4. Tarkibida undalmalar, kirish bo'lak va kirish gaplar bo'lgan,
shuningdek, undov gap shaklida kelgan ko'chirma gaplarni,
atov gaplarni o'zlashtirma gapga aylantirishda faqat ularning
asosiy mazmuni ifodalanadi (undov va atov gaplarni
o'zlashtirma gapga aylantirib bo'lmaydi).
Ko'chirma gap:
«Onalar, birinchi terimni olgan kunlaring bitta semiz qo'y
sizlarniki», – dedi rais. (A. Q.)
U nafaslari tiqilgan holda kotibga qo 7 uzatdi: ,Rahmat, o’rtoq
Jo’raboyev, katta rahmat!» (Sh. R.)
O'zlashtirma gap:
Rais birinchi terimni olgan kunlari kampirlarga bitta semiz
qo’y beritishini aytdi.
U nafaslari tiqilgan holda kottbga qo'l uzatib, unga minnatdor-
chilik bildirdi.
O'zlashtirma gap birinchi shaxs tomonidan emas, uchinchi
Do'stlaringiz bilan baham: |