17
Klavir uchun Bax butun hayoti davomida asarlar yozdi, lekin faqat Kyoten
shahrida bu sohada mukammallikka erishdi. Kyotendafransuz va ingliz sonatalari, ikki va
uch ovozli invensiyalar,suitalar, «Yaxshi temperatsiyalangan klavir»ning birinchi
jildi,«Xromatik fantaziya va fuga» yaratildi. Butun ijodi davomida Baxdoimo mazmunini
chuqurlashtirib, shaklini takomillashtirgan holda suita janri ustida tinmay ishladi. Har
birida oltitadan uchtaklavir suitalari to'plami, ya'ni oltita fransuzcha, oltita inglizcha,oltita
partitalar Baxning qalamiga mansubdir. Fransuzcha suitalarningbunday nomlanishi
ularning fransuz klavesinchilari suitalarituri va uslubiga yaqinligi sabab bo'lgan degan
taxminlar mavjud.Inglizcha suitalar qaysidir inglizning buyurtmasi bo'yichayozilgan
degan ehtimol bor.
«Suita» so'zi fransuzchadan tarjima qilinganda qator, izchillikma'nosini anglatadi. Bax
zamonlarida suita o'z ichida qator mustaqilraqslar — allemanda, sarabanda, ko’ranta va
jigani mujassamlashtirgan.
Sarabanda va jiga o'rtasiga qo'shimcha raqs pyesa-lari: menuet, gavot, burre va boshqalar
kiritilgan. Har bir qismningmustaqilligiga qaramay, suita yagona musiqa asari sifatida
qabulqilinadi, uning barcha pyesalari bir tonallik bilan birlashtirilgan.
Raqslarning joylashish tartibi qiziqarli: osoyishta va og'ir sur'atdagi raqslar tez ijro
etiladiganlari bilan almashinib turadi. Fransuzcha suitalar fakturaning oddiyligi va
kamtarona klaviruslubi bilan ajralib turadi. Oltita fransuz suitasining hammasio'rnatilgan
tartib bo'yicha oldinma-ketin keladi: allemanda, ko’ranta,sarabanda, jiga. Odatdagi
an'anaviy chizmani inkor etmasdan, Bax o'z pyesalarini polifoniya bilan to'ldiradi,
musiqa tavsifi va bayoni bo'yicha allemendani preludiyaga, jigani fugaga yaqinlashtiradi.
Sarabanda lirik kechinmalarning mujassamligigaaylanadi. Hissiyot tuyg'lari tizimi
bo'yicha o'zidan oldingi pyesalarga, ayniqsa, sarabandaga nisbatan qarama-qarshi bo'lgan
intermetsoning kiritilishi — eng og'ir qismdan jadal qismga o'tishni ta'minlaydi.
Fransuzcha suitalarda Baxning barcha suita turkumlari uchun umumiy bo'lgan yangi
yo'nalish pay do bo'ladi, ya'ni qaramaqarshilik harakati, metr, ritmdagi farqlar bilangina
chegaralanilmaydi. Turli his-tuyg'u mazmunidagi pyesalarni taqqoslash ichki qarama-
qarshilikka, obrazlar qarama-qarshiligiga olib keladi. Inglizcha suitalar va partitalarda
suita kompozitsiya g'oyasiningbundan keyingi kengayish va chuqurlashuv jarayoni sodir
bo'ladi.Bayon etishning usuli, uslublari, yo'llari yanada mohirona konsertko'rinishiga ega
bo'lib boradi.Istalgan inglizcha suita va partitalarning boshlanishida raqsonabo'lmagan
muqaddima pyesasi: inglizcha suitalarda preludiya,uvertura, fantaziya, tokkata;
Do'stlaringiz bilan baham: