3
KIRISH
Mavzuning dolzarbligi. Vatanimiz mustaqillikka erishgandan so`ng,
adabiyot va san`atning boshqa sohalarida bo`lganidek, adabiyotshunoslik fanida
ham yangi davr boshlandi. Uzoq --yillar davomida o`rganilishi taqiq etilgan
madaniy merosimizning qatag’on davri bilan bog’liq sahifalari qaytadan
tiklanmoqda. M.Behbudiy, A.Avloniy, A. Fitrat, A.Cho`lpon, Elbek singari
yozuvchilarning asarlari xalqqa qaytarilib, ularning hayoti va ijodi jiddiy ravishda
o`rganilmoqda. Qatag’on davrining boshqa qurbonlari qatori Abdurauf Abdurahim
o`g’li Fitrat (18861938) hayoti va ijodini yangicha tafakkur nuqtai nazaridan
o`rganish mustaqillik davri ehtiyojidir. Garchi Fitrat 1957-yilda fuqaro sifatida
oqlangan bo`lsada, mustabid tuzum mustaqillikka qadar uning ijodini targ’ib va
tashviq qilish imkoniyatini bermadi. Bu muqaddas vazifa adabiyijtimoiy talab
taqozosi bilan kun tartibiga chiqmasidan ilgariroq ba`zi olimlarimiz tomonidan
ushbu
yozuvchi
ijodini
o`rganishga
jiddiy
kirishildi.
Ayniqsa,
adabiyotshunoslardan B.Qosimov, E.Karimov, N.Karimov, O.Sharafiddinov,
B.Nazarov, A.Aliyev, Sh.Turdiyev, S.Ahmedovlarning Fitrat hayoti va ijodiga
bag’ishlangan maqolalari bu jihatdan e`tiborga loyiqdir. Ushbu adabiyotshunoslar
safiga atoqli adib ijodiy merosini o`rganish bo`yicha maxsus ilmiymalakaviy
bitiruv ishi ishlari olib borgan yosh olimlar kelib qo`shilishdi. H.Boltaboyev,
I.G’aniyev, Q.Jo`rayev, U.Jo`raqulov kabi qator malakaviy bitiruv ishichilarining
ishlari fikrimizning dalilidir.
80--yillarning oxiriga kelib, sho`ro tuzumi davrida qatag’on qilingan
yozuvchilarning adabiy merosi yuzasidan ilmiy, ilmiyommabop maqolalar vaqtli
matbuotda yoritila boshlandi. Mustaqillik bu xayrli ishning izchil va ravon tus
olishiga imkoniyat yaratdi. XX asr o`zbek adabiyotini yangidan o`rganish, uning
ijtimoiysiyosiyfalsafiy va adabiybadiiy qirralari yaxlit holda olib borildi.
Ilk asarlaridan boshlab milliy uyg’onish g’oyasiga qo`l urgan Fitrat XX asr
adabiyotida o`ziga xos salmoqli o`rinni egallaydi. Jamoat arbobi sifatida u
4
Turkiston mustaqilligi uchun hormaytolmay kurashdi. Mustaqillik uchun olib
borilgan kurash tarixni yaxshi bilmasdan turib, uning qadrini to`la baholash
mushkul. Tarixiy jarayonni haqqoniy baholash, ro`y bergam voqea va hodisalar
mohiyatini to’la idrok etish kelajakda to`g’ri yo`lni tanlash va undan taraqqiyot sari
odimlash imkonini beradi.
Fitratning milliy g’oyalari bilan sug’orilgan «Chin sevish» va «Hind
ixtilolchilari» pyesalarini o`rganish bugungi kunda, ayniqsa, muhim ahamiyatga
molik. O`zbek milliy dramaturgiyasida birinchi bo`lib milliy ozodlik ishlarini
ifodalagan bu asarlarning Fitrat ijodida egallagan o’rni juda katta. Ushbu
pyesalarni keng va atroflicha tadqiq qilib turib, nafaqat Fitrat ijodini, balki, jadid
adabiyotining 70--yillarda mustaqillik uchun olib borgan kurashlarni ham to`la
tasavvur etish qiyin.
Bugunga o`zbek adabiyotining yetakchi mavzusi milliy istiqlol g’oyasining
ildizlari o`sha --yillar asarlarigaborib taqaladi.
Prezidentimiz I.Karimov risolalaridan birining «Vatansajdagoh kabi
muqaddas» deya nomlanishi, fikrimizcha, jadid bobolarimizning 10--yillardayoq
ko`targan shiorlariga hamohangdir.
Bularning barchasi deyarli bir asrga yaqin muddat ichida milliy ozodlik,
mustaqillik mavzuida yaratilgan adabiyot va san`at asarlarini chuqur va har
tomonlama tadqiq etish muhim va dolzarb masalalardan bo`lib turganini
ko`rsatadi. Ushbu fikr bevosita Fitrat dramalariga ham taalluqlidir. Millat yashar
ekan, katta yo`lga chiqqan mustaqillik g’oyasi kabi uning adabiyoti ham buyukdir.
Do'stlaringiz bilan baham: