oqish dog‘lar ham bor. Ularning qirg‘oqlari
rangli temiratkidagidan farq qilib, bilinar-bilin-
mas bo‘ladi. Ushbu dog‘lar infeksiya emas va
ularga ahamiyat bermang. Ular odatda bola
katta bo‘lgan sari yo‘qolib ketadi. Maxsus davo
usullarining keragi yo‘q.
Umumiy fi krga qarshi bo‘lsa ham aytaylik, ushbu oq dog‘lar badan-
da qurt yoki kamqonlik borligidan nishona emas. Quvvat beruvchi dori
yoki vitaminlar yordam bermaydi.
Bolalar badanidagi tarqoq umumiy yoki ola-bula dog‘lar, qisman
teri va soch rangi yo‘qolishining sababi ovqatga yolchimaslik bo‘lishi
mumkin (kvashiorkor 226-bet, pellagra 392-bet). Agar bolaning oq dog‘lari
bo‘lsa, og‘zining chetlari bichilsa va vazni ortmay qo‘ysa, siz unga ko‘proq
oqsilga boy ovqatlar berishingiz kerak (11-bobga qarang).
Do'stlaringiz bilan baham: |