151
orqali qaytib ijro etiladi. 17 taktdan boshlab mavzuga kirish , ya'ni solo ijrochiligi
boshlangan. Ushbuda jo`rnavoz o`z ijroviy akkordlarida piyano belgisi ishorasi orqali o`z
o`rnida jo`r bo`ladi.
25- taktdan boshlab forte balandligida 6 taktli ijrodan so`ng trell orqali
kulminatsiya kreshendo belgisida ikki piano orqali past sadodan baland sadolanishga,
ya'ni ikki fortegacha ijroni olib chiqish maromi ko`rsatilgan bo`lib, ushbuni hamma
ijrochilar tanish sifatida birdaniga o`zlashtirib ijro etishlari ham tabiiy xol albatta!
50 taktdan so`ng asar ikkinchi qismiga o`tadi. Bunda haqiqiy marsh obrazli
ijroga kirishadilar. Ammo u 4- taktdan so`ng boshlanadi. Ikkinchi qismdagi ijro juda past
piyano tovush bosimida kechadi. Ijrochidan maxsus diqkat jalb etilishi kutiladigan
jarayonlar bu fa- va do- nota belgisi bekarlashib borishi, va si- bemoll sol bekar tovush
ijro xususiyatlariga egadir. Bir qatorda do major tonalligini bildiradi va u o`zgaruvchan
engarmonik qurilmadan o`rin oladi. Bunday xolatlar ikkinchi qismning boshlanishidan 51
– taktdan o`z kompozitsion tasnifini olgan. Ushbu qismning takrorlanishgacha bo`lgan
taktlari 78- tani tashkil etadi.
79 taktdan boshlab Karmen asari ikkinchi qismning takrorlanish xususiyatini
olgan bo`lsa ham ammo unda formasi o`zgarmasdan baland forte sadolanishida boshlab
uch fortegacha ko`tarilib ijro etiladi.Ushbu 100 taktgacha o`z ifodasini olgan. 101 taktdan
boshlab yana boshlang`ich asar mavsumida ijro takroriy , ya'ni boshlanishidan boshlab
forte tovush sadolanishida baland ijro etiladi.
101 taktdan boshlab 13 taktida, ya'ni 113 taktda forte piano belgisi ishorasida
krishendo belgisi orqali asar kulminatsion yakunlanish yo final tavsifi va tasniflanishiga
o`tadi. Karmen operasidan muqaddima asarining umumiy taktlari 119 – taktni va
takrorlanish belgilaridan iboratdir.
«Karmen» - asarining umumiy diapozoni kichik oktavadan boshlab fa diez
uchinchi oktavani tashkil etadi.Dinamik belgilaridan glisando, ligato,trell, urg`uli ijro,
a'teratsiyalarda bekar va diezlar tonalligiga qarab va si bemonll trelda qullanilishi Hamda
uch fortegacha bo`lgan baland yakunlanish kompozmitsiyasiga egadir.Ushbu asarning
nota sanoqlaridan chorktalik, sakkiztalik va o`n oltitalik notalar o`rinlashgan. Urg`ular
asar mavsumini tavsiloti va qattiq va yumshoq metroritmiqani ko`rsatadi.
Jorj Bizening «Karmen» operasidan muqaddima asari 119 taktda sakkiztalik
nota va pauzalari orqali tantanavor zarb tavsiflanishida yakunlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: