Zamburug‘li infeksiyalarning oldini olish:
Temiratki va boshqa zamburug‘li infeksiyalar yuqumlidir (oson
tarqaladigan). Bitta boladan boshqalarga tarqalishining oldini olish uchun:
♦ Zamburug‘li infeksiyasi bor bola boshqa bolalar bilan uxlamasin.
♦ Bolalarning bitta taroqdan foydalanishi yoki bir-birlarining sochiq
va kiyimlarini ishlatishlariga yo‘l qo‘ymang. Sochiq va kiyimlar
yuvilganidan so‘ng ishlatilishi mumkin.
♦ Infeksiyalangan bolani tez davolang.
TANA VA BETDAGI OQ DOG‘LAR
Rangli har xil temiratki - yengil zamburug‘li
infeksiya bo‘lib, odam ular bilan kasallanganda kichik
qoramtir yoki ochroq tusli, notekis yoki aniq qirg’oqli
dog‘lar paydo bo‘ladi. Ular ko‘pincha bo‘yin, ko‘krak va
orqada bo‘ladi. Dog‘lar aksari, biroz po‘st tashlab tur-
adigan bo‘lishi mumkin, lekin ko‘pincha qichishmaydi.
Hammabop Tibbiyot Qo’llanmasi 2013
Do'stlaringiz bilan baham: |