6. Men bilgan yovuz kishilar u yerda bor, shuning uchun men
bormayman. (Omon Muxtor)
7. Hunar ado bo'lmas boylikdir, shu sababli yoshlik chog'ingdan
boshlab biron-bir hunarni o'rganish payida bo'l.
8. Olloyorning eng zo'r sifati shuki, uning qo'lida yig'layotgan
chaqaloqlarbirdanyupanadi-qoladi.
9. Oz yesang, ko'p yashaysan, shuning uchun hamisha qorningni
ortiqcha to'ydirma.
10. Tilagim shuki, hamma bilan yaxshi muoinalada bo'ling.
11. Ortiqcha g'urur obro'yingni yo'q qilur, shuning uchun o'zingni
boshqalardan baland tutma.
12. Shuni unutmaginki, g'alvirda suv turmas.
13. Kimda aql oz bo'lsa, undagi shuhratparastlik shunchalik kuchayar.
14. Oraga shunday jimlik cho'kdiki, yuragi gupillab urayotgani aniq
eshitila boshladi.
15. Siringni barchaga aytishdan ehtiyot bo'l, chunki mulohazakor
degan so'z ehtiyotkor bo'lish degandan boshqa narsa emas.
16. Vatanimizda yashayotgan aholining ko`pchiligini yoshlar tashkil
etadi, shuning uchun uning kelajagi buyuk.
17. Agar arqondan qo'llari chiqib ketsa, to tuman tarqalguncha yo'l
topolmay sarson bo'lib yuraveradilar.
18. Shuni mamnuniyat bilan ta'kidlaymanki, mening kasb tanlashimga
otamning do'mbirasi sababchi bo'lgan.
19. Topgan . obro'ni yo'qotmaslik shart, chunki obro' ko'ylak emaski,
yangisini bozordan olsang.
20. Birinchi qaldirg'och parvozini ko'rgan kishi qanday sevinsa, Avaz
ham bundan shunday quvonadi.
21. Shuni bilingki, bitta so'zning tig'i yuzta shamshirdan o'tkirroqdir.
22. Inson qanchalik kamtar boisa, u shunchalik maqtovga loyiqdir.
23. Kimning yuragida yaxshilik boisa, u doimo boshqalarga yaxshilikni
ravo ko'radi.
24. Til tinch bo’lsa, bosh salomat bo'ladi.
25. Shunday yaxshi odatlarimiz borki, ularga hurmat bilan qarash
lozim.
26. Tilagim shuki, tog'a, ayam bilan ukalarim kishilarga muhtoj
bo'lmasin.
27. Agar shu topshiriqni bajarmasa, obro'yi bir pul bo'ladi.
28. Kimki dushmani bilan olishganda ham insonparvarlikni
unutmasa, u, albatta, yengadi.
29. Shamol qay tarafga essa, maysa ham o'sha tomonga egiladi.
30. Shuni bilingki, vaqtning qadriga yetish, uni behuda o'tkazmaslik
lozim.
31. Ular mening aytganimni qilishadi, chunki men oilamizning
kenjatoyiman. (E. A 'zamov)
32. Tojixon safardan ikki kun kechikib qaytibdi, shuning uchun
brigadasidan hech ko'ngli tinchimayotgan ekan.
33. Kimki mustaqil fikr yuritmasa, uni boshqalar oson egib oladi.
34. Shunga ishonch hosil qildimki, ko'p uxlagan oz yashaydi
35. Badanda nimaiki quvvat bo'lsa, u tozalik va pokizalikdandir.
36. Haqiqat shunday jonki, pardoz uning husnini buzadi.
37. Yozuvchining mahorati shundaki, butun bahorni atigi chigitdek
keladigan g'o'ra ichiga qamab bera biladi.
38. Kimki qanoat qilsa, uning yaxshi-yomon bilan ishi bo'lmaydi.
39. Kim alam chekmabdi umrida bir bor, U meni anglamas,
anglamas aslo. (A.Oripov)
40. Saxiylikni odat qilgan bo'lsa kim, Qo'lidan davlati ketmasin uning.
(E. Vohidov)
41. O'tgan ota-bobolarning xulosasi shuki, shirin so'z odamlarning
qalbini bogiovchi zanjirdir.
42. Donolarning o'giti shundayki, so'zning lazzati uni gapirishda emas,
balki eshitishdadir.
43. Dutor chalib o'tirsam, tori uzilib ketdi
44. Oyna opa xatni oxirigacha o'qiy olmadi, chunki hovlining eshigini
kimdir taqillata boshladi.
45. Katta arava qaysi yo'ldan yursa, kichik arava ham xuddi shu
yo'ldan yuradi.
46. Bu suvni ichgandan so'ng kim yolg'on so'zlasa, uning qulog'i o'sib
ketarmish.
47. Bilingki, jim turib salomat bo'lish gapirib malomatga qolishdan
afzal.
48. Masalaning mohiyati shu ekanki, bosh vrach qabulxonasiga
kichkina telefonogramma tushibdi.
49. Sizni qo'rqib ketmasin deb, kechqurun bezovta qilmadik.
50. Jahl kelsa, aql qochadi
Do'stlaringiz bilan baham: