holda oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishni o‘zlashtirish” Dasturi qabul
qilinib 102-F sonli maxsus farmoyishi bilan tasdiqlandi [2].
O‘zbekiston
Respublikasi
Vazirlar
Mahkamasining
2015
yil
29 avgustdagi “2015-2020 yillar davrida O‘zbekiston Respublikasi aholisining
sog‘lom ovqatlanishini ta’minlash Konsepsiyasini va chora-tadbirlar kompleksini
tasdiqlash to‘g‘risida”gi 251-sonli qarori [3] asosan hamda Respublika
komissiyasining 2016 yil 9 fevraldagi №4-sonli yig‘ilish bayoni 4-bandida mazkur
dorivor o‘simlik - Steviyani farmasevtika va oziq-ovqat sanoatida ishlatilish hajmidan
kelib chiqib, Surxondaryo viloyati Sho‘rchi tumanidagi eksperimental fermer
xo‘jaligi negizida tayyorlash, hajmlarini ko‘paytirish, ekin maydonlarini 100 gektarga
yetkazish. Farmasevtika va oziq-ovqat sanoatidagi ehtiyojni hisobga olgan holda
xorijiy investorlarni jalb etib, steviyani sanoatda qayta ishlab chiqarishni tashkil etish
bo‘yicha takliflar ishlab chiqish shuningdek, qandli diabetga chalingan mijozlarni
mahalliy parhezli oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash uchun farmasevtika va
oziq-ovqat sanoatini xom ashyo bilan ta’minlash borasida takliflar kiritish hamda
chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish vazifasi yuklatilgan.
Ilmiy-tadqiqotlar doirasidagi adabiyotlar sharhidan [4] ma’lum bo‘lishicha
S.Rebaudiana – ko‘p yillik butasimon o‘simlik bo‘lib, Asteraceae oilasiga mansub.
Uning 300 dan ortiq dunyoda turlari mavjud bo‘lib, vatani Paragvaydir. Mahalliy
aholi 1500 yildan ortiqroq vaqt davomida undan foydalanib kelmoqda. Janubiy
Amerikaning subtropik mintaqasiga moslashgan ushbu o‘simlikning bargida 6-7%
steviozid moddasi mavjud. U iste’mol qilinadigan shakarga nisbatan 200-300
marotaba shirin bo‘lsada past kaloriya beradi, quvvat manbaiga ega emas. Hozirgi
vaqtda 15 dan ortiq davlatlar (AQSh, Angliya, Fransiya, Yaponiya, Xitoy, Xindiston
Janubiy Koreya, Kanada, Rossiya, Ukraina va boshqalar)da S.Rebaudianani
ko‘paytirib, qandolatchilik, shirin ichimliklar, parhezli taomlar, konservalar va dori-
darmonlar tayyorlashda keng miqyosda foydalanib kelmoqdalar.
1931 yilda akademik N.I. Vavilov Janubiy Amerikadagi mazkur qimmatli
o‘simlik yer ustki qismining shirinligi va shifobaxsh xususiyatlariga e’tibor qaratgan
va
u
keyinchalik
“Butunittifoq
o‘simlikshunoslik
instituti”
(VIR)ga
S.Rebaudiananing urug‘ini jo‘natgan, lekin institutning tajriba maydonida urug‘lar
unuvchanligini yo‘qotganligi uchun unib chiqmagan.
1971 yil Xitoy olimi Tey-Fu-Chen Paragvayga ilmiy safar uyushtirib, o‘z
yurtiga S.Rebaudiana urug‘ini olib kelgan. Xitoy davlatida bu introdusent o‘simlikga
qiziqish bilan qaralgan va tezda mahsulot ishlab chiqarish bilan birga biologiyasi ham
o‘rganilgan.
1-jadval
Xitoyda yetishtirilgan S.rebaudiana urug‘lari bo‘yicha ma’lumot
Urug‘ning
rangi
1000 dona urug‘
massasi, mg
Urug‘
unuvchanligi, %
qora
300,0
5,0
76,7
2,31
qo‘ng‘ir
178,0
8,0
8,3
1,04
XIX-XX-asrda S.Rebaudiana bir qator dunyo olimlarining tadqiqot ob’ektiga
aylandi. O‘zbekistonda esa 1995 yilda Toshkent viloyati sharoitida O‘zbekiston
Respublikasi fanlar akademiyasining Genetika va o‘simliklar eksperimental
biologiyasi instituti tajriba maydonchasida S.Rebaudianadan urug‘ olish maqsadida
yorug‘lik rejimini o‘zgartirib, maxsus tajribalar o‘tkazilgan. Professor J.Yu.Tursunov
(1997 yil) maslahati asosida may oyining o‘rtalarida egatlarga ko‘chirib o‘tkazilgan
ko‘chatlarning o‘sish va rivojlanish jarayonida kunning yorug‘lik davomiyligi 8
soatga sunniy qisqartirilgan. O‘simlikning balandligi 23-35 sm bo‘lib, soat 18°°dan
ertalab soat 9°°gacha introdusentning ustidan qora rangli plyonka yopib qo‘yilgan.
O‘simlikni sun’iy ravishda qisqa kunga o‘tkazish uning faol o‘sish fazasi (iyul
oyining oxiri)dan boshlanib, to o‘simlikda g‘unchalash boshlanguncha, ya’ni 10-15
kun davom ettirilgan. O‘tkazilgan tajriba natijasiga ko‘ra, o‘simlikning urug‘i sentabr
oyining oxirida pishib yetila boshlaganligi aniqlangan. Toshkent va Surxondaryo
viloyati
sharoitida
parvarish
qilingan
S.Rebaudiananing
mikrosporogenezi
N.Xodjaeva hamda D.Raximovalar tomonidan o‘rganilgan va tegishli ilmiy, amaliy
xulosalar olingan. O‘zbek olimlari J.Yu.Tursunov, M.M.Raximov I.V.Bilolipov,
X.A.Allayorov va B.I.Boyqobilovlar tomonidan “Steviya o‘simligini urug‘idan
yetishtirishning asosiy agrotexnikasi” nomli ilmiy metodik qo‘llanma ham nashr
qilingan (Toshkent – 2002 yil).
Dunyo olimlari tomonidan S.rebaudiana bargi tarkibidagi steviol glikozid
kimyoviy formulasining quyidagicha tuzilishi aniqlangan, molekular formulasi
C
38
N
60
O
18
chiqarilgan va steviozid miqdori 15-20%ga yetkazilgan. S.rebaudiana ning
barg va poya xom-ashyosini yetishtirish, undan tayyor mahsulotlar olish yo‘lga
qo‘yilgan. Masalan, Yaponiyada 200 gektar maydonda yiliga 1000 tonna
S.rebaudiananing quritilgan barg biomassasi to‘planadi. 1985 yilda Yaponiyada 38 ta
firma
sutli
mahsulotlar,
26 ta firma - parhez shirinliklar, 8 ta firma - saqichlar, 7 ta firma - ichimlik kukunlar
(poroshoklar)i, 5 ta firma - muzqaymoqlar, 4 ta - firma meva konservalari, 3 ta firma
- qandolatchilik mahsulotlari – marmelad va shokoladlar hamda pirojniylar
tayyorlashda ushbu manbadan foydalanishgan. So‘nggi o‘n yilda Yaponiyada
S.rebaudiana bo‘yicha 240 dan ziyod patent olingan hamda qayta ishlash
texnologiyasi ishlab chiqilgan.
2-jadval
Steviya plantatsiyalari bo‘yicha ma’lumot
Mintaqa va davlatlar
Ming gektar
Ulushi, %da
Dunyo bo‘yicha
32,2
shundan,
Xitoy
25,0
77,6
Paragvay
1,7
5,3
Argentina, Braziliya,
Kolumbiya, Xindiston
1,0
3,1
Yaponiya
0,5
1,4
AQSh da hozirgi vaqtda S.Rebaudiana o‘simligidan foydalanib, turli xil oziq-
ovqat mahsulotlarini tayyorlash (pishiriqlar, tort, pechene, shirin ichimliklar,
mayonez, kokteyl, sho‘rva, baliq mahsuloti) va boshqalarni tayyorlash uslubi,
ishlatilishi bo‘yicha o‘nlab kitoblar nashr qilingan.
1997 yil Moskvada “Lis-V” ilmiy ishlab chiqarish birlashmasi S.rebaudiana
mahsulotidan oziq-ovqat, farmasevtika, tibbiyotda foydalanish va qandli diabet
kasalini davolash maqsadida tashkil qilingan. Rossiya Federatsiyasining sog‘liqni
saqlash vazirligi tomonidan zamonaviy texnologiyalar asosida S.rebaudiana
mahsulotlari va qandli diabetlarning oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqilgan ya’ni:
“Steviya” o‘simlik choyi. “Lis-V” - shakarga nisbatan 30 barobar shirinlikka
ega bo‘lib, maydalangan barglar asosida tayyorlangan.
“Steviya-20” siropi-steviyaning suyuq ekstrakti, shakarga nisbatan
50 barobar shirinlikka ega.
“Stevirozeks” siropi-atirgul va steviyaning suyuq ekstrakti bo‘lib, shakarga
nisbatan 40 barobar shirinlikka ega.
“Steviya-50 kukuni” steviyaning quruq ekstrakti, shakarga nisbatan
50 barobar shirinlikka teng (oziq - ovqat steviozidi).
“Stevilin” steviyaning quruq ekstrakti bo‘lib, qandli diabetli bemorlarni
davolash maqsadida tabletka shaklida tayyorlangan.
“Zdorove” steviyaning maydalangan barglari asosida ishlab chiqilgan bo‘lib,
qandli diabetli bemorlarni davolash maqsadida pechenega o‘xshash shaklda
tayyorlangan.
O‘zbekistonda birinchi marta Surxondaryo viloyati sharoitida S.rebaudiananing
fenologik rivojlanish fazalari o‘rganildi [5-10] va tipik subtropik iqlimli Sho‘rchi
tumani dala sharoitida S.Rebaudiana birinchi vegetatsiya yilidayoq ochiq daladan
sifatli mahalliy urug‘ hosili olindi. Tabiiy ekilishdan paydo bo‘lgan yosh o‘simliklar
egatdagi ikkinchi va keyingi vegetatsiya yillarida o‘simlikning yon atrofida hosil
o‘rimidan keyin yangi poyalarining o‘sib rivojlanishi kuzatildi.
Surxondaryo tuproq-iqlim sharoitida S.Rebaudianani yetishtirishning yangi
texnologiyasi 1996-2015 yillardagi tipik subtropik iqlimli Sho‘rchi tumanidagi
“Olloxyoroxun” steviya eksperimental fermer xo‘jaligi hamda Termiz Davlat
universiteti botanika kafedrasining tajriba maydonlarida o‘zlashtirildi. Tadqiqotlar
natijasida introduksiya sharoitida ko‘p yillik o‘simlik iqlimga to‘liq moslashib –
madaniylashtirildi (adaptatsiya qilindi) shuningdek, urug‘ni ekish va sug‘orish rejimi
bo‘yicha ishlab chiqilgan tavsiyalarning ushbu hudud iqlimi uchun mos ekanligi
ilmiy isbotlandi.
Shuning uchun, 2016 yil 15 oktabr kuni Surxondaryo viloyati Qo‘mqo‘rg‘on
tumanida Muhtaram Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoev o‘zining saylov oldi dasturi
ma’ruzasida “Sho‘rchi tumanida bir ming gektar maydonda farmasevtika va
Do'stlaringiz bilan baham: |