KARMEN OPERASIDAN UVERTYURA
Jork Bize musiqasi
152
153
154
155
156
157
158
159
160
12 – Mavzu : ХIХ-XX ASR FRANSUZ MUSIQA MADANIYATI, UNDAGI
IMPRESSIONISM YO`NALISHI
Reja :
1.Fransuz san’ati tarixida impressionizmning ahamiyati
2.Ravel va K.Debyussi ijodi
3.Musiqaviy impresionizmning badiiy uslubi
4.Ravel va K.Debyussi asarlarini janri va shakli
FRANSUZ MUSQASI VA IMPRESSIONIZM
Frantsuz san’ati va madaniyatida impressionizm yo`nalishi adabiyotda, amaliy
san’at va musiqada yetakchi o`rin egallay boshladi.Amaliy san’atda impressionizm
yo`nalishi kirib kelishi juda qiyin kechgan, o`rnatilgan ijod qonunlariga qarama-qarshi
harakat qilgan impressionistlar o`z asarlarida real hayotni ifoda. Ular Parij ko`cha va
xiyobonlarini, quyosh nuri to`lib turgan xovuzlar, xvlq sayli va bayramlar, oddiy ishchi
va dexqonning hayotiga oid lavhalar tasvirlangan. Impresionistlar afsona, tarixi va
adabiy qaxramon mavzularidan voz kechib samimiy real hayt va zamondoshlar hayotini
ifodaladilar. Yangi san’at to’rini shiori: “San’at arbobi, yozuvchi va kompozitorlar
ko`rganlarini qanday bo`lsa shunday yozish kerak”.
Impressionizm amaliy san’atda yangi nomlarni kashf etdi. Eduart Mane, Klod
Mane, Per Ogyust, Renuar, Pol Sezann, Kamil Pisarro va Edgar Dega. Musiqada
impressionistik oqimining ilk vaqillari XIX- asr 90-yillarida shakllandi. Bu Klod
Debyussi va Moris Ravel edi. Bu davrda Frantsuz kompozitorlaridan Sen-San, Jyul
Masne va boshqa kompozitorlar ham ijod qilishgan. Frantsuz kompozitorlaridan Vagner
uslubi ta’sirida ijod qilgan G. Berlioz, Sh. Guno, J. Bizelar ham shular jumlasidan.
Anri Barro “Frantsiya va G`arb musiqasi” asarida shunday deb yozgan: “Bu davrda
Vagner ta’siriga qarshi chiqish uchun keng egnida mustahkam boshga ega bo`lish kerak.
Mane va K. Debyussi Bilan ozodlik keldi. Tiniq va yorug` bilimli, iste’dodli buyuk va
to`g`ri yo`nalishga ega shaxslar”.
Impressionizm yo`nalishiga K. Debyussining kiritgan yangiligi XX- asr frantsuz
musiqasini jahon musiqa madaniyatida yetakchi o`ringa olib chiqdi va asosiy
yo`nalishlardan biri bo`ldi. “Impressionizm” so`zi K. Debyussi asarlariga nisbatan 1887-
yilda ilk bor qo`llana boshlandi. “Bahor syuitasi”, xor va orkestr uchun yozgan asarini
tashdimotida frantsuz musiqa akademiyasi a’zolaridan birisi shunday degan: “Bu asarda
bezak va chiroy haddan tashqari. Shakl va sur’at ikkinchi darajada. K.Debyussi bu
chiroydan ya’ni impressionizmdan uzoqroq bo`lib yurishi kerak, chunki impressionizm
san’at asarining dushmanidir”. Keyingi yillarda impressionizm so`zi g`oyaviy kurash
bilan bog’`liq badiiy fikr va san’at turlaridan kelib chiqqan.
1906-yilda Frantsiya K.Debyussini impressionistik musiqaning asoschisi deb tan
olgan. Frantsuz tanqidchilari taqiqlashicha bu yo`nalish o`z davrida klassik va romantik
musiqasini garmonik akkordlaridan voz kechib, o`ziga xos uslub bo`lganligini yozishgan.
Impressionistlar - yangi ifoda vositalarini qo`llashda xalq ladlari pentatonika, nonakkord
va undan ortiq tovushlardan iborat akkordlarni qo`llashgan. Cholg`u musiqada va
orkestrlashda ko`p o`zgarishlar kiritilgan. K. Debyussi o`zi impressionizm so`zini juda
yomon ko`rgan va albatta tarixda impressionist sifatida nom qolidirishni hayoliga ham
keltirmagan. Impressionist oqimida bo`lish degan bu reallikni sh9axsiy tuyg`ular, ichki
ovoz orqali har bir buyumni jonlantirish demakdir. K. Debyussining “Oltin baliqchalar”,
“Yoproqlar orasidagi qo`ng`iroqlar” asarida texnik ifoda etud uslubida yozilgan. K.
Debyussi va uning izdoshi M. Ravel bu yo`nalishda keng ijod qilgan kompozitorlardan
161
biri. M. Ravel K. Debyussi ijodini o`rgandi, o`zlashtirdji va o`zi izlanishlar qilib ijod
qildi, Frantsuz musiqa jamiyati oldida ustozi ijodini estetik qarashlarni himoya qildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |