  sabab  biz  Highrise,  bizning  kontakt-menedjerimizni  yaratdik. 

Bizga  fokus-jamoalar,  marketing  tadqiqotlari  va  vositachilarning  keragi  bo‘lmadi. 

Boshqacha qilib aytganda, biz o‘zimizning qichishgan joyimizni qashladik.    

Biror  mahsulot  yoki  xizmat  yaratish  jarayonida  har  kuni  siz  yuzlab  mayda 

qarorlar qabul qilishingizga to‘g‘ri keladi. Boshqalarning muammolarini hal etishda, 

siz  huddi  doim  qorong‘uda  ketayotgandek  bo‘lasiz.  O‘zingizning  muammoingiz 

ustida  ishlaganingizda  esa  yorug‘likni  ko‘rasiz,  chunki  siz  qaysi  javob  to‘g‘ri 

ekanligini yaxshi bilasiz.  

Kashfiyotchi Djim Dayson “o‘z muammosini hal etdi”.  

Uyni tozalayotib, u qopchiqli changyutgichining so‘rib olish kuchining doimiy 

ravishda  kamayib  borishini  sezdi  –  changyutgich  changlarni  so‘rib  borishi  bilan 

undagi  qopcha  to‘lib  borib,  havoni  o‘tkazishga  halaqit  beradi.  bu  birovning 

tasavvuridagi  muammo  emas,  uning  o‘zi  duch  kelgan  muammo  edi.  U  buni  hal 

etishga  qaror  qildi  va  bir  qancha  vaqtdan  so‘ng  dunyodagi  birinchi    uyurma 

changyutgichni o‘ylab topdi.   

Boston  simfonik  orkestrida  baraban  chaluvchi  Vik  Fert  yanayam  mukammal 

bo‘lgan  baraban  tayoqchalarini  yaratish  g‘oyasini  taklif  qildi.  Sotuvda  bo‘lgan 

tayoqchalar uni qoniqtirmagani uchun u o‘z uyining podvalida ularni yasashni  va 

keyinchalik  sotishni  boshladi.  Bir  kuni  u  tayyor  tayoqchalar  bog‘lamini  polga 

tushirib yubordi va tayoqchalar polga tushganda ularning har biridan butunlay har 

xil  ovoz  chiqqanini  eshitib  qoldi.  Shu  vaqtdan  boshlab  u  tayoqchalarni  bir-biriga 

moslab tera boshladi, ularni namlik darajasi, og‘irligi, pishiqligi va ovoz chiqarishiga 

qarab bir-biriga  moslab ajratdi. Natijada esa uning mahsuloti  “mukammal juftlik” 

paydo bo‘ldi. Bugungi kunda uning kompaniyasi kuniga 85 mingga yaqin baraban 

tayoqchalarini ishlab chiqarmoqda va bozorda 60%dan yuqori darajada egallagan.  

Yengilatletiklarning  murabbiysi  Bill  Bauerman,  o‘z  jamoasidagilarga 

mukammal  yugurish  krossovkalar  kerak  deb  hisobladi.  U  o‘zining  ustaxonasiga 

borib, oilasiga tegishli vafli pechiga kauchukni soldi

3

. Shu tariqa Nike firmasining 



mashhur “vaflili taglik”i paydo bo‘ldi.  

Bu  odamlar  “o‘zlarining  qichishgan  joylarini  qashlashdi”,  ya’ni  ular  o‘zlari 

uchun zarur bo‘lgan ishni bajarishdi va huddi o‘zlariga o‘xshab, aynan shu narsaga 

zarurati bor bo‘lgan odamlardan iborat katta auditoriyani ochishdi. Siz ham shunday 

qiling.   

                                           

3

 Бошқа версияда унинг хотини тасодифан вафли печида резина бўлагини қисиб олади ва бу беихтиёр 



бўлган тажриба Биллда янги эргономик таглик ғояси пайдо бўлишига сабаб бўлади.  


Siz bevosita o‘zingizga kerak bo‘lgan narsani yaratish bilan siz bu yaratilgan 

narsaning sifatini tez baholay olasiz va bunda sizga boshqa birovning yordami kerak 

bo‘lmaydi.   

Mary Kay Cosmeticsning asoschisi Meri Key o‘zining kosmetikasi qanchalik 

yaxshi ekanligini biladi, chunki u o‘zii aynan shundan foydalangan

4

. Qachondir u 



mahalliy  kosmetologga  borardi,  u  kosmetolog  uy  sharoitida  kosmetik  vosita 

tayyorlab, mijozlariga, tanishlari va do‘stlariga sotardi. Kosmetolog hayotdan ko‘z 

yumganida, Meri Key uning oilasidan bu vositaning tayyorlanish formulasini sotib 

oldi. Unga bu mahsulot qanchalik yaxshi ekanini tushunish uchun hech qanday fokus 

jamoa, yoki tadqiqot kerak bo‘lmadi. U shunchaki o‘z terisiga qarasa kifoya edi.   

Eng  yaxshisi  “o‘z  shaxsiy  muammongizni  hal  qiling”,  bu  sizga  qilayotgan 

ishingizni  yaxshi  ko‘rishingizga  yordam  beradi.  siz  bevosita  o‘z  muammongiz  va 

uni hal qilish qanchalik ahamiyatga egaligini bilasiz. Bu betakror bilim. Oxir oqibat 

natijaga erishish uchun eng ijobiy hisobda bir necha yil ishlashingizga to‘g‘ri keladi. 

Ehtimol,  balki  butun  umr.  Va  sizni  haqiqatdan  qiziqtirayotgan  narsa  bilan 

shug‘ullanish yomon bo‘lmaydi.   

  


Download 1,61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   97




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish