7-rasm. Hujayra sikli sxemasi.
Mitoz - murakkab bo‘linish bo‘lib, asosan somatik hujayralarga xosdir.
O‘rganishni osonlashtirish uchun mitoz to‘rt bosqichga bo‘lib o‘rganiladi: profaza,
metafaza, anafaza, telofaza (5-jadval).
Profazada (8 va 9-rasmlar) xromosomalar spirallashishi boshlanadi.
Sentrosoma sentriolalari hujayra qutblariga tarqalib, ular orasida makronaychalar
tortiladi, mitoz kalavasi duki hosil bo‘ladi. Profaza oxiriga kelib, yadro qobig’i erib
ketadi, yadrocha ko'rinmay qoladi.
Metafazada yaxshi shakllangan xromosomalar hujayraning ekvatorial
tekisligiga bir qator joylashadi. Har bir xromosoma o‘zining sentromerasi bilan
kalava iplariga birikadi. Metafaza oxiriga kelib, har bir xromosomada ikkita
xromatida yaqqol ko‘rinadi.
Anafazada xromosomalar xromatidalarga ajralib, duk ipchalarining qisqarishi
natijasida ular bir-biridan uzoqlashadi.
Telofazada xromatidalar despirallashib, xromatinga aylanadi. Yadro
qobig‘i, yadrocha shakllanadi. Mitoz oxiriga kelib sitoplazma ham ikkiga bo'linib
(sitotomiya), diploid xromosomalar to‘plamiga ega bo‘lgan qiz hujayralar hosil
28
bo‘ladi. Demak, mitoz natijasida qiz hujayralar xromosomalarning doimiy somatik
hujayralarga xos diploid to‘plamiga ega bo‘lib qoladi.
29
5- jadval
MITOZ SIKLIDA, MITOZ VA MEYOZDA IRSIY AXBOROT O‘ZGARISHLARI
(n- xromosoma gaploid to’plami, c - DNK gaploid miqdori).
Mitoz sikli
Postmitoz davri (G
1
) - 2n2c
O‘sish, oqsil sintezi, transkriptsiya
Sintez davri (S) - 2n4c DNK ikki hissa ortishi (replikatsiya)
Postsintez davri (G
2
)-2n4c
Transkriptsiya, tubulin sintezi
Hujayra sikli
Tinim davri
Mitoz sikli Hujayraning funktsiya bajarish davri
MITOZ
Fazalari Irsiy modda
Jarayonlar
Profaza 2n4c xromosomalar spirallashishi, yadrocha,
yadro qobig‘i yoqoladi. Mitoz kalavasi
shakllanadi.
Metafaza 2n4c xromosomalar ekvatorga bir qator joylashadi.
Kalava iplari sentromeraga birikadi.
Anafaza
4n4c xromatidalar ajraladi. Xromosomalar qutblarga
siljiydi.
Telofaza
4n4c - 2n2c Kalava iplari parchalanadi. Xromosomalar
despirallashadi. Yadrocha, yadro qobig’i
paydo bo'ladi. Sitotomiya.
30
MEYOZ
1 - meyoz bo‘linish
I-profaza - 2n4c
Leptotena Zigotena Pahitena Diplotena Diakinez
Ingichka iplar
Qo'sh iplar Yo‘g‘on iplar
Juft iplar Ajralgan iplar
1- metafaza - tetradalar (juft xromosomalar) ekvatorga joylashadi - 2n4c
1-anafaza - gomologik xromosomalar qutblarga ajrala boshlaydi - 2n4c
1-telofaza - DNK ikki hissa ortiq, lekin xromosomasi gaploid hujayralar hosil bo'ladi - 2n4s - 1n2c
II-meyoz bo'linish
II-profaza 1n2c
II-metafaza 1n2c
II-anafaza 2n2c
II-telofaza 1n1c
31
Do'stlaringiz bilan baham: |