Vaziyatga doir masalalar.
1.Elektron mikrofotografiyada hujayra yadrosi qobig‘i ayrim joylarda shikastlangan
bo‘lsa ham yadroning shakli o‘zgarmagan. Sababini tushuntirib bering.
2.Elektron mikrofotografiyada suyak ko‘migining hujayralari aks ettirilgan. Yosh
hujayralar yadrosida euxromatin qismlari, yetuk hujayralar yadrosida esa
geteroxromatin qismlar ko‘proq. Bu nimadan dalolat beradi?
3.Despirallashgan DNK molekulasining uzunligi 5 sm ga yaqin bo‘ladi. Malumki
bitta xromosomada 1 molekula DNK joylashadi. Xromosomalarning o‘rtacha
uzunligi 0,1-0,2 mikrometrga teng. DNK shunday kichik o‘lchamli xromosmada
qanday joylashishini tushuntiring.
Do'stlaringiz bilan baham: |