4.1. Ashyolarning xossalari
H ar qanday ashyo o'zining muayyan mexanik, kimyoviy va
texnologik xossalariga ega. Ular, asosan, m e’yoriy hujjatlarda
belgilanadi. Ashyoning xossalarini tavsiflaydigan va uni m a’lum
b u y u m n i tayyorlash u c h u n ta n la sh n i belgilaydigan asosiy
54
ko'rsatkichlar standartlarga va ushbu mahsulot bo'yicha TSh larga
yozib qo'yiladi. Bu esa aw alo asbobning ishlashi, ishonchliligi va
chidamliligini belgilaydigan mexanik va kimyoviy (zanglashga qarshi)
xossalariga tegishlidir.
Mustahkamlik, qattiqlik, egiluvchanlik, yopishqoqlik, cho'zi-
luvchanlik va m o'rtlik ashyoning mexanik xossalarini tashkil etadi.
Mustahkamlik
— ashyoning tashqi ta ’sir kuchlariga, yemiril-
masdan qarshilik ko'rsatishga qodirligi.
M ustahkamlik va cho'zilganda nisbatan uzayish ko'rsatkich-
laridan metallar, plastmassalar, rezina, to'qim alar, iplar va boshqa
ashyolarning mexanik xossalarini baholashda keng foydalaniladi.
Cho'zilishga qiyosan past mustahkam likka ega bo'lgan ayrim
ash y o lar (c h o 'y a n , sh ish a) u ch u n “qisish m u sta h k am lig i”
ko'rsatkichi qoMlaniladi. Masalan, plastmassalar va shishaning
siqish mustahkamligi cho'zilishga nisbatan 15—20 m arta yuqori
va po'latning siqish mustahkamligi bilan barobardir (100 kgs/sm2
gacha boradi).
Qattiqlik
— u yoki bu jinsning unga bo'ladigan bosimiga
qarshilik ko'rsatishga qodirligi. Bu ko'rsatkich m etallar uchun
alohida ahamiyatga ega. M etallar uchun qattiqlikni aniqlaydigan
asosiy usullari mavjud: Brinnel usuli (p o 'lat sharchani bosish) va
Rokvell usuli (konussim on piram idani bosish).
Egiluvchanlik —
ashyoning o 'z shaklini tashqi kuchlar ta ’sirida
o'zgartirish va kuchlar ta ’siri to'xtaganidan keyin yana tiklashga
qodirligi. Turlicha asboblar — pinsetlar, qon to'xtatish qisqichlari
uchun po'lat yuqori egiluvchanlikka ega bo'lishi kerak.
Yopishqoqlik —
ash y o larn in g zarb ali yuklar tushganda
parchalanm aslikka qodirligi. Tibbiy iskanaiar va bolg'achalar,
yetarlicha qattiqlik bilan bir qatorda, yuqori qovushqoqlikka egadir,
chunki zarba paytida ular sinmasligi va parchalanib ketmasligi lozim.
Egiluvchanlik
— ashyolarning tashqi kuchlar ta ’siri ostida
parchalanm asdan o 'z shaklini o 'zg artirish va ku ch lar ta ’siri
to'x tag an id an keyin o'zgargan shaklini yana saqlab qolishga
qodirligi. Q o'rg'oshin eng egiluvchan metallardan biri hisoblanadi.
Tashqi kuchlar t a ’sirida o 'z shaklini batam om yoki deyarli
55
o ‘zgartir-m aydigan, lekin tez parchalanadigan ashyolar m o ‘rt
ashyolar deyiladi. Shisha, cho‘yan, ayrim plastmassalar (polistirol)
m o‘rt ashyolar toifasiga kiradi.
Shishalar, m etallar va q ato r plastm assalar qizdirilganda
ularning egiluvchanligi ortadi, mustahkam ligi esa zaiflashadi.
Ashyolarning bunday xossalari bolg‘alash, bosish, tam g‘alash,
amaliyot usullari bilan kerakli shaklga solishda qo‘l keladi. Qator
ashyolar haqida ularning eskirishi — charchashiga oid tushunchalar
mavjud.
Charchashlik —
m etallarning ko ‘p m arta takrorlanadigan
og‘irliklar ta ’sirida yemirilishiga qodirligi. Qator nometall ashyolar,
masalan, rezina, plastmassa eskirishga, ya’ni vaqt o‘tishi bilan
tashqi m uhit (quyosh nuri, ozon gazi, harakatning o ‘zgarishi)
ning tu rli o m illari t a ’sirid a m u stah k am lig in in g o ‘zgarishi
(kamayishi) ga moyil boMadi.
Kimyoviy xossalar ashyoning tashqi m uhit omillari ta ’siriga
nisbatan aniqlanadi: uning oksidlanishi, turli kimyoviy va erituvchi
m o d d alar t a ’siriga bard o sh lilig i, shu ju m la d a n zanglashga
chidamliligi bilan belgilanadi. Masalan, poMat tarkibida xromning
muayyan foizining mavjud boMishi uni zanglashiga yoM bermaydi,
oltingugurt va fosfoming ortiqcha miqdori esa poMatni m o‘rt,
ishlatishga yaroqsiz qiladi. Shishaning kimyoviy chidamliligi uning
tarkibi bilan aniqlanadi. Ashyoning kimyoviy tarkibi rusumini
belgilaydi.
Ashyolarning texnologik xossalari ulardan asboblar ishlab
chiqarishda turli texnologik usullarni qoMlanishini taqozo etadi.
Masalan, ko‘plab metall ashyolar yaxshi qoliplanadi, boshqalariga
esa faqat quyish yoMi bilan shakl berish m um kin. Tibbiy
m ahsulotlar olish uchun ishlatiladigan ashyolar bitta yoki bir
nechta iqtisodiy m a’lum va o'zini oqlagan texnologik usullar bilan
ishlov berilishiga yoM qo‘yishi mumkin. Ayni paytda ashyoning
xossalari, ayniqsa, unga kerakli shakl berilayotganda, sezilarli
darajada qizishiga olib keladi, oqibatda yumshaydi, eriydi va
o'zgaradi. K o‘pincha quyish natijasida ishlov berish va plastik
deformatsiya (bolg‘alash, qoliplash, bosish, cho‘zish) yoMi bilan
56
ashyoning ichki tuzilmasi o‘zgaradi va natijada uning mexanik
xossalari o ‘zgaradi. Buyumning mexanik sifatlarini yaxshilash uchun
unga termik ishlov beriladi, bu esa shaklini o ‘zgartirmasdan, unda
zarur mexanik xossalarni yaratadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |