15
cho'qqiga erishdi, bu yerda u re minor tokkata va fuga, lya minor preludiya va fuga, do
minor preludiya va fuga kabi asarlarini yozdi.
Milliy san'at an'analari va o'tmishdoshlari — nemis organchilari Reynken, Bern,
Bukstexude va Paxelbel ijodiga suyangan Bax organ ijodida ikki yo'nalishga e'tibor
qaratdi. Bular — preludiyalar, fantaziyalar, tokkatalar va bir qismli xoral preludiyalardir.
Kamer yo'nalishda yaratilgan xoral preludiyalar o'zining lirik timsollari bilan diqqatni
jalb etadi. Ularning hammasi nafis rangbaranglik,kuyning go'zalligi, ifodali qarama-
qarshiliklar bilanbeqiyos taassurot qoldiradi. Baxning organ uchun boshqa turdagiasarlari
— preludiyalar, fugalar, fantaziyalar va tokkatalar sofcholg'u an'analar asosida vujudga
keldi.
Baxning yetuk organ asarlari orasida re minor tokkata va fugasi qudratli sadolanishi,
ifoda vositalarning boyligi
va xilma-xilligi, dramatik ta'sirchanligi bilan ajralib turadi.
Tokkata — musiqiy janr bo'lib, unda fugaga yaqin imitatsiyali tuzilganmalar bilan
passajli texnika erkin ravishda almashinadi. Tokkataning asosiy belgisi — tavsifi va
bayon etish uslubi bo'yicha qarama-qarshi bo'lgan musiqiy tuzilganmalar birikmasidir.
Bax dramatik improvizatsiyalar ustasi bo'lgan. Ditrix Bukstexudedanijrochilikning
ko'p sirlarini o'rgandi. Biroq, Bax mazmunni yanada chuqurlashtira oldi.
Tokkata, preludiya, fugaga muqaddima (kirish) maqomini berib, Bax fugani mustaqil
qism sifatida ajratadi. Chunonchi, reminor tokkata va fugasida tokkataning musiqiy
materiali
maksimaldarajada
dramatik
unsurlarga
boy.
Tokkataning
boshlanishiko'tarinqilik va da'vat bilan sadolanadi.
1-misol
Adagio
Uncha katta bo'lmagan ushbu improvizatsiya juda kuchli vamahobatli yangraydi. Yorqin
kadensiyalar tokkataning har bir tuzilganmasini ajratib turadi. Dastladki ikki tuzilganma
asosiy mavzuning o'ziga xos variatsiyasidir.
2-misol
Tokkataning uchinchi yakuniy tuzilganmasida butun materialjamlanadi. Koda butun
asarning dramatik cho'qqisi sifatida gavdalanadi.Tokkata ham, fuga ham kompozitsion
yaxlitlikka
ega.
Fuganingmusiqasi
ko'tarinki
ruhda
bolib,
uning
mavzusi
tokkataningbevosita davomi sifatida qabul qilinadi.
3-misol
16
Bir ovozli mavzu o'zida yashirin ko'p ovozlikni mujassamlashtirgan.
Mavzuning keyingi o'tkazishlarda va uning rivojlovida zich, quyuq faktura va tiniq
sadolanish yaratiladi. Improvizatsiya unsurlari fugaga katta tuzilganmalar ko'rinishidagi
intermediyalarni olib kirgan.
Tokkata va fuganing umumiyligini fuga kodasi mustahkamlaydi, u o'zining kuchli
sadolanishi, almashinib turuvchi epizodlarning improvizatsiyali tavsifi bilan tokkatani
eslatuvchi yakuniy fantaziya sifatida namoyon bo'ladi.
Tokkata butun asar kompozitsiya birligini va uning qismlariningchambarchasligini
belgilaydi.
Eslab
qolish kerak
• Baxning organ ijodi XVIII asrning birinchi yarmida Yevropadashu san'at to’rining
rivojlanish cho'qqisi bo'ldi.
•
Bax dramatik improvizatsiyalar ustasi bo'lgan.
• Kamer yo'nalishda yaratilgan xoral preludiyalar o'zining liriktimsollari bilan diqqatni
jalb etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: